• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 11 » Tailand koronavirus sababli O‘zbekiston fuqarolari uchun viza berishni to‘xtatdi
20:38
Tailand koronavirus sababli O‘zbekiston fuqarolari uchun viza berishni to‘xtatdi

Tailand hukumati koronavirusning keng tarqalishi sababli 11-mart, chorshanba kuni, O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish vizasini berishni to‘xtatdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Tailand hukumati O‘zbekistondan tashqari yana 17 mamlakat fuqarolari uchun ham kirish vizalarini berishni to‘xtatgan. Ular qatoridan Bolgariya, Butan, Efiopiya, Fiji, Gruziya, Kipr, Malta, Meksika, Nauru, Papua Yangi Gvineya, Rossiya, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Vanuatu, Xitoy hamda Qozog‘iston o‘rin olgan.

Ta’kidlanishicha, ro‘yxatdagi mamlakatlar orasidan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Efiopiya, Fiji, Nauru, Papua Yangi Gvineya, Vanuatuda koronavirus holati qayd etilmagan. Viza berishga qo‘yilgan cheklovlar qancha vaqt davom etishi ma’lum qilinmagan.

Cheklov joriy etilgunga qadar ushbu mamlakatlar va hududlarning fuqarolari pasportlari yoki yo‘l hujjatlari bilan Tailanddagi immigratsiya punktlariga yetib borganida, viza olish uchun murojaat qilishi mumkin edi.

Tailand ichki ishlar vaziri tomonidan ma’lum qilinishicha, Janubiy Koreya, Italiya, Gonkong fuqarolari uchun barcha turdagi vizalar bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tarqalgan 14 davlatdan kelgan fuqarolarni karantinga olish haqida qaror qabul qilingan. Mazkur qarorga ko‘ra, O‘zbekistonga Tailanddan kelgan fuqarolar, xususan, ekipaj a’zolari, lokomotiv brigadalari, temiryo‘l transporti faoliyati bilan bog‘liq shaxslar va xalqaro avtoulovlarda yuk tashish bilan shug‘ullanadigan haydovchilar yashash joylaridagi davolash-profilaktika muassasalari shifokorlari tomonidan 14 kun mobaynida tibbiy kuzatuvga olinadi. Ularga aholi ommaviy to‘planadigan joylarga bormaslik, odamlar bilan muloqotni mumkin qadar kamaytirish tavsiya qilinadi.

Avvalroq O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov mamlakatda koronavirus bo‘yicha o‘tkazilgan 1760 ta laboratoriya tahlilining birortasida ham virus aniqlanmaganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, vazir O‘zbekistonga koronavirus kirib kelmaganini ta’kidlagan hamda u kirib kelgan taqdirda, uni yashirish imkonsiz ekanligini aytgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:529 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:15
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031