• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 11 » SSV JSST bilan “COVID-19 bo‘yicha milliy qo‘llanma” ishlab chiqdi
13:07
SSV JSST bilan “COVID-19 bo‘yicha milliy qo‘llanma” ishlab chiqdi

O‘zbekistonda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda "COVID-19 bo‘yicha milliy qo‘llanma” yaratildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qo‘llanmada COVID-19 ni boshqarish algoritmi, jumladan, muloqotda bo‘lgan shaxslarni, shubhali hamda tasdiqlangan holatlarni boshqarish, yangi koronavirus tufayli kelib chiqqan kasallikning yengil formasi bilan kasallangan bemorni uyda parvarish qilish va muloqotda bo‘lgan shaxslarni boshqarish taktikasiga batafsil to‘xtalib o‘tilgan.

Shuningdek, qo‘llanmada koronavirus bilan shubhalangan shaxslarni laborator tekshiruvidan o‘tkazish namunalarini olish va ularning transportirovkasi, kasallangan bemorlarni klinik boshqaruv, tibbiyot muassasalarida koronavirusga qarshi kurashish uchun infeksion nazorat choralarini tashkil etishda tibbiyot xodimlarining vakolat va majburiyatlariga keng o‘rin ajratilganligi bilan ham e’tiborga molik.

Eng muhimi, ayni pandemiya avj olgan bir paytda ushbu qo‘llanma barcha uchun birdek foydali. Negaki, unda koronavirus infeksiyasi alomatlari sezilgan bemorlarni, xalqaro standartlar asosida, samarali davolash bo‘yicha tavsiyalardan tortib, sog‘aygan bemorlarni reabilitatsiya qilishgacha bo‘lgan jihatlar aks ettirganligi bilan ahamiyatlidir.

Ushbu qo‘llanma bilan tanishgan mutaxassislar koronavirusga chalinganlarni muolaja qilish, xastalanganlar bilan muloqot qilganlarni nazorat qilish, tibbiy kuzatuv olib borish borasida kerakli tavsiyalarga ega bo‘lishsa, fuqarolar esa kasallik haqida, undan saqlanish borasidagi standart ehtiyot choralari, havo-tomchi yo‘li, yaqin muloqotda bo‘lish kabi virus yuqish xavflaridan saqlanish borasida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin.

Mutaxassislar va keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan ushbu qo‘llanma Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi COVID-19 koronavirusi bo‘yicha tavsiyalari asosida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov hamda JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, doktor 
Lianne Kuppens rahbarligi ostida malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 694 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 42 nafari davolangan, 3 nafari vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:547 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:05
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь