• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 12 » Shohjahon Ergashevga Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish taklif qilindi
21:08
Shohjahon Ergashevga Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish taklif qilindi

Professional boksda WBA International kamari sohibiga aylangan Shohjahon Ergashev bugun, 12 may kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida mehmon bo‘ldi.
 
Sportchini Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov qabul qildi. Uchrashuvda MOQ rahbari bokschi uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga, lozim bo‘lsa chiptadan tortib mehmonxona harajatlari masalalarida ham yordam berishga tayyor ekanligini, Shohjahondan esa faqat O‘zbekiston bayrog‘ini yuqorilarga ko‘tarib yurishini kutayotganligini ma'lum qildi.
 
Shuningdek, bokschiga Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish taklif qilindi. O‘z navbatida, Shohjahon ushbu taklifga rozi bo‘lishini aytdi.
 
"Shoxjahon Ergashevdek yigitlarimiz kam. Uning qayd etayotgan natijalarini amalga oshirish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Shohjahon shu yil Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga ham borishi kerak. Kerak bo‘lsa, u musobaqaning ochilish marosimida delegatsiyamiz bayroqdori vazifasini bajaradi. Kelajakda undan yanada yuksak natijalarni kutib qolamiz”, dedi Umid Ahmadjonov.
 
Shohjahon Ergashev o‘ziga bildirilayotgan ishonchni oqlashga, kelajakda bundan ham nufuzliroq kamarlarni qo‘lga kiritishga va'da berdi.
 
"Ko‘rsatilayotgan e'tibordan juda xursandman. Ochig‘i, bu men uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Nasib qilsa, o‘z vazn toifamdagi eng kuchli bokschini ham mag‘lubiyatga uchrataman va chempionlik kamarini qo‘lga kiritaman. Bunga oz qoldi, uzoq kuttirmayman. Kamarni qo‘lga kiritib, yurtdoshlarimni xursand qilmoqchiman”, dedi Shohjahon Ergashev.
 
Категория: Har-Hil | Просмотров:1165 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь