• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 23 » Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘an Hayit bayrami arafasida telefon orqali suhbatlashdi
21:52
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘an Hayit bayrami arafasida telefon orqali suhbatlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 23 may kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari butun musulmon olami uchun shodlik va shukronalik, xayr-saxovat va ezgulik ayyomi bo‘lgan qutlug‘ Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zaro tabrik almashdilar, bir-birlariga va qardosh xalqlarimizga baxt-saodat va farovonlik tiladilar.

Prezidentlar ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi masalalarga alohida to‘xtaldilar. Zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashishda yaqindan hamkorlik qilinayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish borasida ikkala mamlakatda ko‘rilayotgan qat’iy chora-tadbirlar, ushbu xavfli kasallikning salbiy oqibatlarini kamaytirish, aholiga manzilli yordam ko‘rsatish, iqtisodiyotning muhim tarmoqlari va biznesning rivojlanishiga ko‘maklashish bo‘yicha 
amalga oshirilayotgan inqirozga qarshi dastur qo‘llab-quvvatlandi.Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidentiga pandemiyaga qarshi kurashda, shuningdek, Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa munosabati bilan ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston va Turkiya samarali mintaqaviy transport yo‘laklarini rivojlantirish, jumladan, "Boku-Tbilisi-Kars" temir yo‘lidan faol foydalanishdan, shuningdek, yuk tashishlar hajmini oshirish uchun qulay sharoitlarni shakllantirishdan manfaatdor.

Suhbatda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarini, avvalo savdo-iqtisodiy, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni, shu jumladan Strategik hamkorlik kengashining joriy yil boshida Anqara shahrida o‘tgan birinchi yig‘ilishi qarorlarini o‘z vaqtida amalga oshirish muhim ekani ta’kidlandi.

Savdo ko‘rsatkichlari dinamikasini saqlash hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida O‘zbekiston va Turkiyaning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni, shu jumladan ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Muloqot yakunida mintaqaviy hamkorlik va xalqaro siyosatning qator dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezidentlar Turkiy kengashga a’zo mamlakatlarning sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, savdo va transport vazirliklari rahbarlari o‘rtasidagi onlayn uchrashuvlarning samarali natijalarini yuksak baholadilar. Suhbat har doimgidek ochiq, konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:494 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:22
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь