• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 15 » Shavkat Mirziyoyev Sardobada quriladigan yangi uylar poydevoriga tamal toshi qo‘ydi
14:00
Shavkat Mirziyoyev Sardobada quriladigan yangi uylar poydevoriga tamal toshi qo‘ydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 15 may kuni Sirdaryo viloyatiga kelgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumki, joriy yil 1 may kuni Sardoba suv ombori to‘g‘onining bir qismi o‘pirilib, yondosh tumanlardagi mahallalar va dalalarni suv bosgan edi. 

Prezident zudlik bilan hodisa yuz bergan joyga yetib borib, vaziyatni barqarorlashtirish ishlariga shaxsan bosh-qosh bo‘ldi.

Ushbu favqulodda vaziyat oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida 2 ming 570 ta uy-hovli, 76 ta ko‘p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan edi. Shuningdek, 1 ming 781 hovli, 52 ta ko‘p qavatli turar joy qisman zararlangan. 70 ta ijtimoiy ob’ekt, 20 ming gektarga yaqin ekin 
maydoni, 828 kilometr yo‘l, elektr, gaz, ichimlik suv, aloqa tarmoqlariga talafot yetgan.

Bu sinov qarshisida xalqning birligi, hamjihatligi, mehr-oqibati yana bir bor yaqqol namoyon bo‘ldi. Tezkor chora-tadbirlar natijasida Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 28 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan edi.

Ularga birinchi darajali zarur sharoitlar yaratilib, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlar yetkazildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar, vazirlik, uyushma va aholi tomonidan Sirdaryoga yordam berish uchun homiylik mablag‘lari o‘tkazildi, qurilish materiallari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va ro‘zg‘or buyumlari yuborildi.

Davlat rahbari avvalgi safarlari chog‘ida bu yerlik odamlarning hayotini nafaqat oldingi holatiga qaytarish, balki uni yanada yaxshilash, yangi uy-joylar, ijtimoiy ob’ektlar barpo etib, yangi ish o‘rinlari yaratishni vazifa qilib qo‘ygan edi.

Bugungi kunda Hukumat komissiyasi ish olib boryapti. Zarar yetgan uy-joylarni tiklash va ta’mirlash, odamlarni o‘zining tiklangan uyiga qaytarish va ro‘zg‘origa yordam berish, infratuzilmani tiklash, aholi salomatligini himoya qilishga katta kuch va vositalar safarbar etilgan. Bu borada Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya xizmatchilari jonbozlik ko‘rsatmoqda.

Bugungacha 20 ta aholi punktidagi buzilgan uylar va ularning atrofi chiqindilardan tozalandi. 13 ta mahalladan suv qoldiqlari chiqarildi.
Ushbu mahallalarda hayot asta-sekin izga tushmoqda. Hozirda qariyb 66 ming aholi o‘z uylariga qaytdi. Boshqa joylarda tozalash-ta’mirlash ishlari tezkor sur’atlarda davom etmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dastlab Sardoba tumanida bo‘lib, hududda olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Ta’mirlanayotgan xonadonlarni kirib ko‘rdi, odamlar bilan suhbatlashdi.  

Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida uy-joylari butunlay yaroqsiz holga kelib qolgan aholi uchun 3 ta massivda jami 2 ming 640 kvartirali 66 ta 5 qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.

Xususan, Sardoba tumanidagi "Do‘stlik” mahallasida 1480 xonadondan iborat 37 ta uy barpo etiladi. Shavkat Mirziyoyev mazkur turar joylarning poydevoriga tamal toshi qo‘ydi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:562 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь