• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 20
Гостей: 20
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2019 » Mart » 21 » Steroidlarning zarari haqidagi gap-so‘zlar rostmi
16:58
Steroidlarning zarari haqidagi gap-so‘zlar rostmi

Maqola boshida men sportda ma’lum natijalarga erishish uchun farmatsevtik preparatlardan foydalanishga tarafdor ham, qoralovchi ham emasligimni aytib qo‘ymoqchiman. Bundan tashqari, quyida keltirilgan material farmatsevtik preparatlarning antipropagandasi hisoblanmaydi. O‘rin bosuvchi gormonal preparatlarning kasalliklarni davolash uchun tibbiy maqsadlarda qo‘llanilishiga qarshiligim yo‘q.

Qaror qabul qilish har bir kishining o‘z qo‘lida. Har kimning tahlil qilish uchun o‘z miyasi bor. Tahlil qilish uchun esa bu mavzudagi faktlarni keltirib o‘tmoqchiman. "Boshqalar alkogol ichib, sigaret chekib, narkotiklar qabul qilyapti. Men sog‘lig‘im uchun, ko‘rkam bo‘lish uchun bularni qabul qilyapman-ku”, — deyish nodonlikdir. Maqola davomida buni ilmiy jihatdan isbotlab beraman.

Anabolik steroidlar o‘smirlar orasida ham keng qo‘llanilayotgani meni tashvishga solayotgan holatdir. Ular tez ta’sir ko‘rsatadi, chiroyli qomatga ega bo‘lasiz. Lekin bu formani keyinchalik litrlab ko‘z yoshlari bilan yuvishga to‘g‘ri keladi. Bu haqda uni qo‘llab ko‘rganlar kamdan-kam gapiradi. Chunki o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatoni tan olishni xohlashmaydi. Steroidlar foydali va organizm uchun kerak. Ayniqsa gormonal tizim endi shakllanayotgan o‘smirlar uchun. Steroidlar vitaminlar kabu narsa, ularning ziyoni yo‘q deb jar solish mumkin. Lekin androgenlar va anaboliklarning o‘limga olib kelishi haqida gapirishning hojati yo‘q. Zarari bor, lekin o‘limga olib kelmaydi.

Gipotalamus–gipofiz–moyaklar o‘rtasida bog‘langan tizim mavjud. Barcha gormonlar sintezi qaytar mexanizm asosida boshqarilib turadi. Gipatalamusdan gonodotropin relizing gormonlari (GnRG) orqali gipofizning oldingi bo‘lagida lyuteinlovchi gormon (LG) va follikula stimullovchi gormonlar (FSG) sintezlanishini boshqarib turadi. Ular esa, o‘z navbatida, testesteron sintezi va spermatozoidlar shakllanishini nazorat qiladi. Testesteron qaytar mexanizm tufayli LG, FSG va gipotalamusdan ajraladigan gonodotropin relizing gormonlarining sintezini ingibirlaydi, ya‘ni to‘xtatadi.

Agar organizm o‘smir 16 yoshda bo‘lsa va bu sistema endi shakllanayotgan bo‘lsachi? Tasavvur qilamiz, biz organizmga testesteronning analoglarini kiritdik va ular LG va FSG’larning tabiiy ajralib chiqishini to‘xtatadi. Sodda qilib aytganda, biz organizm o‘zi ishlab chiqarishi kerak bo‘lgan gormonlarni tashqaridan kiritib, organizmni dangasa qilib qo‘yamiz. Demak, qanchadir vaqt o‘tgandan so‘ng bu bez, a’zoning organizmga keragi bo‘lmay qoladi. Chunki unga kerakli gormon tashqaridan kirib turibdi. Endu bu organlar yoki bezlar kerakli o‘lchamlargacha kattalashmaydi va atrofiyaga uchrab ketadi va bu yigit butun umr shu gormonlarni qabul qilishga mahkum bo‘lib qoladi. Yana bir muammo — har qanday steroid gormonlar o‘sish zonasini bekitadi. Steroid gormonlarni asossiz qabul qilgan yigitlarda nafaqat bo‘y, balki jinsiy olat ham o‘sishdan to‘xtaydi.

Yana bir gap: o‘sish uchun o‘zboshimchalik bilan gormonlarni qo‘llamang. Bu avvalambor xavfli va mantiqsiz. Testesteron qabul qiladigan erkaklarda prostata bezi o‘smasi xavfi ortishi isbotlangan. O‘smirligidan boshlab ularni qabul qilayotganlarda esa bu ko‘rsatkich bir necha barobar ko‘tarilib ketadi.

Endi ko‘p gapirilmaydigan miyaning shakllanishi haqida gaplashamiz. U butun umr davomida shakllanib boradi. Bizni esa miya po‘stligining perefrontal qismi shakllanishining tugash vaqti qiziqtiradi. Oxirgi ma‘lumotlarga ko‘ra, u 24–25 yoshgacha shakllanib bo‘ladi.



Bu bo‘lak diqqat, mulohaza qilish, o‘zini tutish, emotsiyalar, tanqidiy fikrlash va rejalashtirishga javob beradi. Agar biz shu zonani shakllanishiga qo‘yib bermasak nima bo‘ladi? To‘g‘ri, yuqoridagi funksiyalarni bajaradigan miya bo‘lagi "ishdan chiqadi”. Buning asorati esa yigitcha umrining oxirigacha davom etadi. Androgenlar to‘g‘ridan to‘g‘ri perefrontal po‘stloqqa ta‘sir ko‘rsatmaydi, chunki u yerda estrodiol va testesteran uchun retseptorlar yo‘q. Lekin bu zona androgen retseptorlari mo‘l bo‘lgan medial gipotalamus bilan bog‘langan. O‘rtadagi aloqani buzish orqali siz kelejakda o‘zningizga ko‘plab muammolarni orttirib olasiz. Androgenlar kursini vrach ko‘rsatmasisiz, o‘zboshimchalik bilan qabul qilish o‘ta xavfli. O‘zi kim aytdi steroidlar xavfsiz deb? Rasmga qaraymiz, bu yerda barcha nojo‘ya ta‘sirlari chiroyli qilib berilgan.



Foto: Google Photos

Farmatsevtik preparatlarni professional sportda yuqori natijalarga erishish maqsadida qo‘llanildi deb oqlash mumkindir. Lekin kundalik hayotda "o‘zi uchun” sport bilan shug‘ullanayotgan, gormonal tizimi bilan bog‘liq muammolari bo‘lmagan yoshlarning ikki-uchta chiroyli rasm uchun asossiz ravishda gormonal preparatlarni qabul qilishlarini oqlamayman. Sog‘lik, gormonal tizim bebaho, ayniqsa o‘g‘il bola uchun. Uni asrash kerak. Aktiv sport va fitnes professional bo‘lmagan inson uchun vaqtinchalik mashg‘ulot ekanligini hisobga olsak, vaqtinchalik shuhrat uchun anabolik steroidlarni qabul qilib, o‘z sog‘lig‘iga zarar keltirib, qarish jarayonini tezlashtirish aqli noqisning ishi ekanligini anglash mumkin. Ular o‘rtasida keng tarqalgan shunday mif bor: kursdan keyin osma dori olib qonimni yuvib tashlasam zarari bo‘lmaydi. Yo‘q. Unday emas. Bu gormonlar hujayra darajasida ta‘sir qiladi. Siz vena orqali litrlab infuziya quyish bilan faqatgina qon tomirlar ichida aylanib yuradigan suyuqlik hajmini oshirib berasiz. Hech qanday dori qabul qilingan gormonlarni tanada yuvib chiqib ketmaydi.

Androgenlar va anabolik steroidlarni qo‘llaydigan insonlar soni yil sayin geometrik progressiya ko‘rinishida ortib bormoqda. Buning sababi esa oddiy dangasalikdir. Ko‘rkam tanaga qisqa vaqt ichida ega bo‘lish xohishi. Sog‘liq haqida unutib tezroq atlet formasini olishga shoshilishadi. Bu ahmoqona ish. Yana bir sababi "yoki sen kuchli bo‘lib hammani boshqarasan, yoki butun umr lapashang bo‘lib qolasan” degan fikr. Sog‘liginingizni xavf ostida qo‘yib, bu noto‘g‘ri fikrga qo‘shilishingizga arziydimi? Yoq, arzimaydi. To‘g‘ri, kutish hech kimga yoqmaydi, lekin kutish kerak. Aqlingizni yig‘ing. Ishoning, sog‘liq bilan bog‘liq muammolaringiz boshlanganda, bepusht tamg‘asi urilganda tashqi ko‘rinish, chiroyli muskullar bir chekkaga chiqib qoladi. Fizik forma informatsion asrda ikkinchi planga o‘tib bo‘ldi. Buni tan oling, o‘qing, o‘z ustingizda ishlang, sport bilan shug‘illaning, lekin anabolik steroidlarsiz.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1973 | Добавил: Admin | Теги: foydali | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:35
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031