• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 24 » Telegram’dagi millionlab foydalanuvchilarning ma’lumotlari joylashgan baza darknetda tarqalib ketdi
12:02
Telegram’dagi millionlab foydalanuvchilarning ma’lumotlari joylashgan baza darknetda tarqalib ketdi

Darknetdagi (yashirin tarmoq) forumlarning birida Telegram messenjeridagi millionlab foydalanuvchilarning telefon raqamlari va unikal identifikatorlar bazasi e’lon qilib yuborildi. Bu haqda "Kod Durova” nashri xabar berdi.

E’lon qilingan ma’lumotlar joylashgan fayl hajmi salkam 900 megabaytga teng. Bazadan necha kishining ma’lumotlari o‘rin olgani hozircha noma’lum, skrinshotlarda fayl ichida 40 milliondan ortiq qaydlar mavjudligini ko‘rish mumkin. Jurnalistlar niklar yordamida bazadan foydalanuvchilar, xususan, nashr xodimlarining raqamlarini topgan.

Telegram matbuot xizmati bazaning mavjudligini tasdiqlab, e’lon qilingan raqamlarning yarmidan ko‘pi faol emasligini bildirgan. Bazadagi 70 foiz akkaunt Erondagi foydalanuvchilarga tegishli bo‘lsa, 30 foizi — Rossiyadan.

Telegram’ning ma’lum qilishicha, ma’lumotlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtidagi raqamlarning ichki import funksiyasi orqali tarqalib ketgan. Kompaniya bunga qarshi 2019-yildan buyon kurashib keladi. Muammoni hal etish uchun kompaniya messenjerga "Kim meni telefon raqamim orqali kontaktlariga qo‘sha oladi?” funksiyasini joylagan — bu akkaunt va telefon raqam bog‘liqligi orasidagi aloqani yashirish imkonini beradi.

Avvalroq "Roskomnadzor” Telegram’ga qo‘yilgan taqiqni olib tashlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Telegram Rossiyada rasman 2018-yil 13-apreldan taqiqqa uchragan. Messenjerning bloklanishiga Telegram rahbariyatining Rossiya federal xavfsizlik xizmati vakillariga foydalanuvchilarning yozishmalari yuzasidan shifrlash kalitlarini taqdim qilmagani sabab bo‘lgandi. "Roskomnadzor” bir necha million IP-manzilni bloklagan, xususan, Amazon tarmog‘i ostidagi manzillar ham bloklashni aylanib o‘tish uchun vosita ekani ma’lum qilingandi. Ilovani bloklashga qilingan harakatlarga qaramay, Telegram Rossiya hududida aholi tomonidan barqaror ishlashda davom etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:445 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:55
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь