• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Noyabr » 23 » Shimoliy Koreya haqiqatan terrorchilarning homiysimi?!
10:33
Shimoliy Koreya haqiqatan terrorchilarning homiysimi?!

Avval xabar berganimizdek, 20 noyabr kuni Donald Tramp Shimoliy Koreyani "terrorchilarning homiysi” deya atagandi. Shu kunning o‘zida Reks Tillerson "homiylikka chek qo‘yish” maqsadida yangi cheklovlar yordamida Pxenyanga bosimni kuchaytirish rejalashtirilayotganini e'lon qildi.
 
Shimoliy Koreyani xalqaro terrorizmni moliyalashtiruvchi mamlakat deb e'lon qilish mutlaqo yaxshilikka olib kelmaydi, bu faqat muammoni yanada murakkablashtiradi, deyiladi Deniyel Larisonning "The American Conservative” nashrida chop etilgan maqolasida.
 
"The New York Times” nashrida esa "KXDRning xalqaro terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi mamlakatlar sirasiga kiritish — o‘zaro kelishuvga bo‘lgan so‘nggi umidni ham puchga chiqardi”, deyilmoqda.
 
Mutaxassislarning fikricha, yangi sanksiyalarni talab qilish va KXDRni asossiz jinoiy tashkilotlarga homiylik qilishda ayblash — Shimoliy Koreyaning o‘z-o‘zini himoya qilishi to‘g‘ri ekanligini butun olamga isbotlab berishidan boshqasiga yaramaydi!
 
Bunday ayblovdan so‘ng Shimoliy Koreya ballistik raketalar va yadroviy qurol ustida ishlashni yanada kuchaytirsa kuchaytiradiki, aslo ortga chekinmaydi.
 
"Yetti yildan buyon turli cheklovlarga duch kelgan Shimoliy Koreyaga yana qandaydir sanksiya ta'sir o‘tkazishiga ishonish qiyin”, deydi Qirol Sejon nomidagi Janubiy Koreya institutining katta sharhlovchisi Paik Xaksun (Paik Hak-soon).
 
"Tramp yana bir bor unga tinchlik shartnomasi kerak emasligini ko‘rsatdi, Pxenyan esa AQSH uning dushmani ekaniga yana bir bor amin bo‘ldi”, deya qo‘shimcha qildi Xaksun.
 
AQSH xalqaro muammoga befarq emasligini ko‘p hollarda sanksiyalar orqali ko‘rsatadi, odatda rasmiy Vashington uchun bu cheklovlar u yoki bu mamlakatga qanday ta'sir qilishi mutlaqo muhim emas. Cheklovlar nishondagi mamlakatlarning o‘z yo‘nalishida davom etishiga hech qachon to‘siq bo‘lmagan, lekin doimgi omadsizlikdan so‘ng AQSH yana va yana cheklovlar qo‘yaveradi. Bu harakatlar natijasida avtoritar rejimlar yanada shafqatsizlashib boraveradilar.
 
KXDR dunyodagi eng ko‘p cheklovlar qo‘yilgan mamlakat hisoblanadi. Yangi sanksiyalarning endi nima keragi bor?!
 
Oq uy hamon KXDRni nima maqsadda terrorchilarning homiysiga chiqarganini tuzukroq asoslab bera olgani yo‘q. Trampning aytishicha, 2008 yilda Kichik Jorj Bush tomonidan KXDRni terrorchilarni moliyalashtiruvchi mamlakatlar ro‘yxatidan olish xato bo‘lgan. Rasmiy Vashingtonning Shimoliy Koreya haqiqatan ham, yaqin yillarda teroristik guruhlar va teraktlarni moliyalashtirgani haqida birorta dalili yo‘q.
 
Yaponiya ham, birinchilardan bo‘lib, AQSHning bu qarorini ma'qulladi. Trampning bu harakatlaridan so‘ng Shimoliy Koreya hukumatini o‘zaro tinchlik sulhini tuzishga chaqirishi bu "tomosha”ni avvaldan kuzatib kelayotganlar uchun nihoyatda kulgili ko‘rinishi tabiiy. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:1625 | Добавил: Admin | Теги: Shimoliy Koreya haqiqatan terrorchi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:17
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Noyabr 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930