• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 9 » Sog‘liqni saqlash vazirligi: O‘zbekistonda 8-fevral holatiga ko‘ra koronavirus aniqlanmadi
12:28
Sog‘liqni saqlash vazirligi: O‘zbekistonda 8-fevral holatiga ko‘ra koronavirus aniqlanmadi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga joriy yilning 8-fevral kuni xorijiy davlatlardan 29 ta samolyot qabul qilinib, 4268 nafar fuqaro, "O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ markaziy Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga qarashli 6 ta sanitariya-karantin punktidan 4 ta poyezdda jami 535 nafar fuqaro, davlat chegara kesishish punktlaridagi sanitariya-karantin punktlari orqali 34145 nafar fuqaro termometriyadan o‘tkazildi. SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirusga qarshi markaziy shtabi ma’lum qildi.



Qayd etilishicha, Xitoydan uchta charter reys orqali olib kelingan hamda tibbiy kuzatuvdagi fuqarolarning termometriyadan o‘tkazish, niqoblarni o‘z vaqtida almashtirish va xonalarni shamollatish hamda namli tozalash ishlarini o‘tkazilishi malakali epidemiologlar tomonidan nazoratga olingan.

Shuningdek, dezinfektor mutaxassislar tomonidan kuniga ikki mahal yotoqxonalar, vannaxonalar va oshxona zararsizlantirilmoqda. Oshxonada ishlatilgan idish-tovoqlarni zararsizlantirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yuqumli kasalliklar shifokorlari tomonidan ikki mahal tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda. Fuqarolar orasida tana harorati me’yordan ko‘tarilgan va koronavirus infeksiyasi belgilari mavjud fuqarolar aniqlanmadi.

Joriy yilning 8-fevral kuni Sog‘liqni saqlash vazirligining navbatdan tashqari videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda yangi koronavirus infeksiyasini respublika hududiga chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar bo‘yicha tegishli idoralarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi shuni ma’lum qiladiki, joriy yilning 8-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida koronavirus kasalligi qayd etilmadi.

Eslatib o‘tamiz, yangi koronavirus infeksiyasi bo‘yicha rasmiy ma’lumotlarni olish hamda o‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi qoshida tashkil etilgan shtabga +998 (71) 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin, deyiladi xabarda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:520 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:45
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829