• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 2 » Tachmurod Agamurodov: Zaxiradan tushayotgan futbolchilar o‘yinni kuchaytira olmayapti. Ular jamoani kuchsizlantirmoqda
10:09
Tachmurod Agamurodov: Zaxiradan tushayotgan futbolchilar o‘yinni kuchaytira olmayapti. Ular jamoani kuchsizlantirmoqda

Coca-Cola Superliga 7-turi doirasida kechgan "Lokomotiv” — "Qizilqum” uchrashuvidan (3:0) so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Dastlab mehmonlar ustozi Tachmurod Agamurodov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Umuman olganda o‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Birinchi bo‘limda raqibga ustunlikka erishishi uchun imkoniyat bermadik. Afsuski, tarkib borasida bizda muammolar bor. Zaxiradan tushayotgan futbolchilar o‘yinni kuchaytira olishmayapti, aksincha, jamoani kuchsizlantirmoqda. Bahsning yakunida bo‘lgan vaziyatlarni inobatga olmasak, o‘yin durangga mos edi. Hechqisi yo‘q, ishlashda davom etamiz. "Lokomotiv”ni esa g‘alaba bilan tabriklayman.

Bizga sifatli futbolchilar yetishmayapti. Qo‘l ostimizdagi futbolchilarni ishlatyapmiz. Shu boisdan uzoqqa bora olmayapmiz. Chunki boshdan baland sakrab bo‘lmaydi. Natijalarga erishish uchun shunga yarasha futbolchilar kerak.

Jamoa to‘rtta o‘yindan buyon gol ura olmayapti? Qanday qilib gol ura olamiz? Ruxsatdan keyin atigi 7-8 kun mashg‘ulotlarda qatnashdik. Menimcha bunday holat deyarli barcha klublarda bo‘ldi. Ammo mening futbolchilarim jismoniy va funksional jihatdan yetarlicha tayyorgarlikka erisha olmadi. Shuningdek, futbolchilarga sovuqqonlik va mahorat ham yetishmayapti. Bu yerda biror futbolchini gapirib, uyaltirmoqchi emasman.

Avgust oyida jamoada katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Kamida 7-8 futbolchi bilan xayrlashamiz. Ularning o‘rniga sifatli futbolchilar olamiz. Hozirgi yomon holatdan chiqib olish uchun bizga kuchli tayyorgarlikka ega futbolchilar talab qilinadi”, — deya Agamurodovning so‘zlarini keltirmoqda "Championat.asia”.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov qatnashdi.

"Ketma-ket uch marta mag‘lub bo‘lganimizdan keyin haftalik sikl ishlab chiqdik. Mashg‘ulotlar davomida jamoaning o‘yini kuchayganligi ham sezilayotgandi. Futbolchilarning ham jismoniy tomonlama, ham kayfiyati yaxshilandi. Umuman olganda ko‘plab faktorlar ijobiy tomonga o‘zgardi. Bizga faqatgina gollar bosim berishi mumkin edi. O‘sha yutqazgan o‘yinlarimizda urilmagan vaziyatlarni qo‘rquv bilan emas, balki, futbolchilarning o‘zlariga bo‘layotgan ishonchsizligiga bog‘lasam bo‘ladi. Balki bugun ham ayrim vaziyatlarda shunday holatlar yuzaga kelgandir. Futbolchilarga raqib jarima maydonchasi ichida maksimum ishlash kerakligini aytgandim. Birinchi bo‘limda ham shogirdlarim bir necha vaziyatlarni golga aylantira olmagan paytda menda yana o‘sha hissiyotlar paydo bo‘la boshlagandi.

Goldan keyin esa biroz xotirjam o‘ynashni boshladik, yelkadan tog‘ ag‘darilgandek bo‘ldi. Mag‘lubiyatlar futbolchilarning harakatlariga, ayniqsa, to‘p bilan harakat qilishda biroz ishonch baxsh qildi. Jamoa himoyada tartibli harakat qildi. Shu sababli bugungi natijani adolatli deb ayta olaman. O‘tgan o‘yinlardan keyin qo‘lni ko‘tarib taslim bo‘lmasdan, ishlashda davom etib, jangda g‘alabaga erishgani uchun futbolchilarga rahmat aytib qolaman.

Avazbek O‘lmasaliyev bugun u yaxshi o‘ynadi. Menimcha u bugungidan ham yaxshi o‘ynay oladi, ayniqsa, taktik tomonlama tartibli harakat qilmoqda. U bilan bu borada hali gaplashib olamiz. Avaz talab qilingan o‘yinni bizga ko‘rsata oldi deya olaman. Marat Bikmayev navbatdagi o‘yinga tayyor bo‘lishi kerak”, — deydi Fyodorov.

"Lokomotiv” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 9 taga yetkazib oldi va 8-o‘ringa ko‘tarildi. "Qizilqum” (1) esa so‘nggi pog‘onada bormoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:452 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:35
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031