• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Yanvar » 9 » Tarixni o‘zgartirgan 8 arxeologik topilma
14:03
Tarixni o‘zgartirgan 8 arxeologik topilma

Bugungi kunga qadar tarixchi olimlar va arxeologlar tomonidan tarixning turli davrlarini chuqur o‘rganish uchun ko‘plab izlanishlar qilingan. Quyida ana shu izlanishlar natijasidagi topilmalardan eng muhimlarini sanab o‘tamiz.
O‘lik dengiz qog‘ozlari
O‘lik dengizning shimoliy-g‘arbiy sohillariga yaqin bir nechta hududda qadimiy manuskriptlarning butun to‘plami topilgan. 

Olimlarning aniqlashicha, mazkur qadimiy yozuv aks etgan qog‘oz o‘rami Yer yuzidagi eng qadimiy hisoblangan manuskriptdan ham 1000 yil ilgari yaratilgan. Mazkur muhim topilma tufayli biz qadim zamonlarda insonlarning hayoti qay tarzda kechgani haqida ma'lumotga ega bo‘lamiz.
Behiston yozuvi
Mazkur yozuv 1598 yilda ingliz olimi Robert Sherli tomonidan, uning Fors ko‘rfaziga tashrifi chog‘ida aniqlangan. Mazkur yozuv o‘zida bir nechta tillardagi matnni aks ettiradi. U Buyuk Doriy farmoniga muvofiq qayd etilgan. Mazkur yozuvlar 523-521 yillar voqyealarini aks ettiradi. Mazkur yozuvlarga ko‘ra, arxeologlar Mesopotamiya, Shumer va Akkada kabi davlatlar tarixini aniq o‘rganishga muvaffaq bo‘lgan.
Olduvoy darasi
Mazkur dara bir necha tarixiy davrlarga oid topilmalar hududi hisoblanadi.
Olduvoy nemis Entemologi Vilgelm Kattvinkel tomonidan 1911 yilda aniqlangan. Tarixchi olim kapalak ortidan quvib mazkur daraga kelib qoladi. U yerda qadimiy odamlarning 3 ta turli turi topilgan. Masalan, avstralopitek odam, sezgir odam va to‘g‘ri yuradigan odam, uch panjali otlar ya'ni gipparionlarning qoldiqlari shular jumlasidan.
Angkor-Vat ibodatxonasi
Ulkan toshli inshootlar haqida 1601 yildagi qaydlarda ma'lumotlar paydo bo‘lgan. 

O‘shanda ispaniyalik Marselo Ribandeyro Kambodjadagi garoyib Angkor-Vat ibodatxonasiga duch keladi. Biroq u ibodatxona qachon paydo bo‘lgani bilan bog‘liq ma'lumotlarni aniqlay olmaydi. Shuning uchun ham bu ulkan toshli inshoot haqida 200 yildan oshiqroq vaqt mobaynida hech qanday ma'lumot berilmagan. 

Angkor-Vat  ibodatxonasi (ibodatxona-shahar) — dunyodagi eng yirik ibodatxona. U o‘zida 5 ta minorani birlashtitruvchi uch qavatli murakkab konstruksiyani, ko‘plab zina va o‘tish joylarini mujassamlashtirgan.

Ibodatxonani bejizga kxmer xalqining ruhi deb atashmaydi, axir Angkorni bemalol buyuk sivilizatsiyaning yuragi deyish mumkin.
Troya
Gomer va Vergiliyning poemalaridan bizga yaxshi tanish bo‘lgan qadimiy shahar Ilion 1870 yillarda nemis arxeologi Genrix Shliman tomonidan aniqlangan. Tarixiy tekshiruvlardan so‘ng shahar tarixi bir necha davrlarga bo‘lingan. Troi I dan  Troi Ixgacha bo‘lgan davrlar shular jumlasidan. Gomer asarlarida qayd etilgan Troya Troya VI bo‘lib, u eramizdan oldingi 1900–1300 yilarga oid.
Pompey
Rim davlati mustamlakasi bo‘lguniga qadar bu shahar gullab-yashnayotgan port va kurort bo‘lgan. Bu haqda shahar hududidan topilgan ko‘p sonli qasrlar, ibodatxonalar teatr va xammomlar qoldiqlari ma'lumot beradi.

Pompeyda amfiteatr va forum ham bo‘lgan. Bu yerda 20000 nafarga yaqin kishi istiqomat qilagn. 

Eramizning 79 –yillarida shaharning kuli ko‘kka sovurilgan.

Pompey shahri 1599 yilda Domeniko Fontano tomnidan aniqlangan bo‘lib, uni o‘rganish ishlari esa faqatgina 1748 yilga kelib olib borilgan.

Pompeyni tadqiq qilish arxeologlarga rimliklar hayotini yaxshiroq o‘rganish imkonini berdi. Pompey topilmalari san'atda yangi uslub va yo‘nalishlar yaralishiga asos bo‘ldi.
Lasko g‘ori
Lasko g‘ori 1940 yilning 12 sentyabrida to‘rt nafar o‘smir tomonidan aniqlangan.

CHo‘qqi ichkarisida insonlar va hayvonlar hamda turli mavhum ramzlar aks ettirilgan 2000 dan ortiq suratlar mavjud. Hayvonlar suratlari orasida bug‘u, mushuk, qushlar, karkidon va ayiqlarning tasvirlari ham bor. Tadqiqotchilarning fikrigsha ko‘ra,Lasko g‘orida odamlar yashamagan, ular bu yerga rasm chizish uchun tez-tez kelib turgan.
Rozetta toshi
Granodioritdan yasalgan mazkur tosh 1799 yilda Misrdan topilgan. Taxminlarga ko‘ra, u eramizdan oldingi 196-yillarga tegishli. 

Toshga qirol Ptolemey Vga minnatdorlik maktubi qadimiy misr iyerogliflari yordamida qadimiy yunon tilida o‘yib yozilgan.

Rozetta toshi dastlab ibodatxonaga qo‘yib qo‘yilgan edi, keyinroq esa Rozetta qishlog‘ida joylashgan qal'ani qurish uchun ishlatilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:2234 | Добавил: Admin | Теги: Tarixni o‘zgartirgan 8 arxeologik t | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:03
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031