• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 8 » Singapurda koronavirusga qarshi kurash doirasida noodatiy taqiqlov joriy etildi
11:16
Singapurda koronavirusga qarshi kurash doirasida noodatiy taqiqlov joriy etildi

Singapur parlamenti mahalliy aholiga mehmonga borishni, ziyofat uyushtirishni va ko‘chada biron-bir tadbir o‘tkazishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda "The Straits Times” gazetasi yozmoqda.

"Hujjat hukumatga fuqarolarning ijtimoiy aloqalarini, shu jumladan, xususiy mulk bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar beradi”, deb ta’kidladi Respublika sog‘liqni saqlash vaziri Gan Kim Yun.

Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining ta’kidlashicha, "mamlakat aholisining aksariyati ommaviy tadbirlardan qochish uchun hukumat tavsiyalariga amal qiladi”. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, "ba’zida, masalan, xiyobonlarda, ommaviy mashg‘ulotlarda, hukumat chaqiruvlariga amal qilmaydiganlarni uchratish mumkin”. Yangi qonun ijtimoiy masofa talablarini buzganlarni javobgarlikka tortishga imkon beradi.

Qoidabuzarlarni olti oygacha qamoq va / yoki 10 ming singapur dollari (taxminan 7 ming AQSH dollari) miqdorida jarima jazosi kutadi. Bir necha bor jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda qamoq muddati va jarima miqdori ikki baravar ko‘payadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Singapurda koronavirusga 1 481 nafar odam chalindi. 377 bemor shifo topgan bo‘lsa, 6 kishi vafot etdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:563 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:54
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь