• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 32
Гостей: 32
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 20 » Tojikistonda pnevmoniyadan vafot etgan prokuratura xodimi yopiq tobutda dafn etildi
13:01
Tojikistonda pnevmoniyadan vafot etgan prokuratura xodimi yopiq tobutda dafn etildi

19-aprel kuni pnevmoniyadan vafot etgan Dushanbe prokuraturasi xodimi Jaloliddin Pirov yopiq tobutda dafn etildi. Bu haqda marhumning qarindoshlariga tayanib, "Fergana.ru” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, himoya kostyumlarida bo‘lgan tibbiyot xodimlari tez yordam mashinasida tobutni Pirov yashaydigan uyga olib kelgan va tezda dafn etish uchun olib ketishgan, marhumning yaqinlariga tobutni ochib ko‘rishga ruxsat ham berilmagan.

Pirov 13-aprel kuni Dushanbedagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga pnevmoniya tashxisi bilan yotqizilgan. 16-aprel kuni ahvoli to‘satdan og‘irlashib qolgan Pirov "Istiqlol” klinikasiga o‘tkazilgan va oradan uch kun o‘tgach vafot etgan.

Marhumning hamkasblaridan biri, Tojikiston bosh prokuraturasi xodimiga karantinda qolish tavsiya qilingan, biroq COVID-19 haqida hech narsa deyilmagan. Pirovning barcha oila a’zolari uy karantiniga olingan va ma’rakalarni tor doirada o‘tkazish tavsiya etilgan. Marhumning otasi Saidislom Pirovning ahvoli o‘g‘lining o‘limidan so‘ng og‘irlashib qolgan va 19-aprel kuni shifoxonaga yotqizilgan.

Pirov bilan bir palatada yotgan bemorning rafiqasi so‘zlariga ko‘ra, uning turmush o‘rtog‘ini shifoxonaga nafas olishi qiyinlashgani va kuchli yo‘tal bilan olib kelishgan. "Istiqlol” kasalxonasi shifokorining ma’lum qilishicha, Pirov bilan bir palatada yotganlarning barchasi karantinga joylashtirilgan.

Avvalroq Tojikistonda pnevmoniyadan to‘rtinchi odam vafot etgani va uni davolagan shifokorlar karantinga olingani xabar berilgandi. Shunga qaramay, mamlakatda hali ham koronavirus rasman qayd etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari orasida hozirga qadar Tojikiston va Turkmanistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha birorta ham holat rasman e’lon qilinmadi. O‘zbekistonda 19-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1565 kishini tashkil etmoqda. Hozirga qadar mamlakatda besh bemor koronavirus oqibatida vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:628 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь