• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 27 » “Tennisga hayotimni bag‘ishladim, ammo...”. Katta tennisdan ketishini e’lon qilgan Mariya Sharapovaning xayrlashuv maktubi
17:25
“Tennisga hayotimni bag‘ishladim, ammo...”. Katta tennisdan ketishini e’lon qilgan Mariya Sharapovaning xayrlashuv maktubi

Rossiyalik afsonaviy tennis ustasi Mariya Sharapova tennischilik faoliyatiga yakun yasashini ma’lum qildi. Vanity Fair esa sportchining muxlislarga yo‘llagan xayrlashuv maktubini e’lon qildi. "Daryo” ushbu maktubning tarjimasini to‘liqligicha taqdim etadi.

O‘zing uchun qachondir yagona hayot deb bilgan narsang bilan qanday qilib xayrlashish mumkin? Bolalikdan beri shug‘ullanib kelgan kortlardan (tennis maydoni), quvonch va ta’riflab bo‘lmas baxtni taqdim etgan o‘yindan qanday ketish mumkin? Sport, sening ortingda 28 yil davomida tog‘ bo‘lib kelgan muxlislarni qayerdan topding?

Men bunda yangiman, shunday ekan kechirarsan meni. Tennis, kechir meni!

Oxiriga yetishdan oldin hammasini avvalo boshidan boshlashga ruxsat bergaysiz. Tennis kortini birinchi marta unda otam o‘ynayotgan vaqtda ko‘rganman. O‘shanda 4 yoshda edim. Bu holat Sochida ro‘y bergandi. Shu qadar kichkina edimki, oyoqlarim maydon chetida o‘tirgan o‘rindig‘imdan osilib turardi. Hatto yonimdagi raketka ham mendan 2,5 baravar katta edi. 6 yoshimda dunyoning yarmini kesib o‘tib otam bilan Florida (AQSh)ga keldik. O‘shanda butun dunyo ko‘zimga ulkan ko‘ringandi. Samolyotlar, aeroportlar, Amerikaning bepoyon hududi. Hammasi ajoyib edi — xuddi ota-onamning men uchun qilgan qurbonligi kabi.

Tennis o‘ynashni boshlagan vaqtimda tennis to‘rining narigi tarafidagi raqibalarim mendan katta, bo‘yi uzun va kuchli bo‘lgan. O‘shanda televizorda ko‘rgan buyuk tennischilarim menga yetib bo‘lmas marradek tuyulgan. Lekin sekin-asta har kunlik mashg‘ulotlardan so‘ng ushbu afsona real haqiqatga aylana bordi.

Birinchi tennis kortlarim xira chiziqlar tortilgan, notekis betondan iborat bo‘lgan. Shundan so‘ng u kir tuproq, keyin esa yam-yashil maysali maydonga aylandi. Unga oyoq qo‘yishning o‘zi kifoya edi. Ammo shunisi aniqki, yovvoyi orzularimda ham eng katta musobaqalarning barchasida g‘olib bo‘la olishimni tasavvur qilmagan edim.

Hammasini boshlash uchun "Uimbldon” eng ma’qul joy edi. U vaqtlarda hali ham markalar yig‘adigan, g‘alabalar ta’mini his qilmagan, katta bo‘lishga ulgurmagan 17 yoshli qizaloq edim. Buni o‘sha vaqtda anglamaganimdan esa hozir juda ham xursandman.

Ustunligim shunda ediki, o‘zimni hech qachon boshqa o‘yinchilardan bir bosh baland his qilmasdim. Negaki doim o‘zimni har doim pastga sho‘ng‘ib ketish mumkin bo‘lgan chegarada turgandek his etardim. Shu boisdan doim kortga qaytardim. Nima uchun? Qanday qilib hammasini ortga qaytarishni o‘ylab, anglab olish uchun.

US Open esa hamma kutayotgan va chalg‘itadigan narsalarni qanday qilib yengish mumkinligini o‘rgatdi. Agar Nyu-Yorkdagi xaosdan xalos bo‘la olmasangiz (masalan, tennis korti shundoqqina aeroportning oldida joylashgan edi) — shunchaki xayrlashishga to‘g‘ri keladi.

Australian Open kaminada oldin bo‘lmagan yuksak ishonch holatini berdi. Ba’zi odamlar bu ishonchni "to‘lqin” ham deb ataydi. Tushuntirib bera olmayman-u, ammo u bilan bo‘lish yoqimli edi.

"Rollan Garros”ning tuproqli kortlari esa barcha zaif jihatlarimni ochib berdi. Masalan, men bunday kortlarda "suzish”ga qodir emasdim, biroq ushbu musobaqa barchasini yengishga yordam berdi. Ya’ni ikki marta! Bu ham juda yoqimli edi.

Bu kortlar asl tabiatimni yuzaga chiqardi. Faoliyatimda muvaffaqiyatga erishishimda hech qachon ortga va hech qachon oldinga qaramaganim muhim rol o‘ynadi. Ammo tennisni butkul egallashning ilojisi yo‘q: shunchaki u talab qiladigan narsani bajarish lozim. Bu orqali esa miyaga quyidagi fikrlar kelaveradi:

Keyingi raqibga qarshi yetarlicha yoki keragidan ortiq tayyorgarlik ko‘rdingmi?

Bir necha kun dam olding, endi jiddiyliging yo‘qoladi.

Pitssaning ortiqcha bo‘lagi? Undan ko‘ra tonggi mashg‘ulotlardan ko‘proq ishla!

Ushbu ovozlarning alomatlari paydo bo‘lishidan to yakuniga qadar chidadim.

Ulardan biri o‘tgan yili avgustdagi US Open vaqtida paydo bo‘ldi. Kortga chiqishdan 1,5 soat oldin yopiq eshiklar ortida yelkamdagi og‘riqlarni bartaraf etish uchun muolajalarni amalga oshirdik. Hammasi o‘yinda qatnashish uchun edi. Yelkamdagi jarohatlar men uchun yangilik emas. Vaqti-vaqti bilan bog‘lamlar sim kabi ishqalanib turardi. Bir nechta jarrohlik amaliyotini amalga oshirganman. Ulardan biri 2008-yilda, biri esa o‘tgan yili. Ko‘plab oylarni fizioterapiya bilan o‘tkazishga majbur bo‘ldim.

O‘sha kuni kortga chiqishning o‘ziyoq menga so‘nggi g‘alabam singari ko‘rindi, biroq bu, albatta, g‘alaba qozonish uchun birinchi qadamning o‘zi bo‘lishi kerak edi, xolos. Buni vaziyatni tushuntirish yoki yumshatish uchun emas, balki yangi voqelikni anglatish uchun aytmoqdaman: tanam men uchun muammoga aylangandi.

Faoliyatim mobaynida hech qachon bunday savol bermaganman: "U shunga arziydimi?”. Chunki yakunda u bunga arzishi oydinlashardi. Ruhiy bardamlik har doim asosiy qurolim bo‘lib xizmat qilgan. Hattoki raqiblarim jismoniy va ruhiy jihatdan ustun bo‘lsa-da, men sabr qilardim. Ularga bardosh bera olardim. Oqibatda esa g‘alaba qozonardim.

Hech qachon ishdagi sa’y-harakatlar, o‘jarliklar haqida gapirmaganman. Har qaysi sportchi jim turib qilingan qurbonliklar muvaffaqiyat sari yetaklab borishini biladi. Mukamallikka intiladigan yo‘l boshidagilarga esa shularni aytmoqchiman: sizni oldinda yuzlab muvaffaqiyatsizliklar kutmoqda, bunga butun dunyo guvoh bo‘ladi. Kamtar bo‘ling, o‘zingizga ishoning. Hamma narsani yenga olishingizga va’da beraman.

Tennisga hayotimni bag‘ishladim, biroq u aynan menga hayot berdi. Uni har kuni sog‘inib qolaman. Mashg‘ulotlarni, jamoani, murabbiylarni sog‘inaman. Otam bilan mashg‘ulot maydoni yonida o‘tirgan vaqtlarimizni sog‘inib qolaman. G‘alaba va mag‘lubiyatlardan so‘ng qo‘l siqishlarimizni sog‘inaman. Ular biladimi yoki yo‘q, aynan shu narsalar meni eng yaxshi jismoniy holatimga olib chiqqan.

Ortga nazar solar ekanman, tennis mening qahramonim bo‘lganini ko‘ryapman. Vodiylar va qir-adirlarda qoldirilgan izlarga yuqoridan qarash ajoyib edi. Biroq oradan 28 yil o‘tdi va 5 ta "Ulkan toj” sovrini, endi esa yangi cho‘qqilarni egallashga tayyorman.

G‘alabalarga chanqoqlik? U hech qayerga ketmaydi. Oldinda meni nimalar kutib turganidan qat’i nazar ularga diqqat-e’tibor xuddi avvalgidek mehnatsevarlik bilan yondashaman. O‘z yo‘limda olgan darslarimdan foydalanaman. Hozir esa bir nechta oddiy narsalarni kutyapman. Jumladan, oila bilan birga tinch, xotirjam bo‘lish hissini. Tonggi qahva ustida bemalol birgalikdagi o‘tirishlarni kutyapman. O‘zim tanlaydigan mashg‘ulotlarni kutyapman (salom, raqs!).

Tennis menga nimadan yaralganimni ko‘rsatdi. Shunday tarzda men o‘zimni va bo‘yimni o‘lchab ko‘rdim. Endi nima qilsam ham, mening yangi suyangan tog‘im nima bo‘lsa ham olg‘a borishda davom etaman. O‘sishda davom etaman.

Mariya Sharapova, sobiq tennischi.

Mariya Sharapova — 1987-yil 19-aprel sanasida Tyumen viloyatida tug‘ilgan. "Ulkan toj” turkumidagi 5 ta musobaqada g‘olib chiqqan. Dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi. WTA turkumidagida 39 ta musobaqada g‘alaba qozongan. 2012-yilgi London Olimpiadasining yakkalik bahslarida bronza medal sohibi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:557 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:55
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829