• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 26 » Straus House mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha birinchi sud majlisi 27-fevral kuni bo‘lib o‘tadi
20:30
Straus House mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha birinchi sud majlisi 27-fevral kuni bo‘lib o‘tadi

Straus House MChJ ta’sischisi Ibrohim Isroilov va kompaniyaning boshqa mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki sud majlisi 27-fevral, payshanba kuni, soat 10:30 da jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi binosida boshlanadi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sudlanuvchilar — Straus House MChJ ta’sischisi Ibrohim Isroilov, kompaniya direktori A.Mahmudaliyev, direktor o‘rinbosari D.Qutpiddinov va bosh hisobchi O.Saidovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni bo‘lib o‘tadi.

Oliy sud matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi sudyasi O.Ilhomjonov raisligida ko‘rib chiqiladi.

Xabar berilishicha, sudlanuvchi Ibrohim Isroilov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismining "b” bandi, 4-qismining "a”, "v” bandlari, 184-moddasi (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) 3-qismi, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismining "a” bandi va 238-moddasi (yolg‘on guvohlik berish) 3-qismining "a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Sudlanuvchilar A.Mahmudaliyev, D.Qutpiddinov va O.Saidovga nisbatan ham Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilingan va ularga nisbatan garov ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu jinoyat ishi bo‘yicha 300 dan ortiq jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogar mavjud.

Ayblov xulosasi bo‘yicha moddiy zarar miqdori 7,9 milliard so‘mdan ortiq (7 906 800 200 so‘m) bo‘lib, shundan dastlabki tergov mobaynida 1,8 milliard so‘mdan ortiq (1 845 800 000 so‘m) miqdorini qaytarish chorasi ko‘rilgan.

Ta’kidlanishicha, dastlabki tergovda xatlangan Lacetti, Spark va Malibu rusumli avtomashinalar baholangan hamda Yunusobod tumani Kulolqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan xonadonga taqiq qo‘yilgan.

Ta’kidlanishicha, jabrlanuvchilar ko‘pligi va turli hududlardan bo‘lgani sababli ularning sud majlislarida ishtirok etishi yashash joylaridagi sudlar binolarida o‘rnatilgan videokonferensaloqa tizimi orqali ta’minlanadi.

Avvalroq Straus House jabrlanuvchilari tergov tugaganiga qaramay, sud boshlanmayotganidan norozi bo‘lib, hukumatdan yordam so‘rab Vazirlar Mahkamasi oldida to‘plangan edi. Ungacha, Ichki ishlar vazirligi Straus House’dan jabrlanganlarni hududlardagi tergov bo‘limlariga murojaat qilishga chaqirgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:561 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:59
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829