• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 13 » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston davlat chegarasini qo‘riqlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
20:23
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston davlat chegarasini qo‘riqlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-fevral, payshanba kuni, O‘zbekiston Davlat chegarasini qo‘riqlash va muhofaza qilish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
 
Tadbirda Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati hamda Davlat xavfsizlik xizmati rahbarlari ishtirok etdi.

Chegara qo‘shinlari faoliyatining amaliy natijalari hamda mamlakat Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan 2019-yil 27-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosining borishi ko‘rib chiqildi.

Bugungi kunda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotgan xavf-xatarlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi xavfsizligini ta’minlash samaradorligini yanada oshirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Zamonaviy avtomatlashtirilgan chegara nazorati tizimlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining kuch ishlatar, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro uyg‘un hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarini professional tayyorlash sifatini oshirish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ijtimoiy muhofaza qilish masalalari har tomonlama ko‘rib chiqildi.

Sarhadlar xavfsizligi va daxlsizligini ishonchli va kafolatli ta’minlash — xalqning tinch va osoyishta hayoti, mamlakat taraqqiyoti kafolati ekani alohida ta’kidlandi.

Markaziy Osiyo davlatlarining chegara idoralari bilan aloqalarni izchil rivojlantirib borish, turli xalqaro tashkilotlar bilan qo‘shma tadbirlarni ko‘paytirish hamda xorijiy sheriklar bilan chegaraoldi hamkorlikni faollashtirish yuzasidan erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mintaqada savdo, turizm aloqalari va madaniy almashinuvlarni mustahkamlash, odamlarning bordi-keldisini ko‘paytirish maqsadida fuqarolar va xorijlik mehmonlar uchun Davlat chegarasini kesib o‘tishda qulay sharoitlar yaratish muhimligiga e’tibor qaratdi.

Amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, mutasaddi tuzilmalar rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:573 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:37
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829