• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1890
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 163
Гостей: 163
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2016 » Noyabr » 25 » Telefon orqali taloq tushadimi?
06:51
Telefon orqali taloq tushadimi?

—      Agar er xotiniga jahl ustida telefon orqali «Uch taloqsan» desa, taloq tushadimi? Agar tushsa, unda eriga halol bo‘lish uchun nima qilish kerak?

 

Savolga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman bosh imom xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi Odilxon qori YUNUSXON o‘g‘li javob beradi.

 

— Hozirgi kunda telefon orqali, «SMS» orqali, ijtimoiy tarmoqlar orqali taloq qilsa, nima bo‘ladi, deganga o‘xshagan savollar juda ham ko‘payib ketdi. Va bu masala din peshvolarining ham muammolaridan biriga aylanib qoldi. Negaki, shu kabi savollar ko‘p o‘rtaga tashlanmoqda.

Avvalo bir lafzda «Uch taloqsan» deyish bid'iy taloq sirasiga kirishini eslatmoqchimiz. Ya'ni ayolini biryo‘la uch taloq qilgan odam harom ishni qilgan hisoblanadi. Binobarin, katta gunohga tushib qolgan bo‘ladi. Ammo, bu holatda uch taloq tushadi. To‘rttala mazhabda e'tiborga olingan qavl shundan iborat. Ahli ilmlardan ayrimlarigina bir lafzda uchtaloq qilsa, bir taloq tushadi degan fikrni ushlagandilar. Ammo, aksariyat birinchi aytilgan qavlga ko‘ra bir lafzda aytilgan uchtaloqni voqye' bo‘lishini ta'kidlaydilar. Zero, yuqorida aytilganidek, to‘rttala fiqhiy mazhab, jumladan, hanafiy mazhabidagi hukm ham shundan iborat. Endi g‘azab masalasiga kelsak, agar g‘azab inson aqlini butkul yo‘qotadigan darajada kuchli bo‘lsa, u holda taloq tushmaydi.

Taloq telefonda aytilsa ham tushadi. Bu er bilan xotin o‘rtasidagi narsa. Faqat erining tovushiga o‘xshagan tovushda yoxud qaysidir elektron dasturlar orqali boshqa birov erining tovushiga tovushini o‘xshatib taloq so‘zini aytsa va bu isbotini topsa, unda tushmaydi. Chunki begona erkak birovning ayolini taloq qilolmaydi.

Bordiyu taloq «SMS» orqali qilingan bo‘lsa, ya'ni, telefonda qisqa xat yozib taloq qilinsa, unda ham taloq tushadi. Faqat ba'zi ulamolar va qozilar buning uchun ayrim shartlarni qo‘yganlar. Jumladan, «SMS»ni eri yozganligi isbotlanishi. Chunki boshqa birov erning telefonidan yozib yuborsa, taloq tushmaydi. Voqyelik shuni ko‘rsatadiki, birov birovning telefonini vaqtinchaga olib, shunday ishni qilishi ehtimoldan xoli emas. Yana ayol kishi o‘sha «SMS»ni qabul qilib olgan bo‘lishi kerak. Mabodo tizimdagi nosozlik tufayli yoxud boshqa sabab bilan yozilgan «SMS» ayolga yetib kelmasa, unda qazoan taloq tushmaydi. (Ammo, bu holat eri og‘zaki ravishda uni taloq qilguncha davom etadi xolos. Ya'ni, yozilgan «SMS» yetib kelmasa ham eri buni ta'kidlash uchun og‘zaki ravishda ham taloq qilsa, taloq tushadi). Shuningdek, ayolga taloq haqida «SMS» yetib kelsa-yu, eri qattiq turib buni men yozmaganman deya inkor qilsa va o‘zi yozganligi ikkita adolatli guvohlar bilan isbotini topmasa, unda ham erning so‘ziga quloq solinadi va qazoan taloq tushmaydi. Ammo «SMS»ni rostan ham er yozgan bo‘lib, qilgan ishidan tonsa, unda gunohkor bo‘laveradi. Lekin ayoldan gunoh soqit bo‘ladi va dunyoviy qonunlarga ko‘ra er-xotin maqomida yashaydilar.

Agar uchtaloq tushsa, bu holatda toki ayol boshqa birovga turmushga chiqib, u bilan yashab, keyin ajralib boshi ochiq bo‘lmaguncha avvalgi eriga nikohlanishi mumkin emas. Lekin uchtaloq tushganmi, tushmaganmi, er bu so‘zlarni g‘azabning qay darajasida aytgan va hokazo kabi masalalar bevosita shu ishga mutasaddi bo‘lgan tashkilotlar orqali hal qilinadi. Bizda bu masala O‘zbekiston musulmonlari idorasiga murojaat qilish orqali hal qilinadi. Shuning uchun mazkur tashkilotga murojaat qilish lozim.





Категория: Har-Hil | Просмотров:2563 | Добавил: Admin | Теги: Телефон орқали талоқ тушадими? | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:41
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь