• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1363
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 2
Гостей: 2
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 6 » Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 83 nafar mahkum ayolni afv etdi
21:38
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 83 nafar mahkum ayolni afv etdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jazoni o‘tash muassasalarida jazo o‘tayotgan 83 nafar ayolni afv etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev "Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan bir guruh mahkum ayollarni afv etish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Prezident matbuot xizmati tomonidan mazkur farmonga berilgan sharhga ko‘ra, Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti tomonidan jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan ayrim mahkum ayollarni afv etish yuzasidan bildirilgan tashabbusi doirasida Prezident huzuridagi Afv etish masalalari bo‘yicha komissiya, boshqa mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etilib, bevosita joylarga chiqqan holda mahkum ayollarning shaxsini o‘rganish va ular bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilishi ta’minlandi.

O‘tkazilgan tadbir yakuni bo‘yicha komissiyaning adashib, bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh mahkum ayollarni afv etish haqidagi taklifi davlat rahbari tomonidan ma’qullangan. "Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan bir guruh mahkum ayollarni afv etish to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.

Farmonga muvofiq, jazo muddatini o‘tayotgan 83 nafar ayol afv etildi. Afv etilgan ayollarning 12 nafari jazodan to‘liq ozod qilinadi, 29 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 17 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi.

Jami 58 nafar ayol jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinmoqda. Shuningdek, 25 nafar mahkuma ayolga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi. Afv etilganlarning 7 nafarini chet el fuqarolari tashkil etadi.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan ayollarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishi uchun ularga ko‘mak berish yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berilgan.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti jazo muddatini o‘tayotgan 58 kishini afv etgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:527 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:26
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031