• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1766
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 29 » To‘qayev xavotirda. Qozog‘istonga favqulodda holat qaytadiganga o‘xshaydi
21:01
To‘qayev xavotirda. Qozog‘istonga favqulodda holat qaytadiganga o‘xshaydi

Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi e’lon qilinishi orqali Hukumat  mamlakatda koronavirus tarqalishini biroz jilovlagan. Biroq favqulodda holat rejimining bekor qilinishi karantin qoidalarining surunkali buzilishiga olib kelgan. Bu haqda mamlakat rahbari Qosim-Jomart To‘qayev raisligida o‘tgan yig‘ilishda so‘z bordi. 

"Joriy yilning 11 may kuni cheklovlar olib tashlanganidan buyon koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari 7 baravar ko‘paydi. Bu ko‘p jihatdan bir qator davlat organlari ishidagi kamchiliklar bilan bog‘liq. Ta’kidlash kerakki, markaziy va mahalliy darajadagi davlat boshqaruvi tizimi favqulodda holatlardan tashqarida samarali ishlashga tayyorlanmagan. Idoralararo komissiya o‘ziga yuklangan vazifani bajara olmadi. Tan olish kerak, Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy va mahalliy hokimiyat organlari ishini muvofiqlashtirishni ta’minlay olmadi”, deydi To‘qayev.

Qayd etilishicha, amalga oshirilmagan va samarasiz choralar virusning mehnat jamoalarida, muhim sohalarda tarqalishiga olib kelgan. Infeksiyaning keng tarqalishi Atirau viloyatidagi Tengiz konida qayd etilgan bo‘lib, u yerda 1222 ta koronavirus infeksiyasi yuqtirgan ishchilar aniqlangan. 

Olma-otada esa nafaqat fuqarolar, balki tibbiyot xodimlari orasida ham kasallik yuqori darajada aniqlangan. Poytaxt Nur-Sultondagi ko‘plab tashkilotlar sanitariya talablarini buzishda davom etgan. Hududlarda shifoxonalardagi to‘shaklar, tibbiyot xodimlari, dori-darmonlar va tibbiy jihozlarning yetishmovchiligi mavjud.

Davlat rahbari holat bo‘yicha munosabat bildirarkan, Nur-Sulton va Olma-ota shahar hokimlari A.Kulginov va B.Sagintayevni qattiq tanqid qildi. Chimkent, Aqto‘be va Pavlodar viloyatlari hokimlari M.Aytenov, O.Urazalin va A.Skakov va idoralararo komissiya rahbari E.Tug‘janovga ogohlantirish berdi. 

"Men Atirau, Kostanay, G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari hokimlarini tegishli hududlardagi vaziyatni to‘g‘irlash zarurligi to‘g‘risida ogohlantiryapman. Bu barcha sohalardagi rahbarlarga ham tegishli. Vaziyat samarasiz axborotlashtirish tufayli yanada kuchaymoqda. Bizning aholi bilan muloqot tizimimiz yaxshi ishlamayapti, axborot foniga kun tartibidagi salbiy bosim ta’sir qilyapti, shifokorlarning qahramonliklari ko‘rinmayapti”, deydi Qosim-Jomart To‘qayev.

U so‘zida davom etarkan, mavjud epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha shoshilinch choralarni ko‘rish uchun Bosh bazir rahbarligidagi tegishli Davlat komissiyasiga mart va may oylarida bo‘lgani kabi ikki kunlik kuchaytirilgan karantin rejimini joriy qilish bo‘yicha topshiriq berdi. 

Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘istonda koronavirusga chalingan 21 327 kishi aniqlangan. Ulardan 13 008 nafari sog‘aygan, 183 nafari vafot etgan. Bemorlar orasida mamlakatning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev ham bor. Nazarboyev ma’muriyati joriy yilning 18 iyun kuni unda koronavirus aniqlanganini xabar qilgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, u o‘zini izolyatsiyaga olib, faliyatda davom etayotgani xabar qilindi. 

Oradan bir haftadan ortiq vaqt o‘tdi hamki rasmiy Nursulton sobiq Prezidentning holati haqida miq etmayapti. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:468 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:16
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь