• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Avgust » 11 » Shavkat Mirziyoyev Olmaliqdagi bozorni borib ko‘rdi
21:32
Shavkat Mirziyoyev Olmaliqdagi bozorni borib ko‘rdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 11 avgust kuni Olmaliq shahriga uyushtirgan tashrifi davomida  shaharning bosh rejasi asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
 
Olmaliq O‘zbekistonning sanoati rivojlangan yirik shaharlaridan biridir. Hududda yangi konlarning o‘zlashtirilishi, aholi sonining o‘sib borishi shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni taqozo etmoqda. 2035 yilgacha mo‘ljallangan bosh rejaga ko‘ra Olmaliqning ma'muriy hududi 2 ming 600 gektardan 3,5 ming gektarga yetkaziladi. Sanoat hududi shahar markazidan olib chiqilib, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, aholiga qulay uy-joylar barpo etish ko‘zda tutilgan.
 
Imtiyozli ipoteka krediti asosida beriladigan yetti qavatli o‘nta uy Ibn Sino ko‘chasida bunyod etilmoqda. Har biri 42 xonadonga mo‘ljallangan ushbu uylarning dastlabki ikkitasi qurib bitkazilish arafasida. Mazkur uylarda aholiga yashash uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
 
Loyihaga ko‘ra, bu yerda gipermarket, maktabgacha ta'lim muassasasi, madaniyat va istirohat bog‘i ham quriladi. Bu aholi farovonligini yuksaltirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholining uy-joyga ehtiyojini hisobga olib, to‘qqiz qavatli uylar barpo etishni taklif etdi.
 
"Yangi uylar Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligi arafasida shahar ahliga munosib tuhfa bo‘ladi. Uylar qurilishi yildan-yilga kengayib boradi. Kelgusida bu yerda barcha qulayliklarga ega zamonaviy mikrorayon qad rostlaydi, xalqimiz ham bizdan rozi bo‘ladi”, deydi davlat rahbari.  
 
Olmaliq shahridagi "Oydin” dehqon bozori va buyum bozorining bugungi kundagi holati, xizmat ko‘rsatish darajasi talabga javob bermay qolgan. Shu bois ushbu bozorlarni kapital rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha bino va savdo nuqtalari barpo etish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi. Mazkur loyihada dehqon bozoridagi turg‘un savdo nuqtalarini tartibga keltirib, zamonaviy avtoturargoh, buyum bozori uchun 450 o‘rinli pavilonlar barpo etish rejalashtirilgan.
 
Prezident ushbu bozorlarda sotuvchi va xaridorlarga yaratiladigan shart-sharoitlar bilan qiziqdi. Inshootlarni zamonaviy qurilish materiallaridan foydalangan holda qisqa muddatda sifatli barpo etish, qo‘shimcha qulayliklar yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.
 
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, joylarda zamonaviy shifoxonalar barpo etish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Olmaliq shahar bolalar shifoxonasi rekonstruksiyasi shu ishlarning uzviy davomi bo‘lib, bolalar salomatligini muhofaza qilish, ularga o‘z vaqtida va namunali tibbiy xizmat ko‘rsatishda keng imkoniyat yaratadi.
 
Ushbu muassasa binosida ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, tez tibbiy yordam, yuqumli kasalliklar, qon quyish bo‘limlari, boshqa bo‘linmalar joylashadi. Davolash-profilaktika muassasalari markazlashishi natijasida bo‘shagan binolarda yangi oilaviy poliklinikalar tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu, o‘z navbatida, aholiga birlamchi tibbiy yordamni yaqinlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 
Shifoxona binosini shu yil oxirigacha ishga tushirish rejalashtirilgan.
 
O‘zbekiston rahbari shifoxonani zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta'minlash, buning uchun zarur mablag‘lar ajratish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
 
Prezidentga zamonaviy tipdagi shahar FHDYO bo‘limining yangi binosi qurilishi loyihasi namoyish etildi. Bobur nomidagi mahalla hududida barpo etiladigan ushbu binoda FHDYO bo‘limi, notarial idora va "Yagona darcha” markazi faoliyat ko‘rsatadi. Bu tipdagi FHDYO binosi ilk bor loyihalashtirilgan bo‘lib, adliya idoralarining bir joyda joylashuvi aholiga sifatli yuridik xizmatlar ko‘rsatish imkonini beradi.
 
"Hayotda inson turli masalalar bilan har xil idoralarga murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi. Nikohdan o‘tayotgan yoshlar, huquqiy masalalar bo‘yicha kelgan aholi va tadbirkorlarga bir joyda yordam berish xizmat ko‘rsatish sifatini zamonaviy talablar darajasida tashkil qilish imkonini yaratadi. Yangi loyihaga ko‘ra bunday xizmatlarni ko‘rsatadigan idoralar bir maskanda joylashadi. Nikohni qayd etish bilan birga to‘y marosimlarini ham shu maskanlarda o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Shunday qilsak, FHDYO bo‘limi ham ishlaydi, ham tartib-intizom bo‘ladi, to‘ylarimizni madaniyatli, ma'rifatli qilib o‘tkazishga erishamiz. Buning uchun ushbu loyihani yanada takomillashtirish, qurilish ishlarida har bir hududning iqlimi, o‘ziga xos sharoitini hisobga olish zarur”, deydi Shavkat Mirziyoyev
 
Shu yerda Olmaliq shahrida oqova suv inshootlarini rekonstruksiya qilish loyihasi taqdimoti ham o‘tkazildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1581 | Добавил: Admin | Теги: Shavkat Mirziyoyev Olmaliqdagi bozo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:43
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Avgust 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031