• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 26
Гостей: 26
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 2 » Sog‘liqni saqlash vazirligi: O‘zbekistonda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlar haqiqatga zid
10:21
Sog‘liqni saqlash vazirligi: O‘zbekistonda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlar haqiqatga zid

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning ayrim hududlarida koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ushbu xabarlarning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

"Hozirda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligida mamlakatimiz hududiga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida tun-u kun faoliyat ko‘rsatuvchi maxsus shtab faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, mazkur agentlikda tashkil etilgan ‘Ishonch telefonlari’ orqali Xitoydan kelayotgan fuqarolar, tahsil olayotgan talabalar, ularning ota-onalari, tadbirkor va boshqa soha xodimlariga tegishli tushuntirish va kerakli tavsiyalar ham berib borilmoqda.

Shu kunlarda havo, avtomobil va temir yo‘l transporti obyektlarida sanitariya-epidemiologiya va migratsiya nazorati har qachongidan ham kuchaytirilmoqda. Tezkor ma’lumotlarga qaraganda, birgina shu yilning 31-yanvar kuni Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijdan uchib kelgan jami 4194 nafar, temir yo‘llari orqali esa 953 nafar fuqaro sanitariya-karantin punktlarida termometriyadan o‘tkazilgan. Natijada agentlikning virusologiya laboratoriyasiga koronavirusga tekshirish uchun 21 nafar fuqarodan namunalar olingan. O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida namunalar orasida koronavirus kasalligining virusi topilmagan.

Shu o‘rinda, turli ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimizda koronavirus qayd etilganligi bilan bog‘liq xabarlar haqiqatga mutlaqo zid ekanligini yana bir bor ta’kidlab o‘tamiz. Bugungi kunga qadar yurtimiz fuqarolari orasida koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi va u bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining (71) 276-46-65, (71) 276-49-66 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq vazirlik O‘zbekistonda koronavirus kirib kelishiga qarshi ehtiyot choralari yanada kuchaytirilishini ma’lum qilgan edi. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:442 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829