• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 12 » “Snos” va noqonuniy qurilgan turar joylarni buzish o‘rtasida qanday farq bor?
19:08
“Snos” va noqonuniy qurilgan turar joylarni buzish o‘rtasida qanday farq bor?

Adliya vazirligi bugun ijtimoiy hayotda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan "snos” va o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy joylarni buzish o‘rtasidagi farqlar, qaysi hollarda tovon puli to‘lanishi, qaysi hollarda esa aybdorlar jarimaga tortilishini izohladi.Vazirlikning ushbu izohini havola etdi.

Gap "snos” haqida ketar ekan, uni o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylardan farqini bilib olish har qachongidan dolzarb masaladir. "Snos” deganda fuqarolar va yuridik shaxslarga faqatgina qonuniy tartibda tegishli bo‘lgan yer uchastkasi yoki uning bir qismi olib qo‘yilishi va unga yarasha kompensatsiya berilishi tushuniladi.

Rostdan ham shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, aholiga munosib turmush sharoitini yaratish, hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishi doirasida fuqarolar va tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan ayrim hollarda kamchiliklarga, qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yildi.

Ayni masalada qonun buzilishlar bo‘lganligi sababli bu borada umuman yangicha tartib joriy etildi. Endilikda Yer uchastkasini olib qo‘yish Hukumatning 2019-yil 16-noyabridagi qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida hamda unda ko‘rsatib o‘tilgan asoslar mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra:

yer uchastkasini olib qo‘yishga zarurat tug‘ilganda birinchi navbatda hokimlik yoki investor va mulkdorlar o‘rtasida OAV ishtirokida ochiq muhokama o‘tkaziladi;
hokimlik yoki investor tomonidan dastlabki hisob-kitoblar amalga oshiriladi, shuningdek, kompensatsiya berish uchun yetarli resurslar mavjudligi o‘rganiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari tomonidan yer uchastkasi olib qo‘yilishidagi foyda va xarajatlar o‘rganib chiqiladi, resurslar yetarli bo‘lganida hamda foyda va xarajatlardan ustun kelgan taqdirda yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi. Hokimliklar yer uchastkasi olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror qabul qilishga vakolatli emas;
hokimlik yoki investor va mulkdorlar o‘rtasida kompensatsiya turi, miqdori va berish muddati kelishiladi va ushbu kelishuv notarial tartibda tasdiqlanadi.
Kelishilgan kompensatsiya berilmaguncha ko‘chmas mulklar buzib tashlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bundan tashqari olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan binoni buzish ham adliya organlarining ijobiy xulosasidan keyingina amalga oshirilishi belgilandi.

Ta’kidlab o‘tish lozimki, yangi tartib kuchga kirgandan keyin (2020-yil 1-yanvar) "snos” masalasida muammo bo‘lgani yo‘q. "Snos”ning ikkinchi to‘lqini haqidagi gaplar esa mutlaqo asossiz, "publika”ga o‘ynashdan boshqa narsa emas.

Hozirda ba’zi hududlarda ayrim fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan yoki noqonuniy hujjat asosida ajratilgan yerlarda qurilgan uy-joylar belgilangan tartibda buzilishi rejalashtirilgan.

Noqonuniy hujjat albatta o‘z-o‘zidan qabul qilinmaydi (tanish-bilish, korrupsiya borligi kunday ravshan, biroq isbot yo‘qligi uchun bu haqda yozmaymiz), bu hujjat qabul qilishga mas’ul bo‘lgan shaxslarning javobgarligi masalasi albatta tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Ta’kidlab o‘tish lozimki, davlat organining noqonuniy qarori natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanadi. Bunday zararning o‘rni davlat organining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanishi, agar u yerda mablag‘lar bo‘lmasa, zarar davlat budjetidan qoplab beriladi.

Bundan tashqari 2019-yilda Jinoyat kodeksiga yangi modda qo‘shilib, yer berish tartibini buzganligi uchun javobgarlik chorasi kiritildi.

Bugungi kunda fuqarolar tomonidan hududlardagi sug‘oriladigan ekin maydonlarida ruxsatnomasiz, o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlari olib borish holatlari ko‘p uchramoqda.

O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylar esa o‘z nomi bilan noqonuniy yerlarda, ruxsatnomasiz, qurilish normalarini buzgan holda qurilgan binolar yoki ishnootlardir.

Amaldagi Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, o‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi, uni sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.

Bunday imoratlar 15 kun ichida imoratni qurgan shaxs tomonidan yoki sudning qaroriga binoan imoratni qurgan shaxs hisobidan buzib tashlanishi lozim. Shuningdek, buzish ishlari yoki buzilgan imorat uchun umuman kompensatsiya berilmaydi.

Aytib o‘tish joizki, Hukumatning 2019-yil 16-noyabridagi 911-son qarorida o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joyning ham qoplanishi lozimligi qayd etilgan. Shuni unutmaslik kerakki, bunda kompensatsiya fuqarolarga qonuniy tartibda tegishli bo‘lgan yer uchastkalaridagi mulklar "snos”ga tushganida, unda joylashgan o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylar uchun to‘lanadi xolos. Boshqa har qanday holatda o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylar uchun kompensatsiya to‘lanmaydi. Ya’ni yer egallab olingan hech bir holatda kompensatsiya to‘lanmaydi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:528 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:09
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829