• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Dekabr » 17 » Sun'iy urug‘lantirishdan tabiiy homiladorlikkacha. 9 savolga 9 javob
16:16
Sun'iy urug‘lantirishdan tabiiy homiladorlikkacha. 9 savolga 9 javob

Tibbiyot sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar farzandsiz oilalarga ko‘mak berishga ham xizmat qilmoqda. Bu borada tahririyatimizga ko‘plab murojaatlar bo‘ladi. Bugun sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishga harakat qilamiz.

Mutaxassisimiz — O‘zbekiston shifokorlari assotsiatsiyasi prezidiumi a'zosi, oliy toifali akusher-ginekolog Shahnoza BAHODIROVA.

 

«Muolaja qildirsam ham, homilador bo‘lolmayapman... Nega?»

Aksariyat kishilar inseminatsiya jarayonida, erkak urug‘i ayol bachadoniga maxsus yumshoq katetor yordamida yuborilgach, homiladorlik yuzaga keladi, deb o‘ylashadi. Bu noto‘g‘ri! Homila paydo bo‘lishi uchun, avvalo, ayol tuxum hujayrasi yetilishi kerak. Mazkur jarayon bosh miya tomonidan tartibga solinadigan gormonlar hisobiga amalga oshadi. Gormonning ko‘p yoki kamligi tuxum hujayrasining yetilmasligi, ovulyatsiya yuzaga kelmasligi yoki ovulyatsiyaga da'vat etuvchi omilning umuman bo‘lmasligiga ham olib kelishi mumkin. Tuxum hujayrasining yetilmasligini hayz davrining 9 kunidan 14 kunigacha o‘tkaziladigan follekulomeriya tekshiruvida aniqlanadi. Shundan kelib chiqib, ayolda ovulyatsiya bor-yo‘qligini bilish mumkin. Ko‘rib turganingizdek, insenminatsiya jarayoning o‘zi homila yuzaga kelishi uchun kifoya emas. Buning uchun ayolda ovulyatsiya jarayoni normal bo‘lishi, bachadon naylari o‘tkazuvchan va erkak urug‘i faol sifatli bo‘lishi lozim.

 

Qay hollarda qo‘llaniladi?

Me'yorda har bir ayol organizmi nasl qoldirish xususiyatiga ega. Ammo ayrim sabablarga ko‘ra mazkur jarayon kechikishi mumkin. Agar oiladagi farzandsizlik erkak urug‘ining bachadon bo‘yinchasi shillig‘idan o‘tolmasligi bilan izohlansa, inseminatsiya usuliga murojaat qilish mumkin. Bunda urug‘ maxsus yumshoq katetor yordamida bachadon shilliq qavatidan o‘tkazilib, bachadon ichiga yuboriladi. Shifokor yordami shu bilan kifoyalanadi. Zero, urug‘ning keyingi harakati, ya'ni bachadon nayiga o‘tishi va nay ichida yetilgan tuxum bilan urug‘lanishi tabiiy jarayonda sodir bo‘lishi lozim. Shundagina homila yuzaga keladi.

Ayol bachadon tuzilishida ma'lum bir anomaliyalar bo‘lsa, jarrohlik aralashuvi, tug‘ruqdan keyingi deformatsiyalar natijasida bachadon bo‘yinchasi qisqarishi sodir bo‘lsa ham, inseminatsiya usuli qo‘llanilishi mumkin. Maxsus moslamalar yordamida bachadon bo‘yni ochilib, yumshoq katetor orqali tayyor urug‘ kiritiladi.

 

Ayb erkakda bo‘lsa-chi?

Befarzdlikning erkak salomatligi bilan bog‘liqligi ko‘p hollarda sperma urug‘ ko‘rsatkichining 40 foizdan past bo‘lishi, tepki, surunkali infeksion xastaliklar bilan og‘riganlik, tug‘ma nuqsonlar, moyaklar rivojlanmay qolganligi bilan tasniflanadi.  Erkakning nasl qoldirish xususiyatini aniqlash uchun zarur tekshiruvlar o‘tkazilib, sperma tahlili bajariladi. Agar farzandsizlik sababi erkak salomatligiga daxldor bo‘lsa, zarur muolajalar buyuriladi. Inseminatsiya amaliyotida esa erkak urug‘i faol  va yetarli miqdorda bo‘lishi lozim. Xuddi ayol singari erkak ham muolajaga tayyorlanishi, o‘zidagi barcha surunkali kasalliklar, prostatit, epididimit, shamollash va uning asoratlari bilan kurashishi kerak. Bordi-yu erkak sog‘ligida muammo borligi aniqlansa, uch bosqichli davolanish tugagachgina, inseminatsiya bajariladi.

Mazkur jarayon erkak sperma tahlili urug‘ faolligi 1-2 foizni ko‘rsatganida samarasiz hisoblanadi. Chunki bitta tuxum hujayrani urug‘lantirish uchun 300 million urug‘ kerak. Demakki, erkak urug‘ miqdori ko‘p va faol harakatchan bo‘lmasa, inseminatsiya o‘tkazilishi befoyda. Bu holatda shifokor tomonidan keyingi muolaja usullari tavsiya etiladi.

 

Amaliyotga qanday tayyorgarlik ko‘riladi?

Inseminatsiya ayolning ovulyatsiya kuniga moslanadi. Ovulyatsiya bor-yo‘qligini aniqlash uchun gormonal testlar, UTT tekshiruvi, ayrim hollarda hayz siklining 14-kuni peshob suyuqligi tarkibini o‘rganish orqali bajariladigan test sinalmalari ham o‘tkaziladi. Jarayon 3 bosqichda bajarilib, erkak urug‘i laboratoriya sharoitida tozalanib, maxsus preparatar yordamida boyitiladi, so‘ngra amaliyotga tadbiq qilinadi. Ayrim shifokorlar urug‘ olingach, shu ondayoq ayol bachadoniga yuborishadi. Bu noto‘g‘ri! Zero tozalanmagan urug‘ tarkibida leykotsitlar, shamollash tanachalari va bakteriyalar bo‘lsa, o‘z-o‘zidan ular ayol organizmiga o‘tadi. Sog‘lom ayolda noto‘g‘ri bajarilgan amaliyot surunkali bachadon ichki qatlamasi, mushakli qismi, tuxumdonlar yallig‘lanishi kabi xastaliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Urug‘ tarkibidagi bakteriyalar qonga singib, 40 daqiqa ichida turli bezovtaliklarga sabab bo‘ladi. Qayd qilish, ko‘ngil aynishi, hattoki, hushdan ketish holatlari shular jumlasidandir.

 

MUOLAJA SHU KUNI O‘TKAZILADIMI?

Zarur tekshiruvlardan so‘ng juftlik inseminatsiya uchun tayyor deb topilsa, erkak urug‘ namunasini topshiradi. So‘ng 40 daqiqa davomida urug‘ tekshiruvi o‘tkazilib, tozalanadi. Yana 40 daqiqa davomida ozuqa moddalar bilan boyitilib, sifati yaxshilangach, jarayonga tayyor sanaladi. Muolaja vaqti ayol UTT tekshiruvidan o‘tkazilib, ovulyatsiya holati baholanadi. Shunga ko‘ra tayyor holga keltirilgan urug‘ bachadonga yuboriladi.

 

«Yoshim o‘tib qolmadimi?»

Inseminatsiya uchun murojaat qilgan juftliklar 35 yoshdan oshgan bo‘lishsa, amaliyotdan avval genetik mutaxassis xulosasi talab qilinadi. Ayol va erkak ilgari qanday kasalliklar bilan og‘rigani, oilasida irsiy xastaliklar ehtimoli, mehnat turi o‘rganiladi. Hozirda ayollar uchun farzand ko‘rishni aniqlashda tuxum zahirasini tekshirish usuli mavjud. Bunda ayoldan qon tahlili olinib, aynan tuxum zaxirasi holatini ko‘rsatuvchi gormonlar tahlili o‘tkaziladi. Ba'zi ayollarda mazkur zaxira 42 yoshgacha ham saqlanib qolsa, ayrimlarda 32-35 yoshlardayoq tugaydi. Tekshiruv xulosasiga ko‘ra tuxum zahirasining foizi pasaygan bo‘lsa, bola ko‘rish uchun davomli muolajalar kor qilmaydi. Erkaklarda esa nasl qoldirish xususiyati 45 yoshdan so‘ng sustlashishi mumkin.

 

Bir martasi natija bermasa, takrorlash mumkinmi?

Ma'lum  adabiyotlarda inseminatsiya amaliyoti 8 martagacha takroran o‘tkazilishi mumkin deyiladi. Agar ovulyatsiya mavjud bo‘lib, erkak urug‘i sifatli va bachadon nayi ochiq bo‘lsa-yu, muolaja natijasiz kechsa, inseminatsiya davom ettirilmay, boshqa usullar tavsiya etiladi. Agar ayol organizmida o‘zgarishlar kuzatilib, yallig‘lanish yuzaga kelsa yoki ovulyatsiya sodir bo‘lmasa, inseminatsiyaning takroran bajarilishi keyingi oylarga qoldirilishi ham mumkin.

 

«Farzand jinsini rejalashtira olamizmi?»

Muolaja avvalo homiladorlik yuzaga kelishi uchun o‘tkaziladi, farzand jinsini rejalashtirish uchun emas. Inseminatsiya jarayonida homila jinsini rejalashtirish imkoni yo‘q.

 

Kriptorxizm bezovta qilsa-chi?

Kasallik necha yoshda yuzaga kelgani va qanday muolaja qilinganiga ko‘ra nasl qoldirish xususiyatini baholash mumkin. Erkak spermogramma tahlili o‘tkazilib, urug‘ hajmi, holati va miqdori o‘rginaladi. Urug‘ tahlilida bitta ham faol urug‘ aniqlanmasa, tushkunlikka tushish yaramaydi. Yana bir tekshiruv usuli sifatida biopsiya bajariladi. Agar tuxum ichida sirtga chiqolmagan spermatazoid xujayralari, ularning rivojlanishi aniqlansa, farzand ko‘rish ehtimoli mavjud bo‘ladi.  
Категория: Maslahatlar | Просмотров:6772 | Добавил: Admin | Теги: Сунъий уруғлантиришдан табиий ҳомил | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:16
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031