• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 689
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 172
Гостей: 172
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2021 » Iyul » 29 » Termizda afg‘onistonlik qochqinlar uchun lager qurilayotgani haqidagi xabarlar rad etildi
20:45
Termizda afg‘onistonlik qochqinlar uchun lager qurilayotgani haqidagi xabarlar rad etildi

Termiz chegarasida Afg‘onistondan keladigan qochqinlar uchun lagerlar barpo etilmayapti, deydi Termiz shahar hokimining o‘rinbosari Mehriniso Kenjayeva. Bu haqda "RIA Novosti”ga tayanib, Repost xabar bermoqda.

Mehriniso Kenjayevaning so‘zlariga ko‘ra, shaharda vaziyat tinch.

"Shaharda vaziyat tinch, hokimiyatdagi barchamiz rejalashtirilgan ishlar bilan bandmiz, afg‘on voqealari bilan bog‘liq biror-bir shoshilinch yig‘ilish o‘tkazilmayapti”, – dedi Kenjayeva.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 30-iyul kuni viloyat hokimining yig‘ilishi o‘tkaziladi, ammo yig‘ilish kun tartibiga faqat ichki masalalar kiritilgan.

"Men bunday qurilish haqida hech narsa eshitmaganman, bunday narsa yo‘q”, – deya qo‘shimcha qildi Kenjayeva.

Avvalroq AQSH hukumati Afg‘onistondan kuchlarni olib chiqish fonida Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan AQSHga yordam berayotgan 9 mingga yaqin afg‘onni vaqtincha joylashtirishni so‘raganligi haqida xabar berilgan edi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashevning aytishicha, rasmiy Toshkent 1951-yilgi Qochqinlar maqomi to‘g‘risidagi konvensiya va 1967-yildagi protokolga qo‘shilmagan, respublika qonunchiligida esa qochqin maqomini olish tartibi ko‘zda tutilmagan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston hukumati agar tashkilotdan talab tushsa, Afg‘oniston bilan chegarada Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi idorasini ochishga tayyor.

Bundan avval DXX Chegara qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari Bahodir Musurmonqulov ham ushbu xabarlarni rad etgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:496 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:37
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031