• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Avgust » 16 » Surxondaryoga Afg‘oniston harbiy samolyoti qulab tushgani ma’lum qilindi
15:07
Surxondaryoga Afg‘oniston harbiy samolyoti qulab tushgani ma’lum qilindi

Afg‘oniston Harbiy havo kuchlarining belgisiga ega samolyot 15-avgust kuni kechqurun Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida qulab tushdi. Ijtimoiy tarmoqlarda qulagan samolyot qismlari va kamida bir inson jarohatlangani aks etgan video va fotolar tarqaldi.

Mudofaa vazirligi holatni o‘rganayotganini ma’lum qildi, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan esa izoh olishning imkoni bo‘lmagan. Nashrning Surxondaryodagi manbasi ikki nafar afg‘onistonlik harbiy xizmatchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz filialiga yotqizilganini tasdiqlagan.

Qayd etilishicha, bu voqeadan bir kun oldin kasalxonaga boshqa uch afg‘on askari ham yotqizilgan. Katta ehtimol bilan, gap O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o‘z bayonotida ma’lum qilgan uch yarador afg‘on askari haqida ketmoqda. Besh nafar afg‘onistonlikning ahvoli o‘rtacha deb baholanmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, yaradorlar "ko‘krak qafasining penetral jarohati”, "miya chayqalishi” va boshqa tashxislar bilan tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotda bo‘lganlar parashyut bilan sakrashga ulgurgan.

Shuningdek, yana bir o‘zbekistonlik harbiy xizmatchining kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berilmoqda. Uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Bu afg‘on samolyot bilan qulashi bog‘liqmi yoki yo‘qmi, ma’lum emas.

Surxondaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi vakili "Daryo” muxbiri bilan suhbatda Sherobodga Afg‘oniston samolyoti qulaganini qisman tasdiqladi. "Ko‘zim bilan ko‘rganim yo‘q, ammo samolyot bor deyishdi”, — deydi boshqarma vakili.

"Toshkentdan yetib kelgan 25 nafar ekspert samolyot qulashi bilan bog‘liq hodisa tafsilotlariga aniqlik kiritadi. Shundan keyin samolyot qanday qulagani bo‘yicha ma’lumot bera olamiz”, — dedi Surxondaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi vakili 

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz aholisi 15-avgust kuni portlashni eshitgani haqida ham xabarlar tarqaldi, ammo bu ma’lumot tasdiqlanmadi. Bundan avval Termiz osmonida O‘zbekistonning o‘nlab harbiy vertolyotlari tinimsiz uchib havo sarhadlarini qo‘riqlayotgani, shuningdek, BTRlar kolonnasi harakatlanib ketayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Videolar Termizdagi Afg‘oniston bilan chegara hududda yashovchi fuqarolar tomonidan olingan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:488 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:32
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Avgust 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031