• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 17 » Shvetsiyaning COVID-19 bilan kurashdagi 3 ta xatosi ma’lum qilindi
09:16
Shvetsiyaning COVID-19 bilan kurashdagi 3 ta xatosi ma’lum qilindi

Yangi Zelandiya hukumatining ilmiy maslahatchisi, professor Maykl Beykerning ma’lum qilishicha, Shvetsiya hukumati COVID-19 kasalligiga qarshi kurash uchun qattiq karantin choralarini qo‘llashdan bosh tortganida xatoga yo‘l qo‘ygan. Bu haqda "RBK” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shvetsiyaning virus bilan kurashdagi yondashuvi uchta noto‘g‘ri farazga asoslangan. "Birinchi farazga ko‘ra, hatto virus keng tarqalishi sharoitida ham siz xavf guruhiga kiradigan fuqarolarni himoya qila olasiz, biroq shvedlarda bunday bo‘lmadi”, — deb ta’kidlagan olim.

Avvalroq Shvetsiyaning bosh epidemiologi Anders Tegnell mamlakat hukumati qariyalar uylarida kasallik o‘choqlari paydo bo‘lishining oldini ololmaganini tan olgan, bu esa ko‘plab qariyalarni hayotdan olib ketgan. Bundan tashqari, Shvetsiyada o‘lim darajasi qo‘shni Norvegiya, Daniya va Finlyandiyadan yuqori.

Shvetsiya hukumatining maslahatchisi tomonidan ilgari surilgan ikkinchi farazga ko‘ra, mamlakat aholisida qisqa vaqt ichida "jamoaviy immunitet” hosil bo‘lishi kerak edi. "Bu yerda ham sezilarli siljish bo‘lmadi”, — dedi Beyker. Statistikaga ko‘ra, faqat Stokgolmning o‘zida COVID-19 bilan shahar aholisining 10 foizdan kamrog‘i kasallangan. "Jamoaviy immunitet”ni ishlab chiqish uchun esa butun mamlakat bo‘yicha aholining 60 foizi kasallik bilan og‘rishi kerak edi.

"Uchinchi farazga ko‘ra, karantin choralarining yo‘qligi iqtisodiy qiyinchiliklarni chetlab o‘tishga imkon beradi, biroq bunday umidlar o‘zini oqlamadi”, — deya ta’kidlagan Beyker. Yevrokomissiya prognoziga ko‘ra, 2020-yil yakunida Shvetsiya yalpi ichki mahsuloti 6,1 foizga pasayadi.

Beykerning qayd etishicha, u shvetsiyalik ekspertlar va epidemiologlarni shaxsan taniydi va ularni professional sifatida hurmat qiladi. "Pandemiya boshlangan vaqtda hech kim qaysi yo‘l to‘g‘ri, qaysisi noto‘g‘ri ekanligini ayta olmasdi. Shvetsiyalik olimlarning fikrlari esa ba’zi mantiqlarga ega edi. Tan olish kerakki, Shvetsiya xatoga yo‘l qo‘ydi”, — dedi professor. Shuningdek, u qirollik o‘zining virusga qarshi kurash strategiyasini to‘g‘irlashiga umid bildirgan.

Beykerning so‘zlariga ko‘ra, pandemiyaning boshida Yangi Zelandiyada ba’zi olimlar Shvetsiya tajribasiga qiziqish bildirdi, biroq yakunda mahalliy hukumat kasallikka qarshi kurash uchun tezkor choralar qabul qilgan Osiyo davlatlari tanlagan yo‘ldan ketishga qaror qildi. "Bu bizga ko‘plab virus yuqishi zanjirlarini bartaraf etishga, shuningdek, testlar sonini ko‘paytirishga imkon berdi”, — dedi Beyker. Uning ma’lum qilishicha, 5 million aholisi bo‘lgan davlatda kuniga 5-10 mingta test o‘tkazilgan. Yangi Zelandiya barcha kasallik o‘choqlarini yo‘q qilib, ijtimoiy masofalanish bilan bog‘liq barcha cheklovlarni olib tashladi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlari bo‘yicha Shvetsiyada 15-iyun holatiga ko‘ra, 52 383 kishi koronavirusga chalingan va 4891 kishi kasallik oqibatida vafot etgan. Yangi Zelandiyada kasallanganlarning umumiy soni 1504 kishini, qurbonlar soni esa 22 kishini tashkil qilmoqda.

Avvalroq Italiyalik shifokor Shvetsiyaning koronavirus bo‘yicha strategiyasini oqilona bo‘lmagan qaror deb atagandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:460 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:58
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь