• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 27
Гостей: 27
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Noyabr » 8 » Televizorni ishxonangizga opketing
16:38
Televizorni ishxonangizga opketing

Shom vaqti. Endigina 5 yoshga to‘lgan Lola onasi bilan o‘ynagisi kelib qoldi. "Oyi, Oyijon, berkinmachoq o‘ynaylik. Men berkinaman siz topasiz, maylimi? Ona shosha-pisha ovqatga suvni soldi-yu, "Ey seni berkimachog‘ingdan boshqa dardim yo‘qmi? Nari tur, bor o‘yinchog‘ingni o‘yna!” dedi.

"Yolg‘iz o‘ynab zerikib ketdim unda menga dugona-mi, singilmi opkeb bering”, dedi Lola yalingancha.

"O‘zing 10 ta bolani o‘rnini bosasan, singilning nima keragi bor?Ko‘p gapirma, bor telefonimni ol, o‘yinini o‘yna. Ovozing o‘chsa bo‘lgani. Serialim o‘tib ketadi hozir, ovqatni tayyorlab olay ungacha”, deb baqirgancha, qizchani haydadi. Lola esa onasining telefonini o‘ynar ekan, qorni ochganini his qilib yana onasi atrofida aylandi. Serial ichiga kirib ketgan ona "Chidab tur” deb, jerkib tashladi. Qizaloq qorin g‘amida oshxona tomon yo‘l oldi. Bir burda nonni sindirib, onasining oldigacha yurib yeb keldi. Yerga tushgan non ushog‘idan onaning g‘azabi qaynab, bolasini koyigancha ushoqlarni yig‘a boshladi. Lolaning jajji qo‘llariga tarsaki tushirib, u ham yetmaganday bir burda nonini ham tortqilab oldi. Qizaloq yig‘lab-yig‘lab uxlab qoldi. Ota ishdan kech qaytib, qorni to‘qligini aytdi. Lolaning qayerdaligini so‘ragan otasiga "Tannoz qizingiz to‘polonni qilib-qilib, oxiri yig‘lab uxlab qoldi, so‘ngi paytlarda juda erkalatvoryapsiz-da dadajonisi, bir tergab qo‘ying”, deb shikoyat qildi ona. Birin-ketin 3 soat seriallarni tomosha qilgan ayol taomni muzlatgichga qo‘yishni ham unutdi. Bir qozon ovqatga qo‘l ham tegmay uvol bo‘ldi.Erta tong Lola uyg‘ongach ota qizini tartibga chaqira boshladi.

— Ona qizim kattalarning gapiga quloq soling, oyijoningizning jahlini chiqarmang, Bog‘chaga aqlli qiz bo‘lib borib keling, keyin jimgina o‘tiring, xo‘pmi?”

Shunda Lola norozi ohangda:

— Dadajon ketishingizda televizorni ishxonangizga olib keting, iltimos, men qornim och qolganda oyijonim ovqat berishini, qorong‘i bo‘lganda kaltak yemay, yig‘lamasdan oyijonimni bo‘ynidan quchoqlab olib, ertaklar eshitib uxlashni xohlayman. Oyijonimni televizordan qizg‘anaman. Kinolar oyijonimni mendan olib qo‘yapti, — dedi yig‘lamsirab. Bu gapdan so‘ng otaning ham, onaning ham yuragidan bir nima chirt etib uzilganday bo‘ldi. Ona beihtiyor ko‘ziga yosh oldi, qilgan xatosini tushunib yetdi. Ota ham bu oqshom ishdan erta qaytib, qiziga ertak aytib berishni va'da qildi. Bu kun Loladan xursand odam yo‘q edi. Bog‘chaga borib "Men endi har kuni ertak eshitib uxlayman” deb maqtanib qo‘ydi.

Bola quvonchi – olam quvonchi. Ammo, hozirgi kunda "Televizor” kasalligi sabab, ayrim ota-onalar farzand tarbiyasi bilan bir qatorda uning sog‘ligiga ham befarq qaramoqda. Ona oiladagi sog‘lom turmush tarziga rioya etmasligi oqibatida bolaning immuniteti tushib, kamqonlik, holsizlik, tez-tez shamollash kuzatilyapti. Bundan tashqari, murg‘akkina bola ona bilan birga serialga tomoshabin bo‘lib, ahloqsiz sahnalarning ham guvohi bo‘lmoqda. Yo‘qoridagi holat ko‘pchilik oilalarda kuzatilgan. Bekorga ketgan bu vaqtni farzandingiz bilan suhbatlashishga bag‘ishlang. Uning olam-olam orzulari, ulkan maqsadlari, ezgu niyatlari bor. Hozirdanoq kelajakda kim bo‘lmoqchiligini aytib beradi. Bolaga ham suhbatdosh kerak, axir. Kichkintoylarni qalb bilan eshiting.

Категория: Har-Hil | Просмотров:1088 | Добавил: Admin | Теги: Televizorni ishxonangizga opketing | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:26
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Noyabr 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930