• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 2 » Shvetsiyada hukumatning koronavirusga qarshi kurashda amalga oshirgan ishlari taftish qilinadi
11:24
Shvetsiyada hukumatning koronavirusga qarshi kurashda amalga oshirgan ishlari taftish qilinadi

Shvetsiya hukumati mamlakatda COVID-19 epidemiyasiga qarshi amalga oshirilgan chora-tadbirlarni taftish qilish bo‘yicha komissiya tuzdi. Bu haqda Financial Times nashri mamlakat bosh vaziri Stefan Lyovenga assoslanib xabar qilgan.

Komissiya koronavirusga qarshi markaziy va mahalliy hukumat tomonidan ko‘rilgan choralar va shvedlarning cheklovlarga qay darajada amal qilganini o‘rganadi. Bundan tashqari, komissiya Shvetsiyaning epidemiyaga qarshi boshqa mamlakatlarga nisbatan qanchalik darajada kurasha olganiga ham baho beradi.

Komissiya tarkibiga tibbiyot, axloqshunoslik va iqtisodiyot sohasi mutaxassislari kiritiladi. Komissiyani Shvetsiya oliy ma’muriy sudining sobiq rahbari boshqaradi. Komissiya o‘z faoliyati bo‘yicha yakuniy hisobotni 2022-yil fevral oyida taqdim qiladi, deb yozmoqda Bloomberg.

Financial Times’ning qayd etishicha komissiya Stefan Lyovenning epidemiyaga qarshi kurash bo‘yicha yondashuvini keskin tanqid qilgan muxolifat vakillari bosimi ostida tuzilgan.

Shvetsiya Yevropadagi boshqa davlatlardan farqli ravishda COVID-19’ga qarshi kurashda keskin karantin choralarini qo‘llamadi. Mamlakatda ommaviy tadbirlar to‘xtatilib, kinoteatr va muzeylar yopildi, boshlang‘ich maktablar, kafe, sartaroshxona va savdo markazlarining faoliyati davom etgan.

Mazkur strategiya tufayli mamlakatda kasallanish va o‘lim holatlari Shimoliy Yevropaning boshqa davlatlariga nisbatan keskin oshgan. Shvetsiyada 69 ming nafar odam koronavirus bilan kasallangan, 5370 kishi vafot etgan. Ularning aksar qismi 70 yoshdan katta insonlar.

Iyun boshida Shvetsiya bosh epidemiologi Anders Tegnell mamlakatda COVID-19’ga qarshi kurash choralarini kuchaytirish, xususan, qariyalar uyidagi sanitar-epidemiologik vaziyatni yaxshilash lozimligini qayd etgan va amaldagi strategiya sabab o‘limlar soni ko‘pligini tan olgan. Tegnell shunga qaramay tanlangan yo‘lni to‘g‘ri deb hisoblamoqda.

Avval Yangi Zelandiya hukumatining ilmiy maslahatchisi, professor Maykl Beyker Shvetsiyaning koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashda 3 ta xatoga yo‘l qo‘yganini qayd etgan. Undan avval Italiyaning Padua universiteti molekulyar tibbiyot kafedrasi professori, virusolog Andrea Krisanti Shvetsiya va Belarusning koronavirus bo‘yicha strategiyasini oqilona bo‘lmagan qaror deb atagan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:463 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:55
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031