• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Yanvar » 9 » Shavkat Mirziyoyev tanqid qilgan Ella Ostrogojskaya haqida
19:26
Shavkat Mirziyoyev tanqid qilgan Ella Ostrogojskaya haqida

O‘zA muqaddam Prezident tomonidan tanqid ostiga olingan Moliya vazirligining sobiq xodimi Ella Ostrogojskaya haqidagi "eng so‘nggi, eng aniq” ma’lumotni taqdim etdi. Quyida materialni to‘liq keltiramiz. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 22-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida Moliya vazirligi tizimidagi sobiq vazir va sobiq boshqarma boshlig‘ining ish uslubini jiddiy tanqid qilgan edi.Ana shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab axborot va materiallar e’lon qilindi. Ella Ostrogojskaya kimligi va uning aqlbovar qilmas darajada "o‘zlashtirib yuborilgan” mablag‘lari, chet elda o‘qib, o‘sha yerda yashab qolgan farzandi haqida, chet davlatlarda qimmatbaho mulklari borligi va boshqa mamlakatning fuqaroligiga ega ekanligi qayd etilgan ma’lumotlar berildi. Biroq birorta ijtimoiy tarmoqda u haqda aniq ma’lumotlar keltirilmadi.

Xo‘sh, shuncha shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Ostrogojskaya xonim aslida kim? Davlat idorasida qanday vazifalarda ishlagan?

Qo‘limizda Ella Ostrogojskayaning shaxsiy ma’lumotnomasi turibdi. Unda yozilishicha, Ella Ostrogojskaya 1956-yil 4-noyabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati — rus. Otasi Kogan Ilya Lazerovich 1922-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Uzoq yillar "Foton” zavodida usta bo‘lib ishlagan otasi 2002-yilda vafot etgan. Onasi Popova Lyudmila Sergeyevna uy bekasi, 1926-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, 1959-yilda vafot etgan.

Turmush o‘rtog‘i – Ostrogojskiy Igor Olegovich 1958—yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. "ATEKS” firmasida menejer bo‘lib ishlaydi.

Qizi – Ostrogojskaya Anastasiya Igorevna 1984-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi Moskva moliya-yuridik akademiyasida tahsil olgan.

O‘g‘li – Ostrogojskiy Kirill Igorevich 1986-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olgan.

Ella Ostrogojskayaning ma’lumoti oliy, 1978-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Magistrlik ilmiy darajasiga ega. Ilmiy unvoni yo‘q.

Mehnat faoliyati davomida Ella Ostrogojskaya turli lavozimlarda ishlagan.

1974–1978-yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti talabasi bo‘lgan Ella Ostrogojskaya xonim ish faoliyatini 1978-yilda O‘zbekiston SSR Moliya vazirligining Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish boshqarmasida boshlagan.

1978–1986-yillarda u boshqarmada katta iqtisodchi va bosh iqtisodchi;

1986–1992-yillarda Moliya vazirligining Agrosanoat kompleksini moliyalashtirish boshqarmasi yetakchi iqtisodchisi, bosh iqtisodchisi va bo‘lim boshlig‘i;

1992–1993-yillarda Moliya vazirligining Xizmat ko‘rsatish, kooperativ, qo‘shma va kichik korxonalarni moliyalashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i;

1993–1995-yillarda Moliya vazirligining Davlat budjetini jamlash va hududiy moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i;

1995–2003-yillarda Moliya vazirligining Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

2003–2003-yilda Moliya vazirligining Valyuta-iqtisod bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertiza qilish boshqarmasi boshlig‘i;

2003–2004-yillarda Hisob palatasining yetakchi inspektori;

2004–2005-yillarda Hisob palatasining bosh inspektori;

2005–2017-yillarda Moliya vazirligining Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i;

2017–2017-yil Moliya vazirligi huzuridagi o‘quv markazi "Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni tahririyati bo‘lim boshlig‘i vazifalarida ishlagan.

Ella Ostrogojskaya xonim mehnat faoliyati davomida ikki marta Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 1998-yilda "Do‘stlik” ordeni va 2010-yilda "Mehnat shuhrati” ordenini olgan.

Категория: Har-Hil | Просмотров:1799 | Добавил: Admin | Теги: Shavkat Mirziyoyev tanqid qilgan El | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031