• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1770
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 150
Гостей: 150
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2018 » Fevral » 22 » Tog‘da adashgan odam (Bo‘lgan voqyea)
22:23
Tog‘da adashgan odam (Bo‘lgan voqyea)

Ayg‘ir. Otlar uyurining boshchisi. O‘n-yigirmata otni ortidan ergashtirib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, xavf-xatardan asrab yuradi. Ohangaronlik Zoir akaning ham o‘sha to‘dada oti bor. Ayg‘ir bo‘lmasa-da, chayir, olg‘ir, aqlli ot. Zoir aka har zamon toqqa chiqib ularni tuvanlab qo‘yadi.

2017 yil, 25 dekabr. Erta tongda Zoir aka toqqa otini olib tushishga jo‘nadi. Rafiqasi Sayyora opa qaynatib qo‘ygan to‘rtta tuxum, ozroq kolbasa va ikkita nonni beliga tugdi-da, yo pirim deya yo‘lga tushdi.
Tush vaqti bo‘ldiyamki, otlar uyuri ko‘rinmaydi. Tog‘da yurgan ovchi yigitni uchratib, muddaosini aytdi. Ovchi yigit tog‘ning narigi yonida – soyda ikki-uch kun oldin otlar uyuriga ko‘zi tushganini ma'lum qildi. Otiga Zoir akani mindirib, soy yaqinigacha eltib qo‘ydi va "siz juda uzoq yo‘ldan kelibsiz, huv, anavi yaqin yo‘ldan ketganingiz yaxshi”, – deya katta harsangtosh tomonga ishora qildi.
Hademay kech tushadi. Otlarning bo‘lsa qorasiyam ko‘rinmaydi. Zoir aka ovchi ko‘rsatgan yo‘lga tushib ortga qaytishga qaror qildi. Shu payt nima bo‘ldi-yu, birdan shovqin-suron turib, atrof qop-qora tusga kirdi. Mayda lekin zarb bilan yog‘ayotgan muz parchalari ko‘z ochirmasdi. Yarim tungacha shamol aralash yoqqan qor Zoir akani yo‘ldan adashtirdi. O‘sha tunda bir archa tagida olov yoqib jon saqladi. Ertalab esa hamma yoq oppoq, qorning qalinligi belgacha kelar edi...
Kimgadir xabar beray, desa telefonda umuman aloqa, yo‘q. Atrofda inson zoti ko‘rinmasdi. Bunday vaziyatda omon qolishning birgina yo‘li – o‘zini qo‘lga olib, tezroq yo‘lni topib, odamlar yashaydigan manzilga yetib olish kerak...
Tog‘dagi to‘rtinchi kun. Hammayoq oppoq. Havo juda sovuq. Qor belgacha keladi. Yegulik tugagan. Zoir akaning ko‘zlarini qor olganmi atrofni ko‘pam anglay olmayapti. Qo‘l-oyoqlari qizarib, shishib ketgan. Yo‘l, odamlar yashaydigan manzildan darak yo‘q...
Nihoyat, botirligi, kurashuvchanligi, hayotga, yaqinlariga muhabbati sabab qiyinchiliklarni yengib, yetti kecha-kunduz deganda bir cho‘pon yashaydigan chaylani topib keldi. Bu Parkent tog‘lari edi. Ohangaronlik qahramonimiz adashib Parkentga kelib qolgandi. Muhimi u topildi! Odamlar orasida!
CHo‘ponning ikkita katta, qop-qora itlari odam qorasi ko‘ringan tomonga tashlandi. Yaxshiyamki, cho‘pon yigit chayla tashqarisida nimadir yumush bilan band edi. Itlarini chaqirib qoldi. Bo‘lmasa shu yergacha omon yetib kelgan Zoir akani itlar omon qo‘ymasdi.
2018 yil 3 yanvar. Zoir aka O‘rmon xo‘jaligi xodimlari yordamida Ohangaronga oilasi bag‘riga qaytdi. Shu kuni Zoir akaning uyida Yangi yil bayrami nishonlandi. Qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shni, butun mahalla xonadonda yig‘ildi. Omon qaytganiga shukronalar keltirildi.
Zoir akaning aytishicha, bir o‘g‘il, bir qizi bor. Katta farzandi Tursunoy tilab olgan farzandi, undan oldingi to‘ng‘ichlarning ikkita-uchtasi chaqaloqligidayoq nobud bo‘lgan ekan...
Tursunoy O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ikkinchi bosqichida shartnoma asosida o‘qiydi. Zoir aka shartnoma pulining qolgan yarmini to‘lash uchun otini bozorga olib chiqmoqchi bo‘lib, uni qidirib toqqa ketgandi. Adashib qolib yetti kun deganda uyiga yetib keldi...
U poytaxtimizdagi 16-shahar tez yordam shifoxonasida davolandi. Barmoqlarini biroz sovuq urgan. Shifokorlarning so‘z­lariga ko‘ra, holati yaxshi, kerakli muolajalar amalga oshirilgan. 
Hayot sinovlardan iborat. Goho, boshimizdan turli sarguzashtlarni ham o‘tkazib turamiz. Lekin yuqoridagi singari holatlarga kamdan kam duch kelamiz. Ana shunday paytlarda insonning irodasi, matonati, jasurligi, tantiligi imtihondan o‘tadi. Mashaqqatlarni mardonavor yenggan insongina baxtga erishadi. Zoir aka ham boshiga tushgan ana shunday sinovni mardonavor yengib o‘tib, qahramonlik ko‘rsatdi. Hayotga, oilasi, farzandlari bag‘riga omon qaytdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1608 | Добавил: Admin | Теги: Tog‘da adashgan odam (Bo‘lgan voqye | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:21
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728