• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Iyul » 3 » “Tirik skelet”: Gruziya sobiq prezidenti Saakashvili tan bo‘lmaydigan darajada vazn yo‘qotdi
21:31
“Tirik skelet”: Gruziya sobiq prezidenti Saakashvili tan bo‘lmaydigan darajada vazn yo‘qotdi

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Tbilisi shahar sudining 2007-yil noyabridagi namoyishni tarqatib yuborish ishi bo‘yicha yig‘ilishida video aloqa orqali ishtirok etdi. Bu haqda "Mtvari” xabar berdi.

Siyosatchi aks etgan kadrlarda uning tom ma’noda tanib bo‘lmas darajada ozganini ko‘rish mumkin. Mixail Saakashvilining ukasi siyosatchi hibsda xuddi shunday sur’atda vazn yo‘qotishda davom etsa, o‘lishi mumkinligidan xavotirda.

"Haqiqatan ham vaziyat yaxshi emas, vazn dahshatli. Mixailning vazni necha kilogramm ekanini aytishga tayyor emasman, lekin haqiqat shundaki, u vazn yo‘qotishda davom etmoqda va o‘lim tomon ketmoqda”, — dedi David Saakashvili.
Uning fikricha, akasining ozishi unga jazoni o‘tash chog‘ida qo‘pol munosabatda bo‘linganidan, og‘ir sharoitda saqlanganidan dalolat beradi. Bundan tashqari, sobiq prezidentni zaharlashga urinish kuzatilgan bo‘lishi mumkinligi, bu uning ahvoliga ta’sir qilgani aytilgan.

Davidning qo‘shimcha qilishicha, bir muncha vaqt o‘tgach, tarixchilar haqiqatni ochib berishadi.

Saakashvilini Gruziyada hibsga olish va qiynoqlar

2021-yil 1-oktabrda Saakashvili sakkiz yil ichida birinchi marta munitsipal saylovlar arafasida Gruziyaga qaytganida hibsga olingan. U bir qancha jinoiy ishlarda, xususan, 2005-yilda gruziyalik sobiq deputat Valeriy Gelashviliga hujum uyushtirganlikda ayblanmoqda. Buning uchun u allaqachon sirtdan olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Hibsga olingandan so‘ng Saakashvili darhol ochlik e’lon qilgan va u 2021-yil 19-noyabrda ochlikni to‘xtatishga rozi bo‘lgan. 29-noyabr kuni Saakashvili hibsga olinganidan keyin birinchi marta sudga olib borilgan va hibsda qiynoqqa solinganini aytgan. U o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni siyosiy ta’qib, o‘zini esa siyosiy mahbus deb biladi.

Uzoq davom etgan ochlik e’lonidan so‘ng siyosatchining ahvoli og‘irlashgan, shu sababli u Rustav qamoqxonasidan Goridagi harbiy gospitalga o‘tkazilgan.

2022-yil dekabrida Ukraina Tashqi ishlar vazirligi o‘sha paytda Tbilisidagi Vivamedi tibbiyot markazida bo‘lgan Saakashvilining sog‘lig‘i sezilarli darajada yomonlashganidan chuqur xavotirda ekanini bildirgan.

2023-yilning 1-fevralida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gruziya hukumati Saakashvilini "omma oldida qiynoqqa solib, o‘ldirayotganini” aytdi. Saakashvilining o‘zi esa Ukrainadagi urush g‘alabasigacha yashay olmasa, yuragini Kiyevga dafn etishga chaqirdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:146 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31