• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1776
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 43
Гостей: 43
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2016 » Sentyabr » 4 » Sinalganni sinama! O‘zbek sinmaydi, u sina olmaydi xam!
12:28
Sinalganni sinama! O‘zbek sinmaydi, u sina olmaydi xam!

"Sulaymon o‘lib, devlar qutuldi” degan maqol bo‘lardi. O‘limdan keyin o‘laksaxo‘rlar ko‘payadi degandek a?  Yurtboshimiz bizni tark etgach,  xali motamni ilk kuni o‘tmasidanoq  millatimizga informatsion urushdan "dev”larning na'rasi "eshtilayotgandek”. Biroq... Dodamiz  olamdan o‘tgani bilan, uning kuchli va matonatli XALQI TIRIK! O‘z illatiga, or nomusi va tinchligiga   turib bera oladigan  va  shu ruxiyatda tarbilangan O‘ZBEGI TIRIK!!! Xechkim abadiy emas va Islom Abdug‘aniyevich fiziologik  o‘lgani bilan uning  nomi abadiy tirik! Balandparvoz tuyulsa, unutmalaringki,  u yillar mobaynida qurib rivojlantirgan tizimi, tuzib ketgan iqtisodiy va siyosiy strategiyalari  mavjudligi fakt! Mustaqillikdan so‘ng,  yillar davomida qiyinchiliklarni birga baxam ko‘rib, toblana-toblana charxlangan  o‘z ishini ustasi bo‘lgan ZABARDAST  O‘G‘LONLARI TIRIK! Prezidentimiz bilan yelkama-yelka tinchligimizni ta'minlab turgan siyosiy strateglarimiz, diplomatdan tortib to fikri teran turgan rasmiylarimiz tirik! Kerak bo‘lsa millatni xavfsizligini qo‘rg‘on bo‘lib nazorat qilib ximoyalab turgan kuchlar va milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tirik va ularni oyog‘i tagidagi yer xali silkinib muvozanatni yo‘qotgani yo‘q! Buni ilojisi xam yo‘q!!! Liderimiz ketdi ammo  davlat raxbariyati bor! Yurtboshimiz liderligida u bilan birgalikda  erishgan natijalarga mexnati singgan minglab odamlar tirik!!!   Kimga va qaysi millatga qarata nimadir  boshlashdan avval uning yurtboshisi qanday bo‘lganligi va u ketgani bilan 25 yildan ziyod davrda kuch va yetuk bilimda tarbiyalangan uning izdoshlariyu XALQI TIRIK ekanini unutmasinlar!   Mustaqil bo‘lganimizga 25 yil bo‘lgan bo‘lsa eng og‘ir damlarda, oyoqqa turayotganimizda balki bizlarga bunda yordami tegib qo‘l uzatadiganlar kam bo‘lgandir biroq, o‘sha kezlarda xam xarakat qilib  tishi o‘tmaganlar bo‘lganini yodingizdan chiqarmanglar!!! Prezident  tarixini kavlab uni istaganicha talqinda  o‘zbek xalqiga yetkazib turganlar unutmanglarki, ja bir nari borsa  "na voyne vse sposobы xoroshi”!  Shu kungacha biz tinch va farovon yashadikmi, demak bekorga emas! Kimga nima degan, qayerda nima degan , yediribdimi? Uddalabdimi? EPLABDI!!! Nima qilgan va nima qo‘ygan umuman farqi yo‘q, chunki asosiysi NATIJADA xalqini tinchligini ta'minlashda  eplab qo‘ydi!!! Respublikani  rivojlantirdi va xalqiga eng zo‘riyu a'losini bera oldi!!!    Kavlayapsanlarmi, uning natijasini xam yodga ollaring! Nima bilan yakunlangandi?!   Necha martta aynan xorijdagilarni ayrimlari va ularni maqsadini ko‘zlagan ayrim o‘zbek manqurtlari provokatsiyalari bilan uyushtirilgan fojeaviy onlarni  xam mardnoavor yengib o‘tdik!   O‘zbegim, qanday kunlardan o‘tdik va biz bu og‘ir damlardan xam o‘tamiz! Bizni quloqlarimizga istaganini chetdan va ayniqsa ming alamli bo‘lmasin, o‘zimizni o‘zbeklardan ayrimlari chetdan turib manqurtlik qilib,    yalog‘iga tashlangan xorijliklarning suyagini oqlashi yo‘lida  qurboni bo‘lishimizga yo‘l qo‘ymaymiz! Bunga shubxa xam yo‘q, zero Prezident olamdan o‘tmasidanoq muxolif saytlarda istaganini yozgan vatangado quvg‘indilar alamli maqolalari izoxida 95 foiz o‘zbeklar o‘z millati sha'nini ximoyalaganini shoxidi bo‘ldik! Qolgan 5 foizi o‘sha alamzadalar, o‘z yurtini xorij valyutasiga pullab kun kechirayotgan kalamushlar! O‘zbekiston xududida jinoyati sabab qochib, o‘zga yurtdan turib  bugungi farovon yurtimizda xatto o‘ligi ko‘milishidan mosuvoligini bilib alamda yozayotgan nokaslar ekanini yaxshi tushunib turibmiz. Shaxsan o‘zim necha yildan beri atay ularni kuzatib, internet tarmog‘ini o‘rganib taxlil qilar ekanman,  ularni asl basharasini bilib bo‘lganman! Shunday vatanfurushlardan qanchasini balki tanirman  va bilarman xam! Ularni nima uchun shu qadar almazada ekanligini xam bilib xayron qolmayman.   Xalqimizni ko‘ngilchan va soddaligini bila turib bu ijobiy xislatlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish uchun qurol qilib olgan u nokaslar o‘zi bilgan  o‘zbek xalqini qaxri kelganida qanday tusda bo‘lishini unutgan chog‘i! Senlar nari borsang yuztadirsanlar ammo o‘zbek xalqi, o‘z tinchligini ardoqlagan va farovon turmushini ximoyalay oladigan xalqimiz fuqarolari  millionlar!!!
Yurtboshimizni kerak bo‘lsa o‘sha o‘limiga xam xavas qillaring! Shu yoshga yetishni orzu qil, o‘zing bo‘lmasa xam xorij sadaqasiga o‘sayotgan va xarom luqma bilan boqayotgan farzandlaring shunday insonni kiyib tashlab yuborgan kostyumidek  mavqyeida bo‘lish, tarixiy shaxsni xech bo‘lmasa oyoq kiyimini artib qo‘yishga loyiq  sifatida yetilishiga orzu qilllaring!  Xech bo‘lmasa  bollaring O‘zbekistonni tuprog‘iga ko‘milishni orzu qil! Umringni nimaga ketkazyapsan? Kimsanu va kim bo‘lib o‘lib ketasan?! O‘zini millatiga qarshi xarakat qilgan bir nokas va kalamush sifatida yodda qolasan! O‘sha farzandlaringni yodida xam!   Biz o‘zbek, o‘ziga bek, tarixi buyuk va kuchli xalqmiz! Yurtboshimiz olamdan o‘tdi va uni Allox o‘z raxmatiga olsin ammo, shuncha yillik mexanizm xanuz metindan turibdi! O‘zbek xalqida xozir motam,  lekin YAKUN EMAS! Qalbda og‘riq ammo KUCHSIZLIK VA  OJIZLIK EMAS! XAMMA  ZIYRAK VA XAMMASI NAZORATDA! Ko‘rgani va eshitganigamas, sezganiga ishonadi o‘zbegim! Sezgani esa tinchlik va farovonlik! Undan qo‘lingni tort g‘anim!   Qog‘oz nimalarni ko‘tarmaydi va unga istagan narsani chizib istaganini yozsa balki effektli chiqar, istaganingdek ko‘rinar biroq  ishonchli va XAQIQAT BO‘LIB EMAS! Saytda  rasman ayyorona birorta maqola yozsam ishonchli chiqadi deb o‘ylamalaring! Xalqimiz sodda bo‘lgani bilan barcha ASL xaqiqatni bilguvchi avvalo Allox bor, oxiratlaringni o‘ylalaring! Keyin esa o‘sha xaqiqatdan xabardor KUCHLARIMIZ  yetarli, ular ancha payt chetdan bu provokatsiyalaringga pinagini buzmay istexzoli kulib kelgandir lekin  xammasini chegarasi bor!  Yolg‘on gapirgan tillaring sug‘urilib, yozgan barmoqlaring sinib ketishini o‘yla!   Biz tarixiyu kelajagi va kerak bo‘lsa buguni xam buyuk bo‘lgan  millat farzandlarimiz! Bizning tinchligimizni o‘zi dunyo miqyosida qancha mamlakatlarga ORZU! Shu oz muddatda o‘zimiz erishgan natijalar esa qancha davlatda  yo‘q! Necha yil o‘zligimizdan ayro yashadik, o‘sha  payt internet bo‘lmagandir ammo tv, radio yo gazeta bor edi, jurnalistika bo‘lgan  va xozir xorijda o‘zbekka qarshi maqola bitayotganlar nega birortasi o‘sha payt  o‘zbek uchun kuyunmagan , kurashmagan?! Nega SSSR davrida miq etmay o‘tirganlar   mustaqil bo‘lganimizda chetga chiqib  bizga qarshi?! Endi ozod bo‘lganida qarshi chiqishi shumi XAQIQAT?! Shundan keyin ularga ishonch bormi?   Oyog‘ing bo‘lmagan joyda so‘zlaring o‘tarmidi? Ko‘zlaring ko‘rmagan narsani tillaring ishontirarmidi? Sezmagan narsalaring bilan sezdira olarmikansanlar?   25 yil , oyoqqa turdik. Bu yillar mobaynida qanchadan-qancha bolalar shu mustaqillik davrida, ko‘z o‘ngimda  tug‘ilib o‘sdi, ulg‘aydi va mana 25 yoshlik qancha ozod yurt yoshlari tinchlikda kamol topdi! Xar bir yurtning o‘z kamchiliklari bor va oldindaman deganini  qanchasida totuvi  bor? Qanchasiga borim,  zo‘rim va yutug‘im degani tatiyapti? Bizning erishgan yutuqlarimiz oldida  mavjud bo‘lgan va ustida ishlanayotgan kamchiliklar esa  XECH NARSA! 25 yilda shuncha narsaga erishildimi, buyog‘i soatiga rivojlanmoqda! Bu balandparvoz so‘zlar emas, biror narsadan manfaat xam yo‘q, zero  jurnalist emasman, diplomimam yo‘q, xechkimga ishlamayman, raxbarimam direktorimam yo‘q,    biror mansab egasi xam emasman ,  meni lavozimdan ko‘tarishmaydi xam, ey ochig‘i tumanimdagi xokim familiyasiniyam bilmasman. Blogger xam emas, oddiy ijodkorman xolos! Shu uchunam biror manfaatsiz, sof vijdon bilan  o‘z yurtimda totuv va xotirjam yashayotganim uchun  uning ximoyasidaman! Bu ko‘rganim, bilganim va sezganlarim!   Yoshim 38da,  o‘sha sobiq ittifoqda tug‘ilib o‘sib, shu yurt fuqarolarini qanchasi  bilan tengma-teng xammasidan birga o‘tib, shukr qilib va bugungi kunda BAYRAMLAR bilan umrimiz o‘tayotganidan BAXTIYORMAN!!! Ikki davrni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib yashayotgan men oddiy ijodkor bularni taqqoslab aytishga xaqliman!  O‘sha  SSSR davrida na masjidga chiqilardi, na janozaga borilardi va na ortiqcha g‘ing deya olinardi! Xozir bemalol  mana shu saytda 9 yildan beri fikrlarimni demkoratik ravishda ochiq-oshkora ayta olayotganim uchunam marxum Prezidentim va uning tizumida xizmatdagilarga RAXMAT! XOTIRJAMLIGIMIZ UCHUN RAXMAT! Xammasiga shukr! Men Sayyod -  Sardor Komilov shu yurtning oddiy bir o‘zbek fuqarosi ekanman, millatim, xalqim va uning tinchligi  uchun qo‘limdan kelganicha ximoyadaman! Qo‘limdan kelganicha ijodiy kuchda shu saytmi, instagrammi, telegrammi,   ijtimoiy tarmoqmi ,  xullasi xammasida   imkonim boricha xar qanachasiga  turib beraman! JAVOB! Va ishonamanki mendek  o‘z tinchligini ximoyalay oladigan o‘zbeklar millionlar!!! Xozirgi boshlagan informatsion urush bilan birortasi chetdan turibmi, orasida bo‘libmi   o‘zbek xalqini muvozanatini axmoqona yolg‘onlar bilan ichidan yemira olishmaydi! Bunisigayam JAVOB! Xuddi shu mendek oddiy bir o‘zbekning farzandi kabi xalqimizda xamma birdek   xozirgi rutubatli  va balki chetdan zaifdek  ko‘rinayotgan judolik paytida, bu onlarni   ojizlik davri deya baxolash katta xato! Ishonavering! Katta xato! Zero og‘ir damlar insoniyatni yanada toblaydi! Dodamiz o‘limi  o‘zbek xalqini yanada jipslashtirib  25 yillik erishgan yutuqlarni  ximoyalashda   kuchga to‘lganini sezish qiyinmas! Liderning ketishi uning boshqaruvidagi erishilgan ne'matlarni ximoyalash uchun o‘zbek xalqida signaldek yoqildi.  Biz o‘zbeklar xammamiz O‘zbekistonimizni tinchligi va xotirjamligi uchun qo‘lni-qo‘lga berib, MAXKAM va yelkama-yelka turib qalqondek ximoyadamiz!!!

Xarakat qilma g‘anim,
tishing sinib ketadi!
Sinalganni sinama!
O‘zbek sinmaydi, u sina olmaydi xam!

Muallif : Sardor Komilov
Категория: Har-Hil | Просмотров:1709 | Добавил: Admin | Теги: u sina olmaydi xam!, Sinalganni sinama! O‘zbek sinmaydi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:16
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Sentyabr 2016  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930