• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 25 » SSV bemorlar ahvoli og‘irligini aytib, tanishlaridan “rozi-rizolik so‘ragan” tibbiyot xodimi videosiga izoh berdi
21:33
SSV bemorlar ahvoli og‘irligini aytib, tanishlaridan “rozi-rizolik so‘ragan” tibbiyot xodimi videosiga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Telegram kanallari orqali kiyimiga va so‘zlariga qaraganda tibbiyot xodimi bo‘lgan, ammo o‘zini tanishtirmagan ayolning qisqa videosi tarqalgan. SSV matbuot kotibi ushbu video yuzasidan izoh berdi.

Shifokor yoki hamshiraligi noma’lum bo‘lgan bu ayol "bemorlar ahvoli og‘irligi”ni aytib, o‘z yaqinlariga "rozilik so‘rash” ma’nosida murojaat qiladi.

"Hammanglar rozi bo‘linglar bizdan, yaxshi o‘tiringlar, kimnidir xafa qilib qo‘ygan bo‘lsam, xafa bo‘lmanglar. Yaxshi yuringlar, duo qilib o‘tiringlar. Kasallarimiz yaxshi emas, issig‘i chiqib qaltirayapti, hammanglar yaxshi o‘tiringlar”, — deydi ayol. Orqada bola yig‘isi eshitilayotgan bu maskan aynan qaysi shifoxona ekani bilinmagan.

Shu kunlardagi vaziyatdan kelib chiqib, ko‘pchilikning xayoliga birinchi navbatda koronavirusga chalingan bemorlar kelishi tabiiy. Ammo ayolning liboslari tibbiyot xodimlariniki bo‘lsa-da, maxsus kiyimlar emas, ya’ni aksariyat bemorlar saqlanayotgan virusologiya ilmiy tekshirish instituti xodimlarinikiga o‘xshamaydi. Qolaversa, bu muassasaning xodimlaridan kimdir shunday yo‘l tutishiga ishonish qiyin.

Vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev bu masala bo‘yicha izoh berdi. Vazirlik rasmiysining aytishicha, videodagi ayol virusologiya ilmiy tekshirish instituti xodimi emas.

"Hozir ayni shu masala bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda va to‘liq ma’lumot bo‘lishi bilan xabar beramiz. Ammo dastlabki xulosalar bo‘yicha aytish mumkinki, bu ayol virusologiya ilmiy tekshirish institutida shifokor yoki hamshira bo‘lib ishlamaydi. Bu masalaga institut rahbariyati tomonidan ham aniqlik kiritildi. Ayolning o‘zi ham qaysi shifoxonaning qaysi bemorlari og‘ir ahvolda ekanligini aniq aytmagan. Bu tibbiyot xodimi qayerda ishlashi haqida surishtiruvlar olib boryapmiz.

Eng muhimi, koronavirusga chalingan bemorlar soni va ularning ahvoli haqida muntazam axborot berib kelyapmiz va ehtiroslarga berilgan holda aholi orasida sarosima chiqarishga hojat yo‘q, buning uchun javobgarlik belgilangan.

Eslatib o‘taman, bu hozircha dastlabki xulosalar va aniq axborot, qo‘shimcha yangilik bo‘lishi bilan rasmiy ma’lumot beriladi”, — degan SSV matbout kotibi Furqat Sanayev.

Avval Qashqadaryoda karantin qoidalarini buzgan ikki choyxonachi va bir "qochoq” jarimaga tortilgani va Surxondaryoda koronavirus haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan shaxsga 1 million so‘mdan ortiq jarima belgilangani haqida xabarlar berilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:549 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031