• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 19 » Shavkat Mirziyoyev: “Za'faron, na'matak va boshqa dorivor o‘simliklardan qancha daromad olsa bo‘ladi!”
20:12
Shavkat Mirziyoyev: “Za'faron, na'matak va boshqa dorivor o‘simliklardan qancha daromad olsa bo‘ladi!”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida 2018-2019 yillarda agrar sohani rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Davlati rahbari o‘tgan yili O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filialini tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Hozirgi kunda mazkur filial tashkil etilgan, ilmiy xodimlar tomonidan viloyatda o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha qator istiqbolli loyihalar ishlab chiqilgan. 2016  yilda o‘rmon yerlarida bor-yo‘g‘i 8 gektarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lsa, joriy va kelgusi yilda bu ko‘lam 830 gektarga yetkaziladi. Adir va tog‘oldi hududlarida ko‘plab doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratiladi.
Shavkat Mirziyoyev o‘rmon xo‘jaligida innovatsion g‘oyalarni qo‘llash, ekinlar turi va hosilini ko‘paytirish bo‘yicha maxsus jamg‘arma tuzish zarurligini ta'kidladi.
 
"O‘rmon xo‘jaligi yerlarida foydalanilmayotgan imkoniyat ko‘p. Masalan, pista, yong‘oq, no‘xot, loviya kabi xaridorgir mahsulotlar, za'faron, na'matak va boshqa dorivor o‘simliklardan qancha daromad olsa bo‘ladi! Asal yetishtirish ham mumkin. Faqat ilm, izlanish, harakat kerak. Vaqti kelib, o‘rmon xo‘jaligi alohida yirik sohaga aylanishi zarur” dedi Prezident.
 
Viloyatda baliqchilikni rivojlantirish masalasiga ham e'tibor qaratildi. Joriy yilda 11 tumanda yangi hovuzlar barpo etish, aholi tomorqalari hamda sholi maydonida Xitoy va Vyetnam texnologiyasi asosida baliq yetishtirish rejalashtirilgani qayd etildi.
 
Shu yerda parrandachilik, chorvachilik, yong‘oqchilikni kengaytirish, meva-sabzavotlarni eksport qilishga oid loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.  Prezident tadbirkorlar va mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1133 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:24
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь