• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 289
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 3
Гостей: 3
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 6 » Smartfonni almashtiramiz. Apparatning tez orada “o‘lishini” bildiruvchi asosiy belgilar
19:27
Smartfonni almashtiramiz. Apparatning tez orada “o‘lishini” bildiruvchi asosiy belgilar

Vaqt o‘tishi bilan har qanday smartfon yomonroq ishlashni boshlaydi. Ko‘pincha o‘zgarishlar bosqichma-bosqich sodir bo‘lgani sabab foydalanuvchi unga o‘rganib qoladi. Biroq apparatni yangisiga almashtirish kerakligini ko‘rsatuvchi bir necha aniq belgilar bor. "RG.ru” bu boradagi ma’lumotlarni to‘plab taqdim etdi.

Batareyaning shishib qolib, orqa qopqoqni biroz yuqoriga ko‘tarib chiqishi — bu smartfon xizmatini o‘tab bo‘lganining aniq belgisi. Bu kabi qurilmani qutiga solib, servis markazga olib borish kerak — undan aniq foydalanib bo‘lmaydi. Akkumulyator istalgan vaqtda yonib ketishi mumkin.

Ekrandagi chiziqlar — bu ham smartfonni darhol sotish yoki qimmatga ta’mirlash kerakligini anglatadi. Bu kabi chiziqlar ko‘p bo‘lishi mumkin va ularning barchasi deyarli yaxshigina ta’mir talab qiladi.

Odatdagi ilovalar sekin ochiladi va xatolik yuzaga keladi. Bu kabi ilova bitta bo‘lsa, qo‘rqinchli emas — dasturchilar yangi versiyada biror xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Ammo bu kabi muammolar ko‘p kuzatilsa, apparatni zavoddan chiqqandagi sozlamalariga qaytarish va sotib yuborish kerak.

Tinch turganda kuchli qizib ketishi — bu ham xavotirli belgi. Bu protsessor biror-bir keraksiz ishni bajarayotganini yoki batareya "charchaganini” bildirishi mumkin.

To‘satdan o‘chib qolishi va yonishi — smartfondan endi foydalanishni boshlagan odam ham qurilmani almashtirish lozimligini anglaydi. Albatta, bu kabi rejimda u biroz muddat ishlab berishi mumkindir, biroq hech kim buni bilmaydi va kafolat bermaydi. Undan ko‘ra, ma’lumotlarni yo‘qotib qo‘yish bo‘yicha tavakkal qilmasdan, uni yangisiga almashtirgan yaxshi.

Qo‘l bilan bosilsa ham ishlamaydigan yoki boshqa joyga kirib ketadigan sensorli ekran — smartfon "o‘limi” yaqinligining aniq belgilaridan biri. Qurilma bu kabi ishlasa ham biror foyda keltirishi dargumon.

Avtonomligining kamayganini ham har qanday foydalanuvchi seza oladi. Bunga odatda batareyaning kuchsizlangani sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, mikrofonning o‘chib qolishi yoki suratlar sifatining tushib ketishi ham xavotirli belgilardan hisoblanadi. Ushbu belgilar to‘g‘ridan to‘g‘ri smartfon "o‘limi”dan dalolat bermasa ham, yorqin singallarning dastlabki alomatlari bo‘lishi mumkin.

Avvalroq smartfon akkumulyatorini "o‘ldirib qo‘ymaslik” uchun nimalarga e’tibor qaratish kerakligi to‘g‘risida bir qator ma’lumotlar berilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:622 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:15
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031