• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 34
Гостей: 34
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 20 » Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonga kirgan kompaniya albatta manfaat topadi. Men bunga kafolat beraman
19:09
Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonga kirgan kompaniya albatta manfaat topadi. Men bunga kafolat beraman

Shavkat Mirziyoyev 20-fevral, payshanba kuni, Anqarada Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va banklari rahbarlari bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirda Turkiya savdo palatalari va birjalari uyushmasi, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA), "Gebze” uyushgan sanoat zonasi, "Ziraat” banki, "Zorlu xolding”, "Joshkunoz xolding”, "Ekzachibashi”, "Baykar”, "Dunyagoz”, "Kanimed saglik”, "Bau global”, "Xavelsan” kabi qator kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Davlat rahbari Turkiya prezidenti bilan o‘tgan muzokaralarda biznes aloqalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga kelishib olinganini ta’kidladi.

— O‘zbekiston kechagi O‘zbekiston emas. Bugun mamlakatimizga kirgan kompaniya albatta manfaat topadi. Men bunga kafolat beraman. Buning uchun zarur huquqiy, institutsional sharoitlar yaratib beriladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident har bir xorijiy tashrif chog‘ida ishbilarmonlar bilan uchrashadi. 2017-yili Turkiyaga davlat tashrifi paytida ham shunday bo‘lgan edi. 2018-yili O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Toshkentda o‘tgan biznes anjumanda qatnashdi. Bular natijasida ishbilarmon doiralar o‘rtasida ishonch oshdi, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik faollashdi.

Oxirgi yillarda o‘zaro savdo hajmi ikki barobardan ziyodga ortdi. Qo‘shma shirkatlar soni salkam mingtaga ko‘paydi. Transportda tashish ko‘lamlari jadal kengayib bormoqda.
Uchrashuvda, shuningdek, kelishuvlar va imzolangan bitimlarni keng ko‘lamda amalga oshirish, savdo, innovatsiya, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, turizm, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni faol ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

Turkiyalik ishbilarmonlar o‘tgan yili O‘zbekistonga borgani, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida o‘zgarishlarga, odamlarda "islohotlar tafakkuri”ga guvoh bo‘lganini ta’kidladi. O‘zbekiston bozoriga kirish, hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish niyatida ekanini bildirdi.

Ronesans Holding bilan "O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qilish va rivojlantirishga 630 million yevro, Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatiga 4,1 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar kiritish, shuningdek, shifoxonalar va savdo markazlarini qurish bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 3 milliard dollarlik yangi loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

Bugungi uchrashuvda O‘zbekiston bilan Turkiyaning vazirlik va kompaniyalari o‘rtasida aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro mahsulot yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishni kengaytirish, klinikalar va oliy o‘quv yurtlari tashkil etish bo‘yicha aniq loyihalar muhokama qilindi. Prezident bu rejalarni ma’qullab, mutasaddilarga tez fursatlarda amaliy ishlarga o‘tish, byurokratik to‘siqlarsiz ularni hayotga tatbiq etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:604 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:27
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829