• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Oktyabr » 4 » Shvetsiyada Nobel haftaligi boshlandi
13:21
Shvetsiyada Nobel haftaligi boshlandi

Shvetsiyada Nobel mukofoti egalarini aniqlash haftaligiga rasman start berildi. 3 oktyabrdan 10 oktyabrga qadar dunyo ahli turli sohalarda Nobel mukofotiga ega bo‘lgan sovrindorlar nomini bilib olishadi. Mukofotni rasman topshirish marosimi 10 dekabr kuni, ya'ni shvetsiyalik kashfiyotchi, sanoatchi, lingvist va faylasuf Alfred Nobel vafot etgan sanada Stokgolm va Osloda bo‘lib o‘tadi. 2016 yilda Nobel mukofoti sohiblari 8 million Shvetsiya kroni, ya'ni taxminan 932 ming AQSH dollari miqdorida mukofot puliga ham ega bo‘lishadi.
 
Kecha, 3 oktyabr kuni Nobel mukofotining bu yilgi ilk  sovrindori nomi ma'lum qilindi. Fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishida mukofot yaponiyalik Yosinori Osumiga nasib etdi. Olim o‘zining "Avtofagiya mexanizmi” nazariyasi uchun mukofotga loyiq deb topildi. Yosinori Osumi kashfiyotining asosiy mohiyati hujayralarning zarur bo‘lmagan qismlarini qayta ishlashdan iborat.
 
Bugun, 4 oktyabr kuni fizika, 5 oktyabr kuni kimyo yo‘nalishida g‘oliblar nomi e'lon qilinadi. 7 oktyabr kuni esa Osloda Nobel mukofotining tinchlik yo‘nalishida g‘olib aniqlanadi. Iqtisod yo‘nalishida g‘olib nomi 10 oktyabrda ma'lum bo‘ladi. Bu yo‘nalish Shvetsiya Davlat banki tomonidan 1968 yilda joriy etilgandi.
 
Odatga ko‘ra, adabiyot yo‘nalishida g‘olib nomi akademiklar yig‘ilishining to‘rtinchi haftasi to‘rtinchi kunida, ya'ni payshanba kuni e'lon qilinishi kerak. Joriy yilda bu kun 13 oktyabr sanasiga to‘g‘ri keldi. Shu sabab bu yo‘nalish g‘olibi Nobel haftaligi yakuniga yetgach, ommaga oshkor etiladi.
 
Ma'lumotlarga ko‘ra, bu yil 376 nomzod g‘oliblik uchun da'vogarlik qilmoqda. Ulardan 148tasi jamoat va xalqaro tashkilotlar hisoblanadi.
 
Shu o‘rinda Nobel mukofoti tarixiga nazar solsak... 1833-1896 yillarda yashab o‘tgan Alfred Nobel qurol-yarog‘ ishlab chiqarishda yetarlicha ko‘p mablag‘ to‘plagan. U har yili Shvetsiya bankiga qo‘ygan pul mablag‘idan tushgan daromadni ilm-fan sohasiga katta hissa qo‘shgan kishilarga mukofot sifatida ajratib berishni vasiyat qilgandi. Alfred Nobelning o‘zi mukofotni 5 yo‘nalishda taqsimlab bergan: fizika, kimyo, fiziologiya (tibbiyot), adabiyot va tinchlik uchun qo‘shgan hissasi uchun. Bu yo‘nalishdagi mukofotlar 1901 yildan buyon o‘z egalariga topshirib kelinadi.
 
Shu o‘rinda Nobel mukofoti bilan bog‘liq ayrim qiziqarli faktlarni e'tiboringizga havola etamiz:
Nobel mukofoti g‘oliblariga beriladigan pul mablag‘i har yili kamayib bormoqda. 2000 yil boshlarida mukofot puli 1,5 million AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 15 yildan so‘ng bu mablag‘ 960 ming dollargacha tushib ketdi.
 
Nobel mukofoti sovrindorlarini aniqlash uchun maxsus Nobel fondi tashkil etilgan. Bu fond nomzodlarni saralash va marosim tashkiliy ishlari bilan shug‘ullanadi.
 
So‘nggi yillarda har bir yo‘nalish bo‘yicha taxminan 300 kishi g‘oliblik uchun da'vogarlik qilmoqda.
 
Mukofotga da'vogar nomzodlar ismlari qat'iy tartibda sir saqlanadi. Ro‘yxat tuzilgandan 50 yil o‘tibgina nomzodlar bilan tanishish mumkin.
 
Bir yo‘nalishda ikki va uch karra mukofotlangan olimlar va tashkilotlar ham bor.
 
Nobel mukofotini topshirish marsimi kechasida maxsus dizayndagi sochiqlar va dasturxon yoziladi. Ularning burchagiga Nobel portreti tushiriladi. Bu borada stoldagi idishlar ham maxsus dizayn asosida qo‘l mehnati bilan bezatilgan bo‘lishini qo‘shimcha qilish mumkin.
 
Zaldagi stollar qat'iy matematik aniqlik bilan joylashtiriladi, hatto, ofitsiantlarning xizmat ko‘rsatishi ham soniyasigacha hisoblab rejalashtiriladi.
 
Zalni bezab turuvchi 23 ming dona gullar esa San-Remodan keltiriladi.
 
So‘nggi yillarda ilm-fan yo‘nalishida qilingan yangiliklar, kashfiyotlar mualliflari ularning ixtirolari hakamlar tomonidan ko‘rib chiqilgunga qadar vafot etishlari dunyo olimlarini xavotirga solmoqda.
 
Bu yil istisno sifatida Norvegiya OAVlari bir necha nomzodlar haqida taxminiy fikrlarni bildirib o‘tishdi. Ularning yozishicha, nomzodlar orasida sobiq AQSH maxsus xizmati agenti Edvard Snouden, AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp, Rim Papasi ham bor.


Категория: Har-Hil | Просмотров:2099 | Добавил: Admin | Теги: Швецияда Нобель ҳафталиги бошланди | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:17
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31