• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1877
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 12 » Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi
20:48
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-fevral, chorshanba kuni, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, suhbatda davlatlar rahbarlari ko‘p qirrali O‘zbekiston—Rossiya hamkorligi jadal rivojlanib borayotgani hamda strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

2019-yilda o‘zaro hamkorlikda salmoqli amaliy natijalarga erishilgani va barcha darajalardagi muloqotlar sezilarli faollashgani alohida qayd etildi.

Xususan, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi yuqori sur’atlar bilan barqaror oshib bormoqda. Bir yilning o‘zida 500 ta qo‘shma korxona tashkil etildi, Rossiyaning yetakchi kompaniya va baknlari ishtirokida iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida ustuvor investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Ta’lim va madaniy-gumanitar sohalardagi almashinuvlar kengaymoqda, deyiladi xabarda.

Muloqot chog‘ida oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi. O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga davlat tashrifi kun tartibini tayyorlash, jumladan, tashrif doirasida navbatdagi hududlar va rektorlar anjumanlarini, media-forum va boshqa tadbirlarni o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi yilida O‘zbekiston va Rossiya hamkorligining istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning fevral oyida Rossiyaga tashrif buyurishi haqida xabar berilgan, biroq mazkur masala yuzasidan Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonot bilan chiqib, Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi rejada bo‘lmaganini ma’lum qildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:555 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:05
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829