• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Iyun » 6 » #СправедливостьЖасуру: qotillarni qanday jazo kutmoqda?
11:15
#СправедливостьЖасуру: qotillarni qanday jazo kutmoqda?

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahrida joylashgan P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejida o‘z kursdoshlari tomonidan kaltaklanib, keyinchalik halok bo‘lgan Jasur Ibrohimovning onasi yuz bergan fojia yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yozib, adolat qaror topishini va aybdorlar jazolanishini so‘ragan edi.
 
Kecha, 4 iyun kuni Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi mazkur jinoyat yuzasidan tergov harakatlari boshlanganini, gumondor Islom To‘laganovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi "d” bandi alomatlari bilan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganini ma'lum qilgan edi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d” bandida shunday deyiladi:
 
"104-modda. Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish
 
Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish:
 
d) jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa, sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 
(104-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001 y., 9-10-son, 165-modda)”
 
Hozircha hech nima aniq emas, jazoni faqat odil sud tayinlaydi. Yana shuni ham hisobga olish kerakki, gumondagi shaxslar, kollej o‘quvchilari voyaga yetmaganlar hisoblanadi.
 
Voyaga yetmaganlar jinoyat sodir etsa, ular jazoni o‘tash uchun Toshkent viloyatining Zangiota tarbiya koloniyasiga yuboriladi. Ushbu koloniyaga o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etgan o‘smirlar olib kelinadi.
 
Eslatib o‘tamiz, kecha Mirobod tumani IIBda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda gumondorning ota-onasi o‘g‘liga qonuniy jazo berilishini so‘ragan edi.
 
Bundan tashqari, Toshkent shahrida joylashgan "Do‘stlik” bog‘ida Jasurbek Ibrohimovning o‘limida aybdorlarni jazolashni talab qilib, ommaviy aksiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu jinoyat yuzasidan e'lon qilingan petitsiyaga 10 mingdan ziyod odam qo‘l qo‘ygan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1890 | Добавил: Admin | Теги: #СправедливостьЖасуру: qotillarni q | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930