• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Oktyabr » 13 » Shokolad foydami yoki zarar?
21:38
Shokolad foydami yoki zarar?

Bu savol yoshu qarini birdek qiziqtirishi tabiiy. Chunki shugina bir bo‘lak shirinlik haqida turli ma'lumotlar ko‘pligidan ularning qay bir haqiqat-u, qay bir afsonaligini, ko‘pincha, ajratolmay qolamiz. Keling, bunga oydinlik kiritsak...

Shokolad – ortiqcha vazn sababchisimi?

Qisman haqiqat. Shokolad — haqiqatan ham yuqori kaloriyali yegulik. Lekin uning kaloriyalari asosini faqat sut va glyukoza tashkil etadi. Shokoladning uglevodlari yengil hazm bo‘lgani bois, tez sarflanadi. Biroq uni ko‘p miqdorda iste'mol qilish natijasida uglevodlarning organizmda "ortiqcha” yog‘ sifatida to‘planishi ehtimoli bor. Shokoladni me'yorida tanovvul qilish esa sog‘lom ovqatlanish tartibining bir qismi bo‘lishi ham mumkin.

Quvvat manbai

Haqiqat! Shokoladning asosiy qismini tashkil etadigan qand va yog‘ moddasi organizmga kerakli miqdorda quvvat baxsh etadi. Asab tizimi va mushaklar harakatining salomatligi uchun shirinlik tarkibidagi magniy hamda kaltsiy javobgar. Shuning uchun shokolad bolalar va sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun juda foydalidir.


Qo‘zg‘atuvchanlik xususiyatiga ega

Haqiqat! Mahsulot tarkibidagi teobromin va kofein asab hamda yurak qon-tomir tizimini yengil qo‘zg‘atuvchi xususiyatga ega. Shokolad uglevodlar qabul qilish uchun yengil va tez sarflanadigan quvvatni beradi, kakao moyidagi yog‘lar esa sekinroq hazm bo‘ladi, shu bois, organizmni uzoqroq muddatga quvvat bilan ta'minlaydi.

Kofein moddasi ko‘p

Balki... Aslida, esa bitta o‘ram shokoladda bor yo‘g‘i 30 mg. kofein mavjud bo‘lar ekan. Bir finjon qahvada esa naq 180 mg. kofein bor.

Yurak qon-tomirlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi

To‘g‘ri. Kardiologlar kakao donlarida yurak qon-tomir tizimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadigan polifenol moddasi borligini aniqlashgan. Ular qonning yaxshi aylanishini ta'minlashi natijasida yurakka kamroq og‘irlik tushishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, kakao immun tizimi faoliyatini ham yaxshilaydi. Davolanish maqsadida shokoladning faqatgina oliy-achchiq turini tanlash tavsiya etiladi.

Tishlar uchun koni zarar

Bunday emas. Boshqa shirinliklarga nisbatan shokoladning xavflilik darajasi kamroq. Chunki kakao tish emali zararlanishiga to‘sqinlik qiladi. Shokolad tarkibidagi kakao moyi tishlarda himoya qobig‘ini hosil qiladi. Yapon olimlari kakao donlarining ushbu foydali xususiyatidan foydalanib, ularni tish pastasi tarkibiga qo‘shish taklifini bildirishgan.

Ehtiroslarni kuchaytiradi

To‘g‘ri. Kakao donlarining iste'molga yaroqliligini aniqlagan qadimgi ajdodlar buni juda yaxshi bilishgan. Ular kuchlariga-kuch qo‘shilishi uchun mazkur shirinlikdan ko‘p tanovul qilishgan. Bunga sabab kofein va teobromin moddalaridir. Xullas, tun oldidan bir bo‘lak shokolad yeyish faqatgina ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Unga o‘rganib qolinadimi?

YUqorida ta'kidlanganidek, shokolad tarkibida kofein moddasi juda oz miqdorda. O‘rganish hissini paydo qiladigan teobromin moddasi ham unchalik ko‘p emas. Agar bir kunda 400-500 gr. shokolad yeyilsa, unda o‘rganish hissi paydo bo‘lishi aniq. Sarxushlik holati yuzaga kelishi uchun esa kamida 55 o‘ram shokalad yeyish lozim bo‘ladi.

Allergiya paydo bo‘ladi

To‘g‘ri. Ayrim kishilarda kakao tarkibidagi proteinga nisbatan allergiya bo‘ladi. Bunday odamlar shokoladdan butunlay voz kechishlari shart emas. Chunki hozirgi vaqtda katta do‘konlar peshtaxtasida proteinsiz shokoladni qiyinchiliksiz topish mumkin.

Qiyin hazm bo‘ladi

Noto‘g‘ri. Sifatli shokolad hech qachon hazm qilish jarayonida muammo tug‘dirmaydi. Aksincha, u hazmni tezlashtiradi va ichaklarning mushaklari qisqarishiga ta'sir ko‘rsatadi. Shokolad iste'mol qilinganidan so‘ng bir soat o‘tiboq, hazm bo‘ladi.

Bu qiziq...

Muntazam shokolad iste'mol qiladiganlarda yurak kasalliklariga moyillik 37 foizga kamayar ekan.
Miyadagi serotonin moddasini ko‘paytirgani uchun shokolad kayfiyatni yaxshilaydi.
Shokolad ochlik hissini bartaraf qiladi. Buning uchun 10 gramm qora shokolad yeyishning o‘zi kifoya.
Shokoladxo‘rlar uzoq umr ko‘rishadi. Bu ma'lumot 60 yil davom etgan tadqiqotlar natijasida aniqlandi. Doimiy ravishda shokoladni me'yorida yeyish insonning umrini bir yilga uzaytirar ekan.
Tadqiqotlardan ma'lum bo‘lishicha, shokolad odamning fikrlash qobiliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatar ekan. Farzandingiz matematik misollarni bajarishga qiynalsa, uni shokolad bilan siylashni tavsiya etamiz.
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, qaysi mamlakatning aholisi shokoladni muntazam iste'mol qilsa, o‘sha yerda Nobel mukofoti lauretlari ko‘p bo‘lar ekan.


Категория: Har-Hil | Просмотров:2368 | Добавил: Admin | Теги: Шоколад фойдами ёки зарар? | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:42
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31