• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 290
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 59
Гостей: 59
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2018 » Aprel » 24 » To‘ti ayaning kelinlarga 6 maslahati
12:30
To‘ti ayaning kelinlarga 6 maslahati

Bugun biz "Darakchi" gazetasi tahririyatiga kelgan xatlar asosida tuzilgan savollar bilan teatr va kinodagi minglab ibratli rollari bilan qalbimizdan chuqur o‘rin egallagan O‘zbekiston xalq artisti To‘ti YUSUPOVAga murojaat qildik. 62 yillik oilaviy hayotning achchiq-chuchugini totgan ayaning kelinlarga bergan maslahati e'tiboringizdan chetda qolmasligiga ishonamiz...


"XO‘P BO‘LADI”NI KANDA QILMANG!”

— Kelin bo‘lganimga ko‘p bo‘lmadi. Qizlik uyim, oila a'zolarimni sog‘inyapman. Ustiga-ustak, ba'zida qaynona va qaynopamning gaplaridan xafa bo‘laman. To‘g‘ri, ular ham meni o‘ylab gapirishadi. Lekin ularning nazdida men hech narsani bilmaydigandek, "ikkichi”man. Xullas, yangi oila va muhitga umuman ko‘nika olmayapman. Hozirgi shart-sharoit, yangi hayotga ko‘nikishim uchun qanday maslahat berasiz?

Aziza Dadayeva, Toshkent shahri

— Birinchi va eng muhim maslahatim bu – ortiqcha gap gapirmaslik. Kelin birinchi galda tilini tiyishi, borgan joyida kattalar nima desa, "xo‘p bo‘ladi”, deya javob qaytarishni o‘rganishi lozim. Yaxshi gap ham, yomon gap ham bir og‘izdan chiqadi. Tili shirin kelin bo‘lib, farosatni ishlatsangiz olam-guliston va hamma baxtli hayot kechiradi.

Shu o‘rinda barcha kelinlarga yana bir maslahat: qaynonalar siz borgan xonadoning birinchi bekasi hisoblanadi. Borgan xonadoningizda qaynonaning uzoq yillar davomida sinalgan sabri bor. Kecha kelgan kelinga hamma narsani o‘zboshimchalik bilan boshqarishga berib qo‘yishni istamasligi tabiiy. Yosh va tajribasidan kelib chiqib, siz kelinlik uyingizga "singib” ketguningizcha yo‘l ko‘rsatib, bilganlarini o‘rgatishi lozim. Bu har bir qaynonaning majburiyati va vazifasiga kiradi. Shunday ekan, kelin bo‘lganingizga bir-ikki oy bo‘la turib, u yerda o‘z qoidalaringizni o‘rnataman, deb o‘ylamang. Bekam-u ko‘st oila asta-sekinlik bilan kattalarning nazorat va nasihatlari bilan barpo bo‘ladi.


"BILMAGANIMNI AYTISHGA UYALAMAN”

— Yoshim yigirmada, oilaliman. Qaynonam bilan ro‘zg‘or ishlarini bajarganimizda "biror ishni bilmayman”, deyishga uyalaman. Aytingchi, bunday paytda kelinlar qanday yo‘l tutishadi. Ochig‘i, qaynonam meni yaxshi ko‘rib, "erka kelinim”, deb turganida, uyalib qolishni istamayman.

Zilola Xayitova, Sirdaryo viloyati

— Rahmatli to‘ng‘ich o‘g‘limning, birinchi ayoli 17 yoshda xonadonimizga kelin bo‘lgan. Qo‘l-oyog‘i chaqqon, nima desam ham "xo‘p”, derdi. Bir kuni shilpildoq pishirmoqchi bo‘ldik. "Bilasizmi?” deb so‘rasam, "ha” dedi. Oradan yarim soat o‘tib, yoniga – oshxonaga kirsam, nima qilishni bilmay, boshi qotib o‘tirgan ekan. "Nima bo‘ldi? Nega o‘tiribsiz?” degan savolimga "Xamir qorishni bilmayman, lekin buni sizga aytolmadim. Oyim borgan joyingda "xo‘p bo‘ladi”ni kanda qilma, nima so‘rashsa ham "ha”, desang kam bo‘lmaysan”, deb o‘rgatgandi” degan. Ochig‘i, qaynona sifatida uning gapidan xursand bo‘lganman. Aytganimni ikki qilmay, bilmasa ham urunib ko‘rgandi. Bu misol bilan aytmoqchimanki, avvalambor kelinlar o‘z xonadonidan hamma narsani bilib kelishmaydi. Ro‘zg‘orning har bir ishida tajriba va ko‘nikma lozim. Siz ham bilmagan narsangizni so‘rab o‘rganishdan uyalmang. Qaynonalar ham bir paytlar kelin bo‘lgan. Yillar davomida bilganlarini kelinga o‘rgatish qaynona uchun ham g‘animat. Kuzating, har bir ishda e'tiborli bo‘ling. Ana shunda bilmaganlaringizni asta-sekin o‘rganib borasiz.


"QAYNONAM O‘G‘LINI MENDAN RASHK QILADI”

— Sevgan insonimga besh yil avval turmushga chiqdim. Ketma-ket farzandli bo‘ldik. Bir qarashda risolidagidek baxtli oilamiz. Ammo negadir qaynonam o‘g‘lini mendan qizg‘anadi. Buni o‘g‘lini tez-tez yoniga chaqirib olaverishidan sezaman...

Munisa Turdiyeva, Namangan

— "Ona o‘g‘lini kelinidan rashk qiladi”, degan gaplarni eshitsam, juda jahlim chiqadi. El-yurtga osh berib, to‘y qilib kelin olgan, "avlod suraman”, degan ona o‘g‘lini kelinidan qanday qizg‘anishi mumkin? Menimcha, bu tantiq kelinlarning o‘ylab topgan gaplari. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, ona o‘g‘lini boshiga yostiq qiladimi? Agar siz shunday o‘ylayotgan bo‘lsangiz, qattiq yanglishasiz. Sizga maslahatim turmush o‘rtog‘ingizning harakati, o‘zini tutishi va onaga nisbatan gap-so‘zlariga e'tiborliroq bo‘ling. Balki turmush o‘rtog‘ingiz volidasiga e'tiborsiz bo‘lib qolgandir? Avvalgidek birga choy ichib, suhbatlashmayotgandir? Chunki oq yuvib, oq taragan ona farzandi ulg‘ayganda ham yonida maslahatgo‘y bo‘lishini istaydi. "Ona, yaxshi o‘tiribsizmi? Yuring, sizni aylantirib kelaman. Ko‘nglingiz nima istayapti? Yaxshi yotib turing!” kabi so‘zlar ham onaning qalbiga malhamdek bo‘ladi. Yana bir gap, umr yo‘ldoshingiz shunday so‘zlarni unutgan bo‘lsa, bu sizning ham aybingiz. Erkak kishi oila tashvishi sabab, oddiy narsalarga ham be'tibor bo‘lib unutgandir. Oqila ayol sifatida siz hamma narsani yodga solishingiz va qaynonangizning ko‘nglini birgalikda olishingiz kerak.

"HAMMA NARSANI BILAMAN”, DEMANG”

— Turmush o‘rtog‘im bilan oramiz sovub ketgandek. Ko‘p tortish qolyapmiz. Bu borada maslahat bersangiz...

Noila Tillayeva, Buxora viloyati

— Uzoq umr ko‘rish siri nimada bilasizmi? Hyech kim bilan urushmaslikda! U kim bo‘lishidan qat'i nazar "sen-menga” bormaslik, har bir masalani albatta shirin so‘z bilan tushuntirish kerak. Ro‘zg‘orda tortishuvlar bo‘ladi, turmush "musht”larsiz bo‘lmaydi. Bunday paytlarda "men aqlliroqman”, "hamma narsani bilaman”, "siz xato qildingiz”, deyishga shoshilmang. Vaqt o‘tishi bilan o‘z fikringizni bildirsangiz, juftingiz ham buni to‘g‘ri qabul qila oladi. Faqat sabr bilan jahldan tushishini kuting.

Siz va boshqa kelinlarga beradigan yana bir hayotiy maslahatim: ko‘proq birga vaqt o‘tkazishga, muammolardan tashqari yaxshi xotiralarni eslashga harakat qiling. Va eng muhimi, albatta, doim bir dasturxon atrofida yig‘ilishni odat qiling. Oila a'zolari doim bir vaqtda toamga o‘tirishi, bir-biriga nisbatan mehrni oshiradi. Dasturxon boshida ko‘p masalalar hal bo‘ladi, buni unutmang.

Ayollar "haliyam ovqat tayyor emasmi?” degan savolni eshitishi ehtimoldan holi emas. Vaholanki, ishdan uyga bir vaqtda kirib kelgansiz. Bunday paytda dasturxonga qo‘yish uchun dam olish kunlarida shirinlik yoki qorinni "aldab” turadigan biror yeguliklar tayyorlab qo‘ying. "Tayyor bo‘lib qoldi. Hozircha, bir piyola choy bilan mana shuni yeb turing”, desangiz, shuning o‘zi kifoya. Ancha muammolardan qutilasiz.

"QIZLIK UYIMGA BORISHGA RUXSAT BERISHMAYDI”

— Tug‘ilib o‘sgan uyimga juda kam boraman. Javob so‘ragan taqdirimda ham o‘ylanib keyin ruxsat berishadi. Nega kelin qizlik uyiga borish uchun shuncha qiynalishi kerak?

Safiya Obidova, Toshkent shahri

— Bu masalada chetdan turib, biror maslahat berishim qiyin. Chunki bir oilaning hayotiga tashqarida turgan odam javob berolmaydi. O‘zimga kelsak, men uchun bu masala hech muammoli tuyilmaydi. Nabira kelinim bilan yashayman. Har o‘n besh kunda javob so‘rab, bir kecha yotib keladi. Bu har bir qaynona va erning xohishiga bog‘liq holat, deb o‘ylayman.

Kelinlarning qizlik uyiga borib kelishiga umuman qarshiligim yo‘q. Faqat bir narsani yodda tutishsin: ikki xonadon egalari – qudalarning o‘rtasiga sovuqchilik tushurishni istamagan qiz hech qachon gap tashimaydi. Qizlik uyidan ketgan kundan boshlab, u uyda mehmon ekani, chin uyi – turmush o‘rtog‘i yashaydigan xonadon ekanini anglab yetsa, o‘ziga ham oson bo‘ladi.


"KIMNING KO‘NGLINI OLAY: QAYNONA YOKI ERNING?”

— Doim bir savol o‘ylantiradi. Kelin, birinchi galda kimning ko‘nglini olishi kerak: qanonanimi yoki erini?

Marjona Rahimova, Jizzax viloyati

— Avvalambor har bir inson sevishib turmush qurishi tarafdoriman. Kelin hammaning ko‘nglini ovlashi, shirinsuxanlik bilan muomalada bo‘lishi talab qilinadi. Oila qurgandan so‘ng birinchi o‘rinda qaynonani ustun ko‘rib, aytganini qilishi kelinning yutug‘i. Chunki, erning ko‘ngliga qaynona orqali yo‘l topish mumkin. 25-26 yildan beri o‘g‘il o‘stirgan ona o‘g‘liga nima yoqadi, qanday taomlarni yaxshi ko‘radi, qisqasi barini aniq biladi. Bundan tashqari, qaynonaning ko‘nglini olgan kelin, qaysi erkakka yoqmaydi, deysiz. Siz qaynonangiz bilan ahil bo‘ling, ana shunda turmush o‘rtog‘ingiz ham sizni doim hurmat qilib, sevadi.


Otaxon va onaxonlar duoga qo‘l ochar ekan, "To‘y bo‘lsin!” deya niyat qilishni kanda qilishmaydi.Niyatimiz bunyod bo‘lgan har bir yangi oila mustahkam va baxtli bo‘lsin!
Категория: Har-Hil | Просмотров:1769 | Добавил: Admin | Теги: To‘ti ayaning kelinlarga 6 maslahat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:29
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Aprel 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30