• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 12 » Sirdaryoda karantin qoidalarini buzgan yana bir fuqaro 15 sutkaga qamaldi
12:50
Sirdaryoda karantin qoidalarini buzgan yana bir fuqaro 15 sutkaga qamaldi

O‘zbekistonda 16-martdan bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 51 182 ta ta holat aniqlandi. Karantin qoidalarini buzganlar orasida tibbiy niqobsiz ko‘chada yurganlar, ruxsatnomasiz transport vositasida harakatlanganlar, shuningdek, bemaqsad velosipedda yurganlar aniqlanib, ularga nisbatan jarima belgilangan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida esa ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabini bajarmagan fuqaroga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

"Paxtakon” mahallasi Oltin vodiy ko‘chasida yashovchi 1971-yilga tug‘ilgan R.B. karantin qoidalarini buzib, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabini bajarmay, mayda bezorilik sodir etgan. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54, 183 va 194-moddalariga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Sayxunobod tuman Ma’muriy sudi tomonidan hukm chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, 5-aprel kuni ham Sirdaryoda karantin qoidalarini buzgan fuqaro 15 sutkaga qamalgan edi. 8-aprel kuni esa yana Sirdaryoda velosipedda baqir-chaqir qilgan fuqaro 15 sutkaga qamalgan.

Qayd etilishicha, eng ko‘p — 8169 ta qoidabuzarlik Toshkent shahrida qayd etilgan. Toshkent viloyatida esa bunday holatlar soni 6 995 tani tashkil etmoqda. Respublika bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklar esa quyidagicha:

Farg‘ona viloyatida – 6582 ta holat;

Samarqand viloyatida – 5100 ta holat;

Qashqadaryo viloyatida – 3933 ta holat;

Sirdaryo viloyatida – 3934 ta holat;

Namangan viloyatida – 3105 ta holat;

Andijon viloyatida – 3045 ta holat;

Jizzax viloyatida – 2029 ta holat;

Surxondaryo viloyatida – 1914 ta holat;

Buxoro viloyatida – 2063 ta holat;

Xorazm viloyatida – 1809 ta holat;

Navoiy viloyatida – 635 ta holat;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 1869 ta holatni tashkil etmoqda.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 796 kishiga yetdi, 42 kishi sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan, to‘rt kishi esa koronavirus oqibatida vafot etdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:630 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:16
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь