• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 28 » To‘ylarni ixcham o‘tkazish haqidagi yangi qonun korrupsiyaning ortishiga olib kelmasligi ma’lum qilindi
12:24
To‘ylarni ixcham o‘tkazish haqidagi yangi qonun korrupsiyaning ortishiga olib kelmasligi ma’lum qilindi
Oliy Majlis Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 27-fevral kuni navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda qo‘mita a’zolari "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqdi.

Tadbirda Qonunchilik palatasi kengashi hamda Senat kengashining 2019-yil 14-sentabrdagi qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan "To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarning ixcham o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ga asosan tayyorlangan qonun ham muhokama qilindi.

Majlisda "Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov qo‘mita a’zolari, vazirlik va idoralar vakillariga "To‘y va marosimlarni o‘tkazish tartibiga qo‘yiladigan umumiy qonun talablarini buzgan fuqarolarga ma’muriy javobgarlik belgilanishi ko‘zda tutilyapti. Talablarga rioya qilmagan fuqarolar jarimani to‘lamay, ma’lum miqdordagi pulni MFY xodimlari yoki mahalla inspektoriga berib, holatni "yopdi-yopdi” qilishga urinishi ham mumkin. Bu esa jamiyatda korrupsiya holatini yanada urchishiga olib kelmaydimi?”, degan savol bilan yuzlandi.

Savolga adliya vaziri o‘rinbosari, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahim Hakimov shunday javob qaytardi:

"Bu masalada ko‘p o‘rganishlar qilindi. Nizomni o‘qigan bo‘lsangiz, shunday talablar qo‘yilganki, MFY xodimlarini marosimdan avval ham to‘yxona, ham to‘y o‘tkazuvchi xabardor qilishi kerak. Mexanizmlar yaxshi yozilganki, korrupsiya ehtimoli juda kam. Sababi to‘y butun jamoatchilik ko‘z o‘ngida bo‘ladi.

Qolaversa, odatda dabdabali, ko‘p isrofgarchilikka olib keladigan to‘ylar jamoatchilik orasida juda shov-shuv bo‘lib ketadi. Buni yashirishning iloji yo‘q. Bu kichkina narsa yoki sex emaski, mahalla inspektori borib, uni yopib kelsa. Qolaversa, bularning isboti to‘y o‘tkazuvchining qo‘lida bo‘ladi. Chunki hammasi kameraga yoziladi. Hozir kamerasiz to‘y yo‘q. Agar fuqaro dabdabali to‘y qilgan bo‘lsa, tezda hamma yoqqa tarqalib ketadi. Shuning uchun korrupsiyaning urchish ehtimoli juda kam”, dedi Rahim Hakimov.
Категория: Har-Hil | Просмотров:546 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:33
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829