Главная » 2016»Aprel»5 » Shimoliy Koreya yadro ob'yektida “shubhali harakat” qayd etildi
16:10
Shimoliy Koreya yadro ob'yektida “shubhali harakat” qayd etildi
Koreya Xalq Demokratik Respublikasining bosh yadro ob'yekti – Yonbenda fazoviy razvedka vositasi yordamida "shubhali faollik” kuzatilgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.
So‘nggi besh hafta davomida radiokimyoviy korxonaning plutoniy ishlab chiqarish uchun asosiy moslamasi bo‘lgan issiqlik blogida gaz chiqindilari qayd etilgan.
Bu esa radioaktiv materiallarni qayta ishlash jarayoni qizg‘in davom etayotganidan darak, deb hisoblashadi amerikalik ekspertlar.
6 yanvar kuni KXDR vodorod bombasi sinovi muvaffaqiyatli o‘tganini rasman ma'lum qilgan. Ayni shu kunda AQSH geologik xizmati Shimoliy Koreya hududida 5,1 ball magnitudali zilzilani qayd etdi. Seul esa zilzilaning epimarkazi Pxenyan yadro portlash uskunalarining oxirgi sinovlarini o‘tkazgan poligonning joylashuvi bilan monand ekanini aniqladi.
Natijada BMT Xavfsizlik Kengashi KXDRga qarshi o‘ta keskin cheklovlarni nazarda tutuvchi yangi sanksiyalar paketini tasdiqladi.