• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 5 » Singapurlik olimlar O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi tugashi haqidagi prognozini bekor qildi
18:20
Singapurlik olimlar O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi tugashi haqidagi prognozini bekor qildi

Singapur universiteti olimlari aprel oyida COVID-19 koronavirusi epidemiyasining turli mamlakatlarda qachon yakuniga yetishi borasidagi taxminiy sanalarni e’lon qilgandi. Ular 3-may, yakshanba kuni bu borada navbatdagi prognozini taqdim etdi.

Ushbu taxminda bu safar O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bo‘yicha ma’lumotlar berilmagan.

Avval singapurlik olimlar tomonidan O‘zbekistonda 24-may kuni, Qozog‘istonda 2-avgust kuni va Qirg‘izistonda 6-iyun kuni epidemiya tugashini prognoz qilganligi haqida xabar berilgandi.

Singapurda e’lon qilingan navbatdagi yangilangan ro‘yxatdan ushbu uch mamlakat o‘rin olmagan. 30-aprelda koronavirusga chalinish holati qayd etilganini e’lon qilgan Tojikiston ham ular orasida yo‘q. Tadqiqotchilar ro‘yxatga kirmagan davlatlardan avval e’lon qilingan prognozlardan foydalanmaslikni so‘ragan.

Olimlar ro‘yxatga kirgan mamlakatlardagi prognozlar doimiy ravishda yangilanib borayotgani va shu sababli universitet saytini kuzatib borishni tavsiya qilgan.

Masalan, Rossiyada avval koronavirus epidemiyasining tugashi 20-iyuldan 19-avgustga ko‘chgan bo‘lsa, endi 17-avgust deb belgilangan. Dunyo bo‘yicha pandemiyaning tugashi avvalgi axborotda 1-dekabrda bo‘lishi taxmin qilingandi, endi ushbu sana 14-dekabr bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Tadqiqotchilar prognozlashda SIR-matematik modelidan foyalangan. Bunda infeksiya bilan kasallanishga moyil odamlar soni, bemorlar soni va kasallikdan tuzalganlar soni, shuningdek, ijtimoiy muloqotlar intensivligi hisobga olinadi. Mualliflar ushbu modelning faqat nazariy va ilmiy maqsadlarda o‘ylab chiqilganini bildirgan va ma’lumotni o‘qiyotgan foydalanuvchilardan hissiyotga berilmaslik va karantin bekor qilinishiga ishonib qolmaslikni so‘ragan.

Tadqiqotda rasmiy statistika ma’lumotlaridan foydalanilgan va ushbu axborotlar to‘liq emas (dunyoning hech bir mamlakatida aholi COVID-19’ga umumiy tarzda test qilinmagan, bundan tashqari ekspress-testlar ko‘pincha musbat yoki manfiy tahlillar borasida xato natijalarni ko‘rsatgan holatlar kuzatilgan). SIR-model infeksiya tarqalish populyatsiyasi, turli yo‘llar bilan yuqishi va ehtimoliy sabablarni hisobga olish lozim bo‘lgan yerlarda xato qilishi mumkin.
Категория: Har-Hil | Просмотров:549 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:35
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь