• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 289
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 3 » “Tergov paytida o‘g‘limdan 900 ming dollar so‘rashgan” — “Avto 60 oy” MChJ rahbarining onasi Malohat Zokirova
16:27
“Tergov paytida o‘g‘limdan 900 ming dollar so‘rashgan” — “Avto 60 oy” MChJ rahbarining onasi Malohat Zokirova

2-fevral kuni Toshkent shahridagi Interpol milliy markaziy byurosida IIV Tergov departamenti tomonidan "Avto 60 oy” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjumanda OAV vakillari, jabrlanganlar va "Avto 60 oy” MChJ rahbari Jamshid Bahodirovning onasi Malohat Zokirova ham qatnashgan.

"Bolam bu ishlarni boshlaganida yomon niyatda bo‘lmagan. Qarindosh-urug‘larimiz nomiga hech qanday mol-mulk o‘tkazmagan. Otasizlikda o‘stirganman. Xalqqa foydasi tegishi uchun, xalq hojatini chiqarish uchun tadbirkorlikka qo‘l urgan. Ehsonlar qilgan, mehribonlik uylariga xayriyalar bergan. Lekin birovning pulini yeb ketib, o‘rtaga nimadir qo‘ygan joyi yo‘q.

O‘g‘lim faoliyatini endi boshlaganida, ishxonasida tekshiruv bo‘lgan. Alisher ‘oper’ borib, tekshiruv o‘tkazgan. Hamma hujjatlari to‘g‘riligini isbotlab berishgan. Shunda ham bolamni qo‘yishmadi baribir. Tergov davomida kelganimda Farhod Ergashev ‘O‘g‘lingizni to‘rt marotaba chaqirganmiz, quloq solmagan’, deb bir necha marta aytdi. Nima uchun firma 12 ta viloyatda ofislarini ochib, ishlari kattalashib ketgunga qadar biror kishi indamadi. 5 oydan beri qamoq jazosida. Sizlardan yordam so‘rayman, hech kimni pulini yeb ketmaydi. Suddan sog‘-omon chiqsa, hamma pullaringni qaytaradi”, — deya jabrlanuvchilar va Tergov departamenti rasmiylariga yuzlandi Malohat Zokirova.

Uning aytishicha, ayni paytda ehtiyot chorasi sifatida hisbda saqlanayotgan o‘g‘li yaqinlari nomiga xat yozgan. Maktubda tergovchilar ayblanuvchi Jamshid Bahodirovdan qariyb 1 million dollar pul so‘ragani bayon etilgan.

"Tergov jarayonida bolamga nisbatan tazyiqlar bo‘ldi. O‘g‘limni menga yozgan xatida yozilishicha, 6-noyabrdan 7-noyabrga o‘tar kechasi "Toshturma”dan olib kelishgan. O‘shanda tazyiq o‘tkazishgan. Tergovga narkologiyadan ham odam olib kelishgan. Narkotik modda chektirishdi, ovqatimga solib, majburlab yedirishdi va aybimga iqrorlik xatini yozdirib olishdi, deb yozdi bolam. Bu jarayonda Alisher "oper” va Farhod Ergashev bo‘lgan. Alisher "oper” o‘g‘limdan 900 ming dollar talab qilgan. "900 ming dollar bersang, seni suddan chiqarib yuboramiz. Pulni falonchi, falonchilarga beramiz”, degan. O‘g‘lim shu gaplarni 2—3 varaq xatida o‘zidan o‘zi yozmasa kerak. Lekin bu bo‘yicha oddiy tekshiruv bo‘ldi, tezda yopilib ketdi. Biz oddiy kambag‘al fuqarolar qolib ketaveramiz. Straus House’dan ham 1 million dollar so‘rashgan ekan. U bola ham bo‘lmagan gapni aytmasa kerak.

Bu holatlar bo‘yicha hamma joyga murojaat qildim. Sizlarga ham ko‘p marotaba xat yozdim. Yozmagan joyim qolmadi. Tergov departamenti tekshirib, ko‘rib chiqyapti, degan javobni oldim. Tergovchi, "oper”larga nisbatan nima chora ko‘rdilaringiz? Qani shuni aytinglar?”, dedi Zokirova.

Tergov departamenti bo‘lim boshlig‘i Azizbek Dolixo‘jayev Malohat Zokirova savollariga shunday javob qaytardi: "Avvalo, shuni aytish kerakki, Jamshid Bahodirov tergov idorasiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyatlardagi ofislarida tintuv o‘tkazilganidan keyin keltirilgan. Shundan so‘ng unga nisbatan gumonlanuvchi tariqasida chaqiruv qarori e’lon qilinib, so‘roq qilingan.

Jamshid Bahodirov bilan bog‘liq tergov harakatlari ikki, uchta himoyachilar ishtirokida o‘tgan. Qolaversa, hozir har bir tergov xonalarida kuzatuv kameralari mavjud. O‘g‘lingiz vaqtincha saqlanayotgan hisbxonada ham kameralar o‘rnatilgan. Ular 24 soat to‘xtovsiz ishlaydi. Sizning murojaatingiz bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan va o‘z tasdig‘ini topmaganligi bois qanoatlantirish rad qilingan.

Siz hozir yetkazilgan zararning hammasi qoplab beriladi, deb aytyapsiz. MChJ hisob raqamidagi pullar va mol-mulklar 34 milliard so‘mni tashkil qilyapti. Odamlardan esa 57 milliard so‘m jalb qilingan. Qolgan mablag‘lar qayerda?

Jamshid Bahodirovda 18 ming 818 nafar odamga xuddi shuncha avtomashina yetkazib berish majburiyati bor. Shuncha fuqarodan 96 nafari transport vositasi olgan xolos. Qolganlarga qaysi pul mablag‘lari hisobidan avtomashina qilib beradi? U faoliyatini 10 million so‘m bilan boshlagan. Ustav fondini shakllantirmagan.

Ehson qilishdan oldin 18 ming nafardan ortiq odam oldidagi majburiyatini bajarishi kerak. Agar faoliyatida foydaga kirsa, so‘ngra xayriyalar qilishi mumkin. Ammo shartnoma bo‘yicha majburiyatini bajarmay turib, fuqarolardan olingan pullarni xayriyalarga sarflashga haqqi yo‘q”.
Категория: Har-Hil | Просмотров:459 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:41
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031