Har-Hil [10401] |
Turfa olam [22] |
Odnoklassniki Sirlari [39] |
Dunyo Habarlari [26] |
Telefon Kodlari [18] |
Telefonlar Haqida [8] |
Sherlar [108] |
Futbol Yangiliklari [30] |
Maslahatlar [37] |
Latifalar [81] |
Yangi Yil Tabriklari [2] |
Senga Oshiqman [3] |
Bilimlar [6] |
Yulduzlar Biografiyasi | Юлдузлар Хаёти [126] |
Tush Ta'birlari [486] |
Muchal va Burjlar [8] |
Xamid Toshpo'latov Biografiyasi |
Anvar Kartayev Biografiyasi |
Ma'suda Otajonova Biografiyasi |
Lola Eltoyeva Biografiyasi |
Husan Sharipov Biografiyasi |
Gulnora Qosimova Biografiyasi |
Yodgora Ziyomuhammedova Biografiyasi |
Shaytanat Xongrey Biografiyasi |
Barno Qodirova Biografiyasi |
Farziddin Fayozov Biografiyasi |
Hoshim Arslonov Biografiyasi |
Gulchehra Ibrohimbekova Biografiyasi |
Erkin Komilov Biografiyasi |
Dildora Rustamova Biografiyasi |
Alisher Hamroyev Biografiyasi |
Afzal Rafiqov Biografiyasi |
Ra'no Shodiyeva Biografiyasi |
To'lqin Tojiyev Biografiyasi |
Zuhra Ashurova Biografiyasi |
Behzod Muhammadkarimov Biografiyasi |
Tush tabiri - Tushda Yel chiqarish ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Kaklik ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Ho'kiz ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hulkar yulduz ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Homiladorlik ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hojatga chiqish ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hojatga borish ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hovuz ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hassa ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hammom ko'rish |
17:09 Sitora Alimjonova Menga choh qaziganlar hamkasblarim ekan | |
U – eng xushchaqchaq aktrisalardan biri. Muxlislari shuning uchun ham yaxshi ko‘rishadi. Bugun ularning ayrimlari Sitora ALIMJONOVA og‘ir kasalga chalinibdi, deya tashvishda yurgani ham rost. Bariga oydinlik kiritish maqsadida akstrisa bilan uchrashdik. — Turmush qurdingiz. Hayotingizda yaxshio‘zgarishlar bo‘ldi! — Ha, yaxshi o‘zgarishlar ko‘p. Asosiy vaqtimni uyda, oilam bilan o‘tkazyapman. O‘zim bilmagan holda «uy qizi»ga aylanib qoldim. Xabaringiz bor, to‘ydan keyin ancha gap – so‘zlar bo‘ldi. Shu voqealar sabab, yon-atrofimdagilarning qay biri haqiqiy do‘stu kimlar nosamimiy munosabatda ekanini bildim. — Haqiqatan ham, ijtimoiy tarmoqlarda siz haqingizda aytilmagan gap qolmadi hisob. Ularga javoban, «Bu hamkasblarimdan birining ishi», dedingiz. Xo‘sh, sizni yomonotliq qilmoqchi bo‘lganlar kim? —Meni to‘g‘ri tushuning, ularning kimligini oshkor qilolmayman. Muhimi, o‘zim uchun kerakli xulosaga keldim. Qasdlashish fikridan yiroqman. Kimki birovga yomonlik tilasa u aslo javobsiz qolmaydi. Menga choh qaziganlarni Yaratganning hukmiga havola qilib qo‘ya qoldim. Har kimga O‘ZI munosib mukofotu jazoni beraveradi. —Shuncha mashmashalardan keyin ham yo‘q bo‘lib qolmaganingizni ko‘rishyaptimi ular? —Ha. Do‘st – dugonalar orasida gap qilishga urinishdi-yu, ammo niyatlariga yeta olishmadi. Xudoyim hammasini ko‘rib, bilib turibdi-ku, axir, nega odamlar buni o‘ylashmaydi, hayronman. — To‘y bilan bog‘liq gap – so‘zlardan keyin «endi Sitorani kinoga chaqirishmaydi», deyilganini ham eshitdik... — Buni qarangki, aksi bo‘ldi. To‘ydan so‘ng bir hafta o‘tib davlat buyurtmasi asosida suratga olingan «Yolg‘on girdobi» nomli filmda rol o‘ynadim. So‘ng «Yosh oila» serialida suratga tushdim. Hozir serialning ikkinchi fasliga tayyorgarlik ishlari ketyapti. Bu orada s'yomka ishlari bilan Taylandda bo‘lib qaytdim. Ijod bilan bandligim ham kimgadir yoqmadi chog‘i «Turmushga chiqqan bo‘lsa, nega yana s'yomkama-s'yomka yuribdi», deganlar bo‘ldi. Ochig‘i, odamlarga tushunib bo‘lmaydi, nima qilsangiz ham albatta, gap topishadi. — Ha-da, uyda kelinlik vazifalarini bajarsa bo‘lmaydi, deb qiziqishadi. — Hammasiga ulguryapman. Ammo hadeb kishining shaxsiy hayotiga aralashaverish noto‘g‘ri. To‘ydan keyin filmlarda suratga tushgan bo‘lsam-da, saldan keyin biroz tanaffus qilishimga to‘g‘ri keldi. Sababi tobim bo‘lmadi. Hozir ancha yaxshiman. YAqinda Bahrom Nazarovning «Hijron» klipida suratga tushdim. — Darvoqye, sizni og‘ir dardga chalinibdi, deb eshitgandik? — Juda ham ozib ketganimgami, ko‘pchilik biror dardga chalingan bo‘lsa kerak, deb o‘yladi. Ba'zilar qattiq siqilganidan shu ko‘yga tushib qolgan ham dedi. Ammo ozganimning sababi bu emas. Buyragim xastalangan ekan. Bir fursat muolaja olishimga to‘g‘ri keldi. Haligina tobim bo‘lmadi, deb shuni nazarda tutgandim. — Ali Otajonov bilan ekranda bir – biringizga mos juftliksiz va «Hijron» klipida bu yana bir bor o‘z isbotini topgan. — Ali bilan bir – birimizni yaxshi tushunamiz va ekranda ideal juftlik ekanimizni ko‘pchilik e'tirof etadi. Uning aktyorlik mahorati zo‘r! — Klipda o‘z maqsadiga erishish uchun oilasiga xiyonat qilgan aktrisani ijro etgansiz. Tomoshabin noto‘g‘ri fikrga borishi mumkin, deb qo‘rqmadingizmi? — Rosti juda ko‘p o‘yladim. Klip rejissyoriga: «Shuncha gap – so‘z aylanayotgan bir paytda siz menga shu rolni taklif qilyapsiz», dedim. Ammo u rolning tarbiyaviy ahamiyati haqida tushuntirib, hech nimadan qo‘rqmasligimni tayinladi. Qahramonim aktrisa emas, u orzusiga yetisha olmagan bir qiz, xolos. — Durdona To‘laganova bilan hamkorlik qilmay qo‘ydingiz, nega? — Durdona opa kino olmayapti. Bilishimcha, bir nechta ko‘rsatuvlarda ishlayotgan ekan. Shu bois avvalgidek hamkorlik qilmayapmiz. Yangi film suratga olinadigan bo‘lsa, ehtimol, yana birga ishlash nasib qilar. — Sizni uyatga qo‘ygan ish bo‘lganmi hech? — ... Anig‘ini aytolmayman-u, menimcha bo‘lgan. Ka-a-atta voqea bo‘lmasa-da, «nega shunday bo‘ldi», deb qilgan ishimdan uyalgan paytlarim bo‘ladi. — Siz eng kuchli, deb bilgan aktrisalarning uchtasini sanab bering. Ular kimlar? — Dilnoza Kubayeva, Zarina Nizomitdinova va Yulduz Rajabova. — Sitora Alimjonova degani ham bor, eshitganmisiz. Xo‘sh, nega u ro‘yxatda yo‘q? — (kulib) O‘zim haqimda professional aktrisaman, deyolmayman. Hali o‘rganishim kerak bo‘lgan narsalar ko‘p. Payti kelsa, kuchli aktrisalar safidan joy olaman, degan umiddaman. — Siz bilan suhbatlashib shuni bilyapmanki, ishingizdan, hayotingizdan mamnunsiz. — Ha! — Baxtlimisiz? — Shukur, baxtliman. — Asosiysi ham shu. — Har kimning gap – so‘ziga e'tibor qilaversam, o‘zimga jabr bo‘larkan. Yaxshisi, o‘zim to‘g‘ri deb bilgan hayotda baxtli yashaganim afzal. — To‘g‘ri aytasiz, baxtli bo‘ling! — Rahmat! | |
|
Всего комментариев: 0 | |