• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 25 » Sizda u gina, bizda bu gina. Senator va advokatlar kelishib oldimi?
21:34
Sizda u gina, bizda bu gina. Senator va advokatlar kelishib oldimi?

Bugun, 25 mart kuni Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Batir Matmuratov, mazkur Qo‘mita raisi o‘rinbosari Shuhrat Cho‘lliyev va Advokatlar palatasi raisi Alim Ernazarov ishtirokida shu kunlarda ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan O‘zbekiston Respublikasining "Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga kiritilayotgan tahririy o‘zgartishlar bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv ishtirokchilari yuzaga kelgan tushunmovchilik yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bayon qilishgan.

"Senatorlar kiritalayotgan o‘zgartish advokatlik faoliyatiga biron-bir yangi cheklov kiritayotganligini anglatmasligi, balki, qonunchilikni zamonaviy texnologiyalar rivojiga monand ravishda moslashtirishga qaratilganligi, shu munosabat bilan advokatlik hamjamiyati va fuqarolarda xavotir olishga hech qanday asos mavjud emasligini ta’kidlashdi. Bugungi kunda aynan shu harakatlar uchun prokuror sanksiyasi olinishi shartligi amaldagi qonunda belgilangan va undan tashqari huddi shunday qoida O‘zbekiston sudyalariga nisbatan ham belgilanganligi ta’kidlandi. Shu bilan birga sanksiyalar bosqichma-bosqich prokuratura organlaridan sudlarga o‘tkazilayotganligi ham qayd etildi.
O‘z o‘rnida, Advokatlar palatasi raisi, tegishli qonun hujjatiga ko‘ra advokatlik faoliyati va sud ishini yuritish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari Palata bilan hamkorlikda ishlash zarur bo‘lsada, aynan shu qonun loyihasi bo‘yicha Palata jalb qilinmaganligi bugungi kunda mamlakatdagi ochiqlik siyosati sharoitida advokatlar hamjamiyati e’tirozlariga sabab bo‘layotganligini ta’kidladi. 

Uchrashuvda yuzaga kelgan masalani tegishli idoralar vakillari ishtirokida muhokama qilishga hamda advokatura institutini rivojlantirish va jamiyatda advokatlar mavqeini oshirish borasida hamkorlik qilishga kelishildi", deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senatining kecha, 24 martdagi yalpi majlisida "Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonun bilan bir necha qonun hujjatlariga, xususan "Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi, "Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonunlarga va Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish ma’qullandi. 
Qonun loyihasiga ko‘ra, prokurorning roziligi bilan advokatning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali amalga oshiriladigan so‘zlashuvlari, uzatiladigan xabarlari va ma’lumotlarini nazorat qilinishi belgilangan.

Ushbu masala yuzasidan Adliya vazirligining tushuntirishi ham e’lon qilindi. 

Advokatlar palatasi Raisi o‘z e’tirozini bildirgani va ma’qullash uchun imzo chekmaganini aytib o‘tgan edi. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:555 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:38
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031