• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1369
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2021 » Oktyabr » 24 » Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birga ovoz berdi
18:50
Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birga ovoz berdi

Liberal-demokratik partiyadan O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumani "Alisher Navoiy” mahallasidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etdi

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Ma’lumoti — oliy. 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. Ixtisosligi — muhandis-mexanik. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida kichik ilmiy xodimlikdan boshlab, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishlagan. 1990-yilda Respublika Oliy Soveti deputati etib saylanib, Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat yuritgan.

1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi, 1996—2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001—2003-yillarda Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida xizmat qilgan. Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995—2003-yillarda Oliy Majlis deputati sifatida qonunchilik jarayonida ham ishtirok etgan.

Shavkat Mirziyoyev 2003-yilda O‘zbekiston bosh vaziri etib tasdiqlanib, 2016-yilga qadar faoliyat yuritgan. 2016-yil dekabr oyidan hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston prezidenti sifatida xizmat qilib kelmoqda. "Mehnat shuhrati” va "Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.

Oilali — ikki qizi, bir o‘g‘li, olti nafar nevarasi bor. Rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva "Zamin” fondi vasiylik kengashi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:492 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:54
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031