Меню сайта
Главная страница Форум сайта Узбекская Музыка Картинка Онлайн PhotoShop Софт для PC Система uCoz Видео Монтаж Кинофильмы Новости Компьютерный игры Игры и софт для Android Телефон прошивка Все Usb драйвер Звездная жизнь
Клип премьера
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1248
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 39
Гостей: 39
Пользователи 0

Muzaffar
ARX
moderator
Azmin55
Mussi777
Qorsaqli88
pakoo77
pakoo88
pakoo99
pakoo
Главная » 2020 » May » 14 » TIV: Rossiyadagi 65 ming o‘zbekistonlik mamlakatga qaytish istagini bildirgan
13:18
TIV: Rossiyadagi 65 ming o‘zbekistonlik mamlakatga qaytish istagini bildirgan

Tashqi ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib ketish uchun tashkil etilayotgan charter reyslari keng muhokamalarga sabab bo‘layotgani yuzasidan murojaat bilan chiqdi.

Ta’kidlanishicha, 12-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi tomonidan tuzilgan onlayn-ro‘yxatga O‘zbekistonga qaytish istagini bildirgan 55 ming kishi kiritilgan. Bu kabi ro‘yxatlar O‘zbekistonning Rossiya hududlaridagi Bosh konsulxonalari tomonidan ham yuritilib, ularda taxminan 10 mingga yaqin fuqaro qayd etilgan. 11—12-may kunlarining o‘zida 14 ming o‘zbekistonlik vatanga qaytishda yordam so‘rab elchixonaga murojaat qilgan.

Hozirgi vaqtda elchixona o‘z imkoniyatlari va vakolatlari doirasida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyadan imkon qadar tez muddatda olib chiqishga barcha kuchlarini safarbar qilgan. Tezkor shtab tuzilgan, 9 ta xodimdan iborat maxsus guruh tashkil etilib, u doimiy ravishda fuqarolar bilan ishlab kelmoqda.

"Ma’lumki, charter reyslariga birinchi navbatda keksa, kasal fuqarolar, homilador va bolali ayollar, shuningdek, ilgari bekor qilingan doimiy reyslarga chiptasi bor fuqarolar joylashtiriladi. Shu sababli elchixona diplomatlari tomonidan tasdiqlovchi hujjatlar so‘ralganda vatandoshlarimizdan vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini va tegishli hujjatlarni taqdim etishlarini so‘raymiz”, — deyiladi murojaatda.

Bundan tashqari, so‘nggi kunlarda elchixona va konsullik bo‘limi atrofida charter reyslari orqali O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarning to‘planishi kuzatilmoqda. Ushbu holat turli kasalliklar, shu jumladan, COVID-2019 koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfini orttiradi. Qayd etilishicha, elchixona Rossiyadan uchib ketishni xohlagan fuqarolar ro‘yxatini o‘z konsullik okrugi (Markaziy federal okrug) doirasidagina olib bormoqda.

"Elchixona Rossiyadagi o‘zbekistonliklarning COVID-19 koronavirusi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirlari va vatanga, o‘z oila va yaqinlari bag‘riga qaytish istagini yaxshi tushunadi. Shu bilan birga, elchixona Rossiyadagi vatandoshlarimiz to‘qnash kelayotgan moliyaviy qiyinchiliklar haqida ham xabardor bo‘lib, shu kunlarda ‘Mehr’ loyihasi doirasida fuqarolarimizga bir marta beriladigan moddiy yordam to‘lab berishni boshladi”, — deya ta’kidlanadi murojaatda.

Avvalroq Rossiyaning Samara viloyatida Qozog‘iston chegarasidan bir necha o‘n kilometr masofada bo‘lib turgan taxminan 800 nafar O‘zbekiston fuqarosi Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llagani haqida xabar berilgandi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ulardan Respublika maxsus komissiyasi qarorini kutish so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, 7-may kungi videoselektorda Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijdagi vatandoshlar "imkoniyatga qarab, baribir olib kelinishi kerak”ligini aytgan edi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 30-iyungacha bo‘lgan muddatdagi parvozlar uchun chipta sotishni to‘xtatgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:23 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:33
Добро Пожаловать, Mexmon
Кино премьера
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031